Dunyodagi pasportlarning ranglari nimalarga bogliq?
Dunyodagi pasportlarning ranglari nimalarga bogliq?
Ma’lum bo’lishicha, dunyoda pasportlar 4 xil rangda bo’lar ekan va xar bir mamlakatning rang tanlashida o’z sabablari bor.

Qizil

Qizil

Eng ommalashgan rang. Qizil muqovali pasportlarnikommunistik tuzumdagi mamlakatlar tanlaydilar. Ushbu qizil jildli kitobchalardan Sloveniya, Xitoy, Rossiya, Latviya, Ruminiya, Polsha, Gruziya kabidavlatlarning fuqarolari foydalanadilar. Yevroittifoqga a’zo bo’lgan davlatlarfuqarolari ham qizil yoki alvon tusdagi pasportga egalik qiladilar, Xorvatiyadantashqari. Yevroittifoq a’zoligiga da’vogar bo’lgan Turkiya, Makedoniya va Albaniya kabi davlatlar pasportlarining rangini qizil tusga alishtirdilar. Andmillatlar uyushmasiga kiruvchi Boliviya, Kolumbiya, Ekvador va Peru davlatlariham qizil rangdagi pasportdan foydalanadilar.

Ko’k

Ko’k

Keyingi ranglardan biri ko’k tus. Ko’k jildli pasport “yangidunyo”ning belgisidir. Karib mamlakatlari ko’k pasportdan foydalanadilar. Janubiy Amerika davlatlarida ko’k pasport Merkosur – savdo ittifoqi bilan aloqabelgisidir. Bular Argentina, Braziliya, Paragvay. Venesuerladan tashqari, u hamushbu ittifoqqa kiradi, biroq fuqarolarining pasportlari qizil rangda. AQSHfuqarolari esa ko’k tusli pasportdan 1976 yilga kelib foydalana boshladilar.

Yashil

Yashil

Yashil tusli paspordan musulmon davlatlariningfuqarolari foydalanadilar. Masalan, Marokash, Saudiya Arabistoni, Pokiston. Yashil rang Muhammad rasulullohning suyukli ranglarii hisoblanadi va tabiyat vaborliqning belgisini bildiradi. Yashil tusdagi pasportlar shuningdek G’arbiyAfrika davlatlarida ham bor. Masalan, Burkino Faso, Nigeriya, Nigera, Fil Suyagining Qirg’oqlari va Senegal. Bu holda yashil rang ularning EKOVAS (G’arbiy Afrikamamlakatlarining iqtisodiy uyushma) ga a’zoliklarini bildiradi.

Qora

Qora

Pasportlarning eng kamyob turi – qora rangdagisi.Bunday pasportlardan ba’zi Afrika davlatlarining fuqarolari foydalanadilar. Masalan, Botsvana, Zambiya, Burundi, Gabon, Angola, Chad, Kongo, Malavi vaboshqalar. Shuningdek qora tusli pasport Yangi Zelandiyaliklarda ham bor, chunki qora rang Yangi Zelandiyaning milliy rangidir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook