Dunyoning eng hayratlanarli rekordlaridan 10 talik
Dunyoning eng hayratlanarli rekordlaridan 10 talik
Insonlar azaldan eng yaxshi, eng tez, eng baland, eng kuchli bo'lishga intilib kelganlar. Biz sport turlari, aqliy qobiliyat bo'yicha va eng antiqa narsalarni kolleksiya qilish borasida bir-birimiz bilan bellashamiz. Eng chidamli va iqtidorlilar har yili Ginnes rekordlari kitobidan o'rin egallaydi. Bu - faxr va iftixor tuyg'usidir.

Mazkur afsonaviy kitobda turli tadbirlar va yutuqlar:  tatuirovkalarning sonidan boshlab, soqollarning uzunligigacha,  ekstrimal holatlarda o'tkazilgan soatlar-u, o'qish tezligigacha bo'lganlar qayd etib boriladi.  E'tiboringizga ulardan eng munosiblarini taqdim etamiz. Balki kelajakda Siz ham ulardan biriga aylanarsiz. 

1. Dunyoning barcha davlatlarini kezgan birinchi ayol


"Yosh qizlik davrimda men ko'p davlatlarni ko'rishni va dunyoni yanada yaxshi qilishni orzu qilardim" ,- deb aytadi yosh rekordchi.

Kassandra De Pekol - dunyoning 2 rekordiga ega 27 yoshli sayohatchi. Xayriya fondlaridan olgan pullari orqali chiqqan sayohatini yaqindagina tamomladi. Kassandra o'z sarguzashtlari mobaynida 193 ta mamlakatda va yana tortishuvli holatlar bilan 3 ta hududda (Kosova, Palestina, Tayvan)da  bo'ldi. Bundan tashqari uning ekspeditsiyasi 18 oy va 26 kun davom etdi. Bu esa uni dunyoning barcha davlatlarida bo'lgan eng tez sayohatchisi bo'lishini ta'minladi. 

2. Dunyo bo'yicha eng ko'p Universitet ta'limi diplomiga ega bo'lgan erkak


Uning siri nimada? U har kuni kechasi soat 3:00 da turadi va o'qiydi. 

Bu keksa italiyalikni bemalol juda yaxshi o'qigan desak mubolag'a bo'lmaydi.  Lusiano Bayetti- 70 yoshda, nafaqaxo'r, Rim yaqinida istiqomat qiladi, universitetning bakalavr va magistratura darajalarini bitirganligi haqidagi 15 ta diplomga ega. Lusiano birinchi bor 2002-yilda o'zining sakkizinchi diplomini qo'lga kiritganida Ginnes rekordlari kitobiga kirgan edi.

Hozirgi kunda uning kabinetida falsafa, huquq, sotsiologiya, adabiyot, kriminologiya, harbiy strategiya, motor ko'nikmalari, jismoniy tarbiya va boshqa ko'plab sohalar bo'yicha olgan diplomlari osilib turadi. Bundan tashqari u oziq-ovqat sohasi bo'yicha ham o'zining 16-diplomini olishni rejalashtirgan. 

3. Dunyo bo'yicha kim hammadan ko'p chet tillarini egallagan?

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Poliglot - bu 6 tilda bemolol gaplasha oladigan odam. Giperpoliglot esa 12 va undan ortiq tilda so'zlasha oladi. Lekin Ginnes rekordlari kitobiga kirish uchun nechta tilni bilish kerak? Ginnes rekordlari kitobi 58 ta tilni biladigan Livanlik Ziad Fazahni aynan shu unvon bilan taqdirladi. Lekin uni taklif qilishgan bir teleshou paytida u bilaman deb aytgan chet tillarida berilgan oddiy savollarga ham javob bera olmaydi.

Yana bir shu unvonning nomzodlaridan biri germaniyalik Emil Krebs (1930-yilda vafot etgan). Uni 65 ta chet tilini bilishi va yana 120 tasini o'rganayotgani aytilgan. Emil bundan tashqari 40 ta chet tilida "meni orqamdan o'ping" degan gapni ayta olishini maqtanib yurgan. Siyosatchi uchun juda muhim qobiliyat...

4. IQ darajasi eng baland qiz


Bu qiz yaqinda ota-onasining o'qish haqidagi iltijolaridan qutulish maqsadida Mensa sinovlaridan o'tdi.

IQ test - inson ongi darajasini aniqlashning eng to'g'ri yo'li. Lekin mazkur sinovda yuqori ball olish juda qiyin. 2016-yilda Buyuk Britaniyalik 11 yoshli o'quvchi qiz Kashmea Vahi bu testni ajoyib natijalar bilan-162 ball bilan topshirdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, bu qizcha Albert Eynshteyn va Stiven Hoking kabi buyuk olimlardek  juda aqlli. Qizchadan insoniyat uchun buyuk va foydali bo'lgan ochilishlarni kutib qolamiz. Bu davosi yo'q kasalliklarga shifo topish borasida bo'lishiga umid qilamiz.

5.Ginnes rekordlarining maksimal soni

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Mazkur rasmda Ashrita Furman fitbolda muvozanatni saqlab turish bo'yicha 2 soat, 16 daqiqa  va 2 soniya natija bilan rekord qozonmoqda.  Bu natija 2003-yil 22-iyul kuni afsonaviy Stounhenj xarobalari oldida o'rnatildi. 

Furman Nyu-Yorkda yashaydi, u spiritualizm ta'limoti (oxiratga e'tiqod va o'limdan keyin odamlarning ruhlar bilan gaplashishiga ishonish) izdoshidir. Bundan tashqari u dunyoning eng katta sonli rekordlarini qo'lga kiritgan rekordchi ham hisoblanadi. Bir gapning o'zida shuncha rekord so'zi. Nima ham deymiz, fakt bu -fakt!

U o'zining birinchi unvonini 1979-yilda, 27000 marta boshining tepasidan qarsak chalgan holda sakrab olgan. Shundan beri u dunyo bo'ylab sayohat qiladi va Ginnes rekordlari kitobidan yana deyarli 200 ta sertifikatni qo'lga kiritadi. Bundan tashqari u Eyfel minorasida o'tirib turish soni bo'yicha eng maksimal son, Amerika inqilobiy Pol Revere mashhur ot poygasi yo'lidan eng ko'p dumalab o'tish va Buyuk Xitoy devori ustida kenguru atlamalı to'p ustida bir mil (1,6 km)  eng yuqori tezlikda sakrab o'tish rekordlarini kiritgan. 

6. Dunyodagi eng tez o'quvchi inson

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Siz "Yomg'ir odam" filmidagi eng asosiy prototip janob Pik ekanligini bilarmidingiz?

Tez o'qish - bu ko'p insonlar o'rganadigan lekin yuqori natijaga erishish kamdan-kam uchraydigan bilimdir.  Kim Pik bu borada juda qiziqarli misol. U jiddiy jismoniy nogiron va bir vaqtning o'zida ajoyib qobiliyat egasidir.  Uni kitoblarni juda ham tez o'qigani uchun ba'zida "megaolim" deb atashadi. 

Lekin eng asosiysi - u qachonlardir o'qigan narsasining deyarli barchasini eslab qola oladi. Bir kuni Kim ikki ko'zi bilan 2 parallel sahifani bir vaqtning o'zida o'qib namoyish qildi. Shundan keyin bu o'qish tekshirilgan, o'qilgan matnning 98% ini tushinib yetgan.

Kim terisi qadoqsiz, miyasining ikki yarimsharini birlashtirib turuvchi pleksus nerv tolalarisiz tug'ilgan. Haligacha hech kim og'ir kasalliklar bilan og'rigan"megaolimning" ko'nikmalarini tushuntirib bera olmaydi.

7. Dunyo bo'ylab yolg'iz o'zi suzib chiqqan birinchi odam

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Joshua Slokum - kemachi sifatida qiyin hayot kechirgan. Lekin bu holat u nafaqaga chiqib, o'zining buyuk sayohatini qilguniga qadar davom etgan. 1895- yil 24-aprel kuni 51 yoshli Slokum o'zining dunyo bo'ylab sayohatini boshlaydi. U o'sha davrda jahon okeanlarida orientatsiya qilish uchun ishlatiladigan xronometrdan foydalanmagan, uning o'rniga navigatsion hisoblarga qarab ish qilgan.

Dengizchi 1898-yil 28-iyunda 74000 km masofani suzib, yo'lidagi qaroqchilar va o'ta xavfli to'lqinlarga qaramay uyiga qaytib kelgan. Keyinroq u "Dunyo bo'ylab yolg'iz suzish" nomli kitobini yozadi.  Bu kitobda qo'rqmas dengizchining ajoyib taassurotlari haqida yozilgan. Joshua dengizda, qariganda ham suzishni o'rganmagani uchun halok bo'ladi. 

8. Everestni zabt etgan dunyoning eng yosh rekordchisi

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Jordan Romero - dangasa o'smirlardan emas. 2010-yilda u Ginnes rekordlari kitobiga kirishga muvaffaq bo'ldi.  Romero 13 yoshida dunyoning eng baland cho'qqisi-Everest tog'ini zabt etdi. U o'zining "Yetti cho'qqi" orzusini ro'yobga chiqarish uchun Jamolungma (dunyoning eng baland tog'ining yana bir nomlanishi) tog'iga chiqadi.

Uning rejasi dunyoning eng baland cho'qqilarini zabt etishdan iborat edi. Yosh yigit o'zining oxirgi maqsadini 2011-yilning dekabr oyida Antarktidadagi Vinson cho'qqisini zabt etish bilan yakunladi. Shuning uchun ham Jordan 15 yoshida dunyoning eng baland 7 cho'qqisini zabt etgan eng yosh rekordchi sifatida tan olindi. Bu ishni u 5 oy va 12 kunda amalga oshirgan.

9. Yer yuzidagi birinchi yolg'iz parvoz

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Vayli Post 1930-yillarning eng mashhur uchuvchilaridan bo'lgan. U bir necha rekordlar sohibidir. Uning eng katta yutuqlaridan biri dunyo bo'ylab 7 kun, 18 soat, 49 daqiqadagi parvozidir. U butun bu masofani Vinni Pey nomli monoplanda avtoboshqaruvchi va kompas orqali bosib o'tgan.  Texnik muammolarga qaramasdan Post o'zining oldingi xuddi shunday rekordidan (sherigi bilan) ham  10 soatga o'zib ketdi. Baxtga qarshi, afsonaviy uchuvchi mashhur amerikalik komik artist Vil Rojers bilan 1935-yilda aviahalokat tufayli halok bo'ladi.

10. Dunyodagi eng qari inson

Топ-10: самые впечатляющие рекорды мира

Ginnes rekordlari kitobi "Dunyoning eng keksa insoni" unvonini tug'ilganlik va o'lgan sanalari aniqlashtirilgan fransilayalik Janna Luiz Kalmanga topshirishdi. Kalman xonim 1997-yilda 122 yosh, 5 oy va 14 kunligida vafot etadi. 

Dunyoda eng uzoq yashash - ajoyib bir muvaffaqiyatdir. Tasavvur qilib ko'ring, bu ayol 1875-yilda tug'ilgan va zamonaviy tarixdagi muhim voqealarni hamda XIX asr oxiri va deyarli butun XX asrdagi mashhur siyosatchilarni yashab o'tgan. U bundan tashqari o'z yaqinlari va tug'ishganlaridan ham ko'p yashagan.

Bu ayolning genetikasi va hayot tarzi olimlar uchun qarilik va uzoq umr ko'rish borasida o'rganish manbayi bo'lib qolyapti. Lekin shu narsa aniqki, Janna toza havoda sayr qilishni xush ko'rgan va bir vaqtning o'zida bir necha sport turi bilan shug'ullangan. Siz ham bundan xulosa chiqarasiz degan umiddamiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook