просмотров
Albatta, bu xarajat to’y egalarining xohishlariga qarab kelib chiqadi. Kimdir yaqin qarindoshlar davrasida oddiygina to’y bilan qanoatlansa, kimdir esa orzu-havas deb o’ta hashamatli to’y bilan, odamlarni vaoila budjetini hayron qoldiradi. Ushbu maqolada dunyoning eng qimmat to’ylarihaqida aytib beramiz. Tasavvur qiling qancha pul xarajat qilingan-a.
20 million dollar
2005 yilda fransuz biznesmeni, Luis Vuitton asosiy aksiyalarining egasi Bernar Aroning qizi Delfina va Fransiya mashxur vino ishlab chiqaruvchisining o’g’li Gansiyning to’yi bo’lib o’tdi. To’y marosimi Bordo qishlog’idagi eng qadimiy qasrlardan birida bo’lib, qasr ichi va atrofi minglab oppoq atirgullar bilan bezatilgan. To’yda mehmonlarga tortilgan ajoyib ichimliklar har butilkasi bir necha yuz ming dollar turadi, kelin ko’ylakni esa Jon Galyanoning o’zi tikib bergan. Yangi turmush qurganlar baxtli va quvonchlarining cheki yo’q edi. To’yda maxsus mehmon mashxur nemis modelyeri Karl Lagerfeld bo’lgan.
30 million dollar
Rus-yugoslav to’yi, 2005 yilda Kannada bo’lib o’tgan. Bu to’yga 30 million dollar sarflanib, ikki sevishgan yuraklarni birlashtirgan: mashxur milliarder Andrey Melnichenko va Miss Yugoslaviya Aleksandra Nikolich. Yangi oila qurilishi marosimida mehmonlar juda ko’p bo'lgan, ular orasida Uitni Hyuston va Kristina Agilera ham bor edi. Kristina Agilera to’yga o’z shaxsiy samolyotida uchib kelgan va o’z san’ati bilan mehmonlarni zeriktirmagan. To’y tashkilotchilari unga 3,6 million dollar to’lashgan.
34 million dollar
21 asrning eng kutilgan va eng shov-shuvli to’yi, shunga qaramasdan qirollik standartlari bo’yicha juda sodda to’y, 2011 yilning 29 aprelida Londonda bo’lib o’tgan. Bu shahzoda Uilliyam va Keyt Midltonning to’yi. To’y marosimini millionlab odam kuzatgan, shahzodaning bo’lajak rafiqasining bezaklariga hamma mahliyo bo’lgan, ayniqsa, Keytning brilliantlar bilan bezalgan tiarasiga.
44,5 million dollar
Aynan shu summani Birlashgan Arab Amirliklarida sheyx Muhammad bin Al Muqtuk va malika Salemaning to’y marosimini tashkillashtirishga sarflangan. To’yga 20 000 dan ortiq mehmon taklif etilgan. Ushbu katta to’y marosimini o’tkazish uchun kuyovning ota-onasi tomonidan 22 million dollarga baholangan bahaybat stadion bunyod qilingan. To’y 1981 yilda bo’lib o’tgan va o’z davrining eng qimmat to’yi hisoblanadi. Bir necha o’n yillardan so’ng yulduzli juftliklar BAA shahzodasining to’y marosimi narxidan o’tib tushdi.
45 million dollar
AQSHning hozirgi prezidenti Donald Tramp va uning ayoli Melaniya Knauss 2005 yilda turmush qurishgan. Donaldning hisob bo’yicha beshinchi turmushi odamlarni lol qoldirgan. Millarder kelinning bezaklariga xasislik qilmagan: Kristian Dior kelin ko’ylagi, 1500 marvarid bilan bezalgan 4 metrli shleyf va 5 metrli fata. Ushbu ko’ylakni tikish uchun 1000 soat ketgan. Missis Trampning bezaklari 100 ming dollarni tashkil qilgan.
48 million dollar
Butun dunyo to’ylarini ortida qoldirgan shahzoda Charlz va Diananing qirollik to’yidir. Ushbu qirollik marosimi 48 million dollarga tushgan. Kelinning ko’ylagini tikishga mashxur moda e’zozlovchisi Devid Emmanuel harakat qilgan. Hashamatli ko’ylakni tikish uchun 40 metr fil suyagi rangli tabiiy ipak mato ketgan. Ko’ylakdagi tabiiy marvaridlar va tilla iplar shaxsning buyukligini anglatib turgan. Diananing shlyefini tayyorlash uchun esa o’z ishining ustalari yarim yil mehnat qilgan.
60 million dollar
Hindiston. Metellurgiya magnati Lakshmi Mitalla oilasi qizi Vanishani Hindistonning mashxur bankiri Amita Bxatiyaga uzatdi. To’yni Parijda o’tqazishdi. Ming kishidan ortiq mehmonlar, qizning oilasi to’lab bergan, qimmat mehmonxonalarning “lyuks” xonalarida bir necha kun mehmon bo’lishdi. Bayram bazmi bir necha qismga bo’lingan. Rasmiy qismi poytaxtdan uzoq bo’lmagan qishloqda ijaraga olingan qasrda bo’lib o’tdi, nishonlash esa Tyurili fransuz bog’ida ikki kunga cho’zildi. Vino daryo bo’lib oqdi. Vinoning elit so’rti Shato Muton-Rotshildning narxi osmono’par edi, 5000 tadan ortiq butilka ichildi. Yosh oila qurganlarni va mehmonlarni Kayli Minoug o’z iste’dodi bilan xursand qildi. Ha aytganday, to’yga taklifnomalar, har bir mehmonga kumush qutichada yuborilgan.
Сообщения из Facebook