просмотров
Xitoyliklarda “Qari jinni tog’ni joyidan ko’chirda” degan naql bor. Bu ideoma, albatta muvafaqiyatga olib keladigan, sarkash irodali bo’lgan odamni ajratish uchun foydalaniladi. U, Xitoyning Guychjou provinsiyasida yashovchi, Xunya Dafaga juda to’g’ri keladi. U o’z hayotining o’ttiz olti yilini, qishloqni suv bilan ta’minlovchi, kanalni qurish uchun sarfladi.
Kao Vang Ba qishlog’I boshlig’I Xuan Dafa
Xozirda Kao Vang Ba ko’katlarda cho’mmoqda, 1995 yilgacha esa, bu yerlarda suv juda kam bo’lgan. Qishloqning joylashuvi shunday ediki, u tez tez qurg’oqchilikdan aziyat chekar edi. Bu esa, mahalliy aholi hayotini havf ostiga qo’yar edi. Suv ishlatishning qat’iy qoidalari mavjud edi, ammo suv tanqisligi aholining yashashiga havf solishni boshlaganida, biron bir qat’iy choralar ko’rish kerak bo’lib qoldi. 1959 yili Xuan, ro’yobga chiqarish uchun 36 mashaqqatli mehnatni talab etgan yillar kerak bo’lgan, loyihani inisiasiya qildi. Loyiha, tog’da kanal o’yib, qo’shni qishloqdan suv olib kelishni ko’zda tutgan edi.
Kanal suvni uch tog’ ortida joylashgan, Ie Byao qishlog’idan olishi kerak edi
Xuan o’z loyihasini taqdim etganida, uni amalga oshirish mumkinligiga xech kim ishonmagan edi. Biroq, o’sha vaqtda 23 yoshda bo’lgan, Xuan ba’zi odamlarni ishontira oldi va ular o’z hayotlarini katta havf ostiga qo’yib, ishni boshladilar. U birinchi bo’lib 300 metrlik qoyada o’sayotgan daraxtga arqonni bog’ladi. Bu narsa jarlik yoqasida ishlash vaqtidagi sug’urta edi. “Agarda men bu narsani qilmaganimda, mening ortimdan boorish uchun xech kim o’zida jasorat topa olmagan bo’lar edi”.
Og’ir mehnat va ta’lim
Birinchi o’n yillikda Xuan o’z odamlari bilan, buning uchun elementar anjomlarni ishlatib, tonnelning faqatgina 100 metrini qazib ola oldilar. Bundan so’ng tog’da 90 metrlik tonnel qilingan edi. Xuan va ishchilar, unda suv yo’qligini ko’rib, juda xafa bo’ldilar. Ularning sug’orish haqidagi bilimlari nolga tengligi aniq bo’ldi. Xuan, Fensyan shahrida o’qishni boshlash uchun, qazish ishlarini to’xtatishga qaror qildi.
Yangi reja
To'qsoninchi yillar boshida Xuan o'z qishlog'iga qaytdi va ishchilar jamoasini boshchiligida ishlarni yana boshladi. 1995 yili ishlar nihoyasiga etkazilgan edi. Uzunligi 7200 metrlik kanal qurilgan bo’lib, yana undan 2200 metrlik tarmoq ham ketar edi.
O’z yaratuvchisi sharafiga nomlangan, Dafa kanali xozir Kao Vang Ba qishlog’ining faqat o’zigagina emas balki, shu tumandagi boshqa yana uch qishloqlarga ham suv olib keladi. Mahalliy aholi bundan juda katta foyda topishdi: guruch etishtirish miqdori 25 tonnadan 400 tonnagacha ortdi. Xozirda Xuan 80 yoshda bo’lsada, u kanalning holati yaxshiligiga ishonch hosil qilish uchun, tanlovli ko’tarilishlarni amalga oshirib turadi.
Xozir Xuan Dafa qishloqqa elektr energiyasi va yangi yo’l qurish imkonini beruvchi ishlarga koordinatorlik qilmoqda.
Сообщения из Facebook