Sovg’a tanlash jarayoni kimgadir xaqiqiy lazzat ulashsa, kimlar uchundir bu xaqiqiy muammoning o’zginasi. Ayniqsa, bu alohida fursatlar uchun tuhfa tanlash zarur bo’lgan vaziyatga tegishli.
Erkaklar uchun noan’anaviy va ayollar uchun nodir sovg’alar talaygina. Insonning qiziqishlari va didini bilgan holda esa foydali va amaliy sovg’a tanlash mumkin. Biroq, shunday sovg’alar ham uchraydiki, ular nafaqat sovg’a oluvchini hayratda solgan, balki butun dunyoni lol qoldirib, tarixga kirgan ham.
Chayonlar oroli
Maydoni 500 akrdan oshadigan bu kattakon orol ko’rinishidagi kichikgina sovg’a oshiq bo’lib qolgan yunon multimilliarderi tomonidan o’z ma’shuqasiga tuhfa qilingan edi. Abadiy romantik Aristotel Onanis bu Yerdagi jannatni bolaligidan orzu qilgan.
Balandlikdan qaraganda xavfli xashorat – chayonni eslatuvchi ushbu noyob orol to’y oldi sovg’asi sifatida Jaklin Kennedi – oshiq bo’lib qolgan milliarderning tanlagan yori, ya’ni AQSH prezidenti Jon Kennedining taniqli bevasiga tegdi. Bu juftlik to’yi aynan shu orolda o’tkazilgan. Biroq orol merosxo’rlar mulki tarkibida qolmadi.
Milliarderning nabirasi Afina bobosining bu ajoyib sovg’asini kim oshdi savdosiga qo’yishga va uning uchun 1,5 mln AQSH dollarini tushirishga ijozat bergan edi.
Sovg’aga qal’a
Ko’chmas mulk ham ko’p hollarda sovg’a qilish obyektiga aylanadi. Lekin Karl Borromeo o’z sovg’asi bilan sevimli xotini Izabellani hayratda qoldira oldi. U ayolga Italiyaning mittigina orolida joylashgan qal’ani tuhfa qildi. Qal’aga juda serhasham ishlov berilgan va shuningdek unda ekzotik o’simliklar kolleksiyasi mujassam.
Eng qimmat qal’a
Qadimiy va juda go’zal qal’a ko’rinishidagi sovg’a Ketrin Zeta-Jonsga ham nasib qildi. Bunday g’ayrioddiy sovg’ani unga uning eri, nafaqat taniqli Golivvud aktyori, balki mehribon, g’amxo’r er va tuzalmas romantik -Maykl Duglas tuxfa qilgan. Taniqli shajaraga oid bu go’zal qal’a mutaxassilar tomonidan besh million AQSH dollaridan ziyodga baholandi.
Afsona –sovg’a
Bu nazokatli tuhfa xaqidagi afsonaga ikki ming yildan ko’p bo’ldi. Mark Antonio mashxur sohibjamol Kleopatraning yuragini zabt etish maqsadida bo’ysunmas va serviqor xoqon ayolni eng kutilmagan sovg’alar bilan lol qoldirishga uringan.
Tarixga kirgan sovg’a sevib qolgan yigit tomonidan vino bokalida taqdim etilgan. Xaqiqatda esa uning ichida dunyodagi eng katta marvarid yashiringan edi. Antonio agar sovg’a taassurot baxshida etmagan bo’lsa malikaga uni dengizga vino bilan to’kib tashlashni taklif qilgan edi.
Van Gog tuhfasi
Bu sovg’a ko’proq hayrat va xijolatga qo’yuvchi qiyofaga ega, agar Van Gogning ismi bo’lmaganda sovg’asi ham juda mashxur bo’lib ketmas edi... Taniqli rassom behad g’alati shaxs bo’lgan va tarixda nafaqat o’zining mashxur suratlari bilan, balki telbalarcha qiliqlari bilan ham iz qoldirgan. U Rashel ismli ayolga dastro’molga ehtiyotkorlik bilan o’ralgan qulog’ini sovg’a qilgan.
Bunday tentakona qiliqqa uni undagan narsa ayolning uning quloqlariga maftunligi to’g’risida ehtiyotsizlik bilan aytgan gapi bo’ldi. Bunday sovg’adan uning qay tarzda ta’sirlanishini oldindan ham tasavvur qilish qiyin emas edi. U shu joyning o’zida xushini yo’qotdi, o’ziga kelganida esa shosha-pisha politsiyani chaqirdi.
Ozodlik xaykali
Ozodlik xaykalini amerikaliklar o’z qo’llari bilan barpo qilgan emaslar, aslida, uni fransuzlardan sovg’a sifatida qabul qilib olishgan. Bu Amerika mustaqilligining 100-yilligi sharafiga o’ziga xos do’stona tortiq bo’lgan. Oxir-oqibat Amerikaning timsoliga aylangan xaykal muxandis Bertoldi tomonidan yaratilgan edi.
Bertoldi xaykalda o’z onasining yuzidagi xushbichimlikni va sevgilisining qomatini aks ettirgan. Ma’shal ushlab turgan xaykal temir karkasda misdan tayyorlangan.
Zamondoshlarimiz ichida ham romantik va xayolparastlar talaygina. Ularning sovg’alari savlati, serxashamligi yoki zebi-ziynatlarning qimmatligi bilan lol qoldirmasa-da, ammo nigoh va aqllarni hayratda qoldirishga qodir.
Mixail Gorbachevga uning do’sti – bog’bon Frankom Brandeburgom orxideyalarning yangi navini sovg’a qilgan, yangi yaratilgan navni esa prezident sharafiga Maxillaria gorbaschowii deb nomlagan.
Qozog’iston prezidenti Nursultan Nazarbaev o’zining 73 yillik tug’ilgan kuniga qo’l mehnati bilan to’qilgan va 73 metr uzunlikka ega bo’lgan gilam ko’rinishidagi ajoyib sovg’a olgan edi.
Jordj Bushning 89-chi tug’ilgan kuni sovg’asiga yorqin tuslardagi yo’l-yo’l paypoqlar berilgan va aynan shu paypoqlar bayram tantanasi ishtirokchilarining barchasini lol qoldirgan edi.
Mashxur Rolling Stones guruhining solisti Mik Djager sovg’a sifatida oltindan yasalgan eksklyuziv tish yuvish cho’tkasini olgan. Tahminan yigirma karatga ega bo’lgan bu sovg’a uning muxlisasiga 4 ming AQSH dollariga tushgan.
Yuriy Galtsev esa Yangi Yilga do’stlari tomonidan tuhfa etilgan oddiy telefon raqamiga ega bo’ldi. Bu telefon raqami mashxur tikuvchi ayolga tegishli bo’lgan. Taniqli artist keyinchalik shu ayoldan yorqin sariq shim buyurtirgan va aynan shu shim artistning noodatiy garderobidan joy egallagan.
Oshiq bo’lgan romantiklar va beparvo xazilkashlarning xayol parvozlari sovg’a tanlash jarayonidagi o’zining noodatiy yondashuvlari bilan dunyoni hamon hayratga solib kelmoqda. Ehtimol, sovg’a sifatida butun bir sayyoralarni tuhfa qiladigan vaqtlar ham kelib qolar.
Сообщения из Facebook