Limonni bizning sovutgichlarimizda deyarli doimo hozir bo’lgan eng ommabop mahsulotlardan biri desa bo’ladi. Biroq ko’pchilik bu sitrus mevaning joyga qo’shilishidan tashqari ishlatilish imkonlari borasida naqadar keng ko’lamga ega ekanligi haqida bilmaydilar ham.
Bugun limonni ro’zg’orda va pardoz-andoz uchun ishlatishning 17 ta ajoyib usullari haqida suhbatlashamiz.
1. Yuz uchun tetiklantirish va taranglashtirish vositasi
Filtrangan suv va yangi siqilgan shartbatdan yuz va bo’yin uchun ajoyib losyon tayyorlasa bo’ladi. U terini darhol yangilaydi, yuz tusini tekislashtiradi va qarishning dastlabki alomatlarini yo’qotadi. Shisha idishda ma’danli yoki filtrlangan suvni limon sharbati bilan 2:1 nisbatida aralashtiring. Yuzingizni ertalab va kechqurun ushbu mo’jizaviy vosita bilan arting.
Yog’li teri sohibalariga bunday losyon yog’ bezlarining ishini yaxshilashga, poralarni kichraytirish va husnbuzarlarni quritishga yordam beradi. Quruq terili ayollarga esa rining kulrang tusi va sho’ralashi to’g’risida mutlaqo unutish uchun ko’maklashadi. Bundan tashqari, limon sharbati sepkillar va pigmentli dog’larni ham yumshoq tarzda oqartirishi mumkin.
2. Yog’ tomchilari dog’lariga qarshi vosita
Yog’ tomchilari dog’lari, lavlagi, pomidor va xatto qizil vinoning dog’ini ham matodan limon yordamida osongina yo’qotish mumkin. Yangi dog’ paydo bo’lgan choyga limon sharbatini shimdiring va ozgina soda sepgan holatda 10 daqiqa davomida qoldirib qo’ying. Keyingi sodaning qoldiqlarini sochiq bilan artib tashlang va odatiy kir yuvish usulida yuvib oling.
3. Tabiiy aromatizator
Limon – badbo’y va yoqimsiz hidlar bilan kurashishda yordam berishga qodir achoyib tabiiy vositadir. Bu mevani past olovda xushbo’y o’tlar bilan birgalikda qaynatish ham mumkin. Bundan tashqari sovugan suvni purkagichga quyib kimyoviy aerozol sifatida va xushbo’y hid beruvchi vositaning o’rnida foydalansa bo’ladi.
Shuningdek, ta’kidlash kerakki, limon sedrasi yoqimli hidlarni o’z ichiga a’lo darajada so’rib oladi. Uni qirib maydalab, dokali xaltachalarga o’rab sovutgich, oshxona shkaflari va kiyim tokchalariga qo’yib chiqish kerak.
4. Mevalarini himoyalash
Kesilgan olmalar va bananlar odatda juda tezda qorayib qolgancha o’z jozibadorligini yo’qotadi. Bu ko’ngilsizlikning oldini olishga ham limon sharbati yordam berishi mumkin. Mevaning kesilgan joyiga uning yangidek ko’rinishini saqlab qolish uchun limon sharbatidan sepib qo’ysangiz, shuning o’zi kifoya.
5. Po’stdan tozalovchi vosita
Agar siz lablar terisining qurishi va dag’allashib ketishidan aziyat cheksangiz, bu borada limon sharbatini qo’llab ko’rishni tavsiya etamiz. Yangi siqilgan sharbatning bir-ikki tomchisini uyqudan oldin labingizga surting. Bir necha kun o’tib, lablaрingizning ko’rinishi ancha yaxshilashganini, teringiz namlangani va tarangligini sezasiz.
6. Yog’ochli yuzalarning parvarishi
Tabiiy yog’och turli hidlarni o’zlashtirib olgancha to’plash qobiliyatiga ega ekanligi hammaga ma’lum. Bunday yog’och yuzalarini tozalashda limonga teng keladigan vosita yo’q. Tozalash kerak bo’lgan yog’och yuzalarini yarimtagina limon bilan artib olgancha tahminan 10 daqiqaga qoldiring, keyin esa oddiy suv bilan yuvib tashlang. Limon kislotasi kir bosgan chiriklarni yo’qotishga yordam beradi va yog’och yuzalarini begona hidlardan halos qiladi.
7. Sochlar uchun tabiiy jilolantiruvchi vosita
Quyoshda yorqinlashgan sochlar effektini yaratishni xohlaysizmi? Bu borada ham limonning sharbatidan foydalanishingiz mumkin. Uni suv bilan aralashtirib, purkagichga quying va sochlar uchun yuvilmas sprey sifatida ishlating. Bundan-da samaraliroq natija uchun uni quyosh sayridan oldin sepgan ma’qul. Bunday vosita sochlaringiz o’ramlarini mohirlik bilan yoritadi va quyuq sochga mislsiz sayqal beradi.
8.Mikroto’lqinli pechni tozalash vositasi
Vaqt o’tib mikroto’lqinli pechning ichida yog’ dog’lari va begona hidlar paydo bo’la boshlaydi. Ulardan qutulish usuli esa juda oson. Buning uchun kichkina bir retseptni bilish kerak holos. Yangi limonni bo’lakchalar shaklida kesib, ularni shisha yoki keramik idish ichiga soling, idishni suv bilan to’ldiring hamda mikroto’lqinli pechga yuqori quvvat bilan qizitish uchun qo’yib qo’ying. Bunday jarayondan so’nn barcha hidlar yo’qolib ketadi, dog’larni esa namlangan gubka yordamida artib tashlash mumkin.
9. Og’riqlardan dori
Limon sharbati tibbiyotda ham keng qo’llaniladi. Isbotlanganki, joyga qo’shilgan limon sharbatining bir choy qoshig’i bosh og’rig’i, tish og’rig’i, shuningdek ayollardagi davriy og’riqlardan qutilishga yordam beрadi. Vitamin S ning doimiy iste’mol qilinishi immunitetni sezilarli darajada ko’tarishi va kayfiyatni yaxshilashga yordam berishi ham esa hammaga ma’lum.
10. Qazg’oqqa qarshi vosita
Sochlaringizda qazg’oq paydo bo’libdimi? Dorixonaga tomon qimmat shampunlarni sotib olish uchun yugurishga shoshilmang. Uning o’rniga limon sharbatidan foydalanib ko’ring. Buning uchun har kuni yangi siqilgan ikki choy qoshiq limon sharbatini bosh terisiga surting va tez orada muammo yo’qolib ketadi.
11. Samarali kir yuvish
Kir yuvish mashinasiga kir yuvish kukunidan tashqari bitta limonning sharbatini qo’shing. Bunday kir yuvishdan keyin kiyim juda xushbo’y hidga ega bo’ladi, eski dog’larning esa asari ham qolmaydi.
12. Tetiklik va kayfiyat uchun vosita
Tong saharning o’zidanoq pozitiv quvvat va tetiklikka erishmoqchi bo’lsangiz, kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlang. Bunday odat organizmingizga quvvat bag’ishlaydi, immunitetingizni mustahkamlaydi, oshqozoningizni hazm qilish qobiliyatini yaxshilaydi va zerikishni tarqatib yuboradi.
13. Tirnoqlar uchun vanna
Kichkinagina shisha idishda limon sharbati bilan zaytun yog’ini aralashtiring. Manikyurga kirishishdan 10-15 daqiqa oldin shu idishga barmoqlaringizni solib turing. Bunday vanna tirnoq plastinalarini samarali oqartirish uchun imkon yaratadi, tirnoqlaringizni namlaydi, ularni mustahkam va sog’lom qiladi.
14. Teri uchun oqartiruvchi
Ko’pincha tirsak va tizza terisi dag’allashib qorayib qoladi va juda xunuk ko’rinish hosil qiladi. Ammo limonli muolajalar o’tkazilgan kunlardan keyin siz hayratomuz natijaning guvohi bo’lasiz. Bu muammoni ham limonning bir bo’lagi bartaraf etishga yordam beradi. U bilan har kuni muammoli joylarni artib turing va tahminan 5 kunlardan keyin kutilgan natijadan bahra oling.
15. Donador guruch
Guruch qaynatilayotganida suvga bir qoshiq yangi siqilgan limon sharbatini qo’shib yuborsangiz guruchdan tayyorlanayotgan taom mayin va donador bo’ladi.
16. Vannani yig’ishtirish
Limonning yarim bo’lagini rakovina va vannadagi sovun dog’lari hamda boshqa kirlanishlarni tozalash uchun ishlating. Limon sharbati nafaqat dog’lar bilan a'lo darajada kurashadi, balki zamburug’lar va ular tufayli yuzaga keladigan teri kasalliklarining ham oldini oladi.
Сообщения из Facebook