Agar mana bu yog‘ochdan yasalgandek ko‘rinishga ega bo‘lgan uyning oldiga yaqinroq kelib qarasangiz, u butunlar oddiy gazetalardan qurilgan ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Agar mana bu yog‘ochdan yasalgandek ko‘rinishga ega bo‘lgan uyning oldiga yaqinroq kelib qarasangiz, u butunlar oddiy gazetalardan qurilgan ekanligiga guvoh bo‘lasiz.Agar mobodo siz Massachusets shtatidagi Rokport shaxriga kelsangiz, hech ham vaqtingizni ayamay shu shaxardagi Pidjinhill ko‘chasiga kelib «Paper House» («Gazetali uy») deb yozilgan belgili uyni toping.
Bu g‘aroyib gazetali uyning tarixi 1922 yilda Elis Steman ismli injener-mexanik yozgi kichik shinamgina uychani qurishga qaror qilganidan beri boshlangan edi.
Bu uyning barcha ishlari huddi boshqa uylarga o‘xshab boshlangan edi. Yog‘ochli karkaslar, mustahkam tom va pollar, lekin ish devorlarga yetib kelganda Elis Stenmanda bu yozgi uy uchun bir ajoyib g‘oya tug‘ildi.
Gazetadan yasalgan uyning devorlari qalinligi tahminan 10 santimetr bo‘lib ko‘plab bir biriga yopishtirilgan gazetalardan yasalgan, ustki qismidan esa ular lak bilan qoplangan.
Uyning ichki qismi butunlay hamma joylari gazetadan qilingan. Bunga ishonish qiyin albatta lekin bu haqiqat, uyning ichki qismidagi hattoki yarimidan ko‘p jihozlar ham gazeta qog‘ozlaridan yasalgan. Steman uyning dizayniga mos keladigan gazeta qog‘ozidan stulcha, stol, kitob javonchalarini yasadi va hattoki pardalarni ham u ajoyib tarzda gazeta qog‘ozidan qilishga qo‘li borgan soatlar esa gazeta va jurnal varraqlaridan yasalgan edi. Gazeta qog‘ozidan yasalgan uyning ichidagi birgina pionino daraxtdan qilingan edi, lekin Steman pionino ham uyga mos kelishi uchun uni gazeta qog‘ozlari bilan qopladi, kamin esa albatta barchamizga ma‘lum bo‘lgan sabablarga ko‘ra g‘ishlar bilan terilgan edi.
Balki ushbu gazeta qog‘ozidan yasalgan uyning egasi Steman chiqindiqlarni qayta ishlab chiqarishga juda qiziqgan bo‘lgandir, yoki u shunchaki gazeta qog‘ozlarni juda ham yoqtirgan. Shundaymi yoki yo‘qmi, u qog‘ozli qistirgichlarni ishlab chiqarish uchun uskunalarni ixtiro qilgan edi. Avvallari Steman gazeta qog‘ozidan yasalgan uyining tashqi devorlarini vagonka bilan qoplamoqchi edi, lekin gazeta qog‘ozlari birinchi qishning sovug‘iga shu qadar yaxshi chidashdiki hattaki bu devorlarga qo‘shimcha himoya ham kerak emas bo‘lib qoldi.
Сообщения из Facebook