Dunyoning eng katta va xavfli vulqonlari: bu vulqonlar qiyomat kunining sababchilari bo’lishi mumkin
просмотров
1.Etna vulqoni (Sitsiliya, Italiya) – dunyoning eng yirik va xavfli harakatdagi vulqonlaridan biridir. U Sitsiliyaning janubiy sohillarida (O’rta yer dengizi) joylashgan. Doimiy vulqon otilishi sababli Etnaning cho’qqisi o’zgarib turadi, shuning uchun uning haqiqiy balandligi aniq emas. Maydon jihatidan esa 1250 kv km ni egallaydi. Etna vulqoning 40 ta krateri mavjud. O’rtachasiga uch oyda bir marta lavasini otadi.
2.Sakuradzima vulqoni (Kagosima, Yaponiya) – qadimiy vulqon hisoblangani bilan, 1955 yilda beri doimiy harakatda. U istalgan paytotilishi mumkin. Oxirgi bunday voqea 2009 yilda sodir bo’lgan. Vulqon yaqinidagi shahar aholisi hamisha tezlik bilan evakuatsiya bo’lishga tayyor turadilar. Vulqon tepasida veb-kameralar o’rnatilgan bo’lib, muntazam kuzatib turiladi.
3.Vezuviy vulqoni (Napoli, Italiya) – u ham dunyoning eng kuchli va xavfli vulqoni hisoblanadi. Vezuviy Italiyadagi uchta harakatdagi vulqonlardan biridir. Bu vulqonning 80 marta kuchli otilishi haqidagi ma’lumotlar bor. Ulardan eng kuchlisi 79 yil 29 avgustda sodir bo’lib, Pompey,Gerkulanum va Stabiya kabi qadimgi Rim shaharlarini yo’q qilib yuborgan. Oxirgi qattiq vulqon otilishlaridan biri 1944 yilda sodir bo’lgan. Vulqonning balandligi dengiz sathidan 1281metr balandlikda joylashgan, krater diametri – 750 metr.
4.Kolima vulkqoni (Xalisko, Meksika) – dunyoning eng xavfli va kuchli vulqonlaridan biri. Uning oxirgi otilishi 2005 yilning 8 iyunida qayd qilingan. O’shanda olov 5 km balandlikka otilgan,mamlakat hukumati yaqin atrogdagi qishloq aholisini ko’chirishga majbur bo’lgan. Kolima vulqoni 1576 yildan beri 40 marta otilgan.Gungi kunda bu vulqon nafaqat yaqin o’rtadagi qishloq aholisiga, balki butun Meksikaga xavf tug’dirmoqda.
5.Galeras vulqoni (Narinyo, Kolumbiya) – kuchli va baland vulqon. Balandligi dengiz sathidan 4276 metr yuqorida joylashgan,diametri esa 20 km. Bu vulqon Janubiy Amerikada, Kolumbiyada hududida joylashgan. Bu vulqon 2010 yil 26 avgustda lava otgan, shu sababli tog’ yonbag’ridagi kichik shahar aholisini evakuatsiya qilishga to’gri kelgan.Olimlarning aytishlaricha Galerasda 7 ming yil ichida 7 marta yrik vulqon otilishi ro’y bergan. 1993 yilda kraterda tadqiqod ishlarini olib borayotgan geologlarning 6 nafari vulqon otilishi natijasida halok bo’lganlar.
6.Mauna-Loa (Gavayi, AQSH) – hajmi bo’yicha dunyoning eng yirik vulqoni hisoblanadi (80 000 kub km). Bu vulqon Gavaya vulqonlari milliy bog’i tarkibiga kiradi. Vulqonda vulqonologiya stantsiyasi joylashgan bo’lib, 1912 yilda beri kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Mauna-Loada atmosfera hamda quyosh obserbatoriyalari joylashgan. Oxirgi vulqon otilishi 1984 yilda sodir bo’lgan, eng kuchli oxirgisi esa 1950 yilda ro’y bergan. Vulqon balandligi dengiz sathidan 4 169 metr balandlikda joylashgan. Bu vulqon dunyoning eng xavfli va kuchli vulqonlaridan hisoblanadi.
7.N’iragongo vulqoni (Kongo Demokratik respublikasi) –3469 metr balanlikka ega bo’lgan harakatdagi vulqondir. U Afrikaning markaziy qismidagi Virunga tog’ida joylashgan bo’lib, Afrika mintaqasining eng kuchli vulqoni hisoblanadi. N’iragongo vulqonida Afrikadagi lava otilishlarning 40% i sodir bo’ladi.
8.Reynir vulqoni (Vashington, AQSH) – Sietl shahridan 87 km janubi-sharda joylashgan. Balandligi – 4 392 metr. Vulqon choqqisihar birining diametri 300 metr keladigan ikki kraterdan iborat.
9.Santa-Mariya (Sant’yago, Gvatemala) – g’arbiy Gvatemalada joylashgan. Bu vulqon dengiz sathidan 3 772 metr yuqorida. Birinchi otilishlar 30 ming yillar avval boshlangan, 20-asrda esa 3 ta yirik vulqon otilishi sodir bo’lgan. Ulardan birinchisi 1902 yilda 500 yillik uyqudan so’ng sodir bo’lgan. Bunda juda kuchli vulqon otilishi ro’y bergan, 5,5 kub km lava otilgan. Vulqon ovozi 800 km uzoqlikdagi Kosta-Rikada ham eshitilgan. Uning kuli 28 km ustungacha ko’tarildi. O'shanda 6 ming nafar odam halok bo’lgan edi.Bugungi kunda ham vulqon xatar tug’diradi. U istalgan vaqt quturib, otilishi mumkin.
10.Yelloustoun vulqoni (AQSH) – dunyoning eng kuchli vulqoni hisoblanadi. U AQSH Yelloustoun milliy bog’ida joylashgan. Mazkur vulqon 640 ming yil avval vujudga kelgan. Bog’ hududida 3 mingdan ziyod geyzerlar joylashgan bo’lib, dunyodagi geyzerlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. 2001 yilning may oyida bu yerda Yelloustoun observatoriyasi tashkil qilingan bo’lib, ushbu gigantning kuzatuvi bilan shug’ullanadi.Observatoriya qurilgandan beri, bu ob’uekt bo’yicha har xil mish-mishlar ko’paygan. Yelloustoun – qiyomat kunining “sababchilari” dan biri bo’lishi ehtimoli ham yo'q emas.
Сообщения из Facebook