Albatta har bir inson iloji boricha ko’proq umr ko’rishni xohlaydi. Yoshligingizdagi rasmlarni, qarilikdagi rasmlar bilan solishtirib ko’rsa va o’tgan voqea-hodisalar qanday o’zgartirishlar kiritganini ko’rish qiziq bo’lardi, albatta.
Biz sizga chexiyalik Yan Langerning ta’sirli va ajoyib, bir xil odamlarning yoshlikdagi va qarilikdagi go’zalliklarini ifodalovchi fotoloyihasini namoyish etamiz.
Rasmchi Yan Langer Chexiyaning eng qari yashovchilari bilan ularni rasmga tushirish va hayotlaridagi, hamda orzularidagi eng yorqin taassurotlari haqida suhbatlashish uchun uchrashdi. U qariyalardan yoshliklarida tushgan suratlaridan birini keltirishni iltimos qildi, va keyin erkak va ayollarni o’zi rasmga tushirdi, bunda u bir asr mobaynida ro’y bergan o’zgarishlarni namoyish etmoqchi bo’ldi.
Prokop Veydelek: «Men doimo echki sutining ta’mini esda tutaman»
Lyudvik Chubik: «Men uzoq vaqt pochtalyon bo’lib ishladim va o’z ishimni sevardim»
Bedrishka Kyolerova: «Men Italiyaga yana bir marta borishni xohlardim»
Vinesent Jetelina: «Qariyb butun umr men konstruktor bo’lganman»
Anton Kovar: «Men joni dilim bilan yana klarnetda o’ynab berardim, ammo yoshim ancha o’tib qoldi»
Anna Vasinova: «Jang paytida erimni natsistlar olib ketgani hech ham esimdan chiqmaydi…»
Stanislav Spalich: «Men 102 yoshda, ammo, fikrimcha, o’tmish haqida o’ylashga menga hali ancha barvaqt»
Anna Pochobradska: «Qizim oldimga har dam olish kunlari kelib turishidan juda ham xursandman»
Anton Baldrman: «Aytishim mumkinki, men sevimli gazetamning bironta ham sonini qoldirib ketganim yo’q»
Mari Busherova: «Men oilamni yana bir bor ko’rishni xohlardim»
Vlasta Sijkova: «Nasist boshliqlaridan birining o’glini urib yuborgan yuk mashinasida men ham o’tirganim esimda»
Lyudmila Vishlojilova: «Mening erim 60 yil avval halok bo’ldi, va o’sha vaqtdan beri men yolg’izman»
Mari Feyfarova: «Menda yoshligimdagi rasmlarim yo’q, men ularni yondirib yuborganman. Baribir ularni o’zing bilan qabrga olib ketolmaysan»
Сообщения из Facebook