Hayotingizni o‘zgartiruvchi 5 g‘alati odat
Hayotingizni o‘zgartiruvchi 5 g‘alati odat
Ko‘plab manbalarda yaxshi odatlarni o‘zlashtirib olish insonning hayotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘p bora yoziladi. "To‘g‘ri taomlanish", "Sport bilan shug‘ullanish", "Har o‘tgan kunga shukr qilish" kabi odatlarning barchasini yaxshi bilamiz va oramizda bunga amal qiladiganlar ham oz emas.

Sizga taqdim etilajak ushbu tavsiyalarda esa odatiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, sizni hayratga solib qo‘yadigan odatlar bilan tanishishingiz mumkin. Ular barchamiz uchun ma’lum tushunchalarga ham qarshi chiqa oladi.

1. "Bugun qaysi ishimni uddalay olmadim?" deya o‘zingizga savol bering.

Milliarder Sasha Bleykli o‘zining intervyularidan birida kattagina sir bilan o‘rtoqlashib, buning muvafaqqiyatga erishishdagi ahamiyati haqida so‘zladi. Har kuni otasi undan "Bugun qaysi ishni uddalay olmading?" deb so‘rar ekan. Agar omadsiz kun haqida so‘zlasa, otasi xafa bo‘lar, aynan uni xafa qilmaslik uchun ham Sasha o‘z ustida ishlarkan. Ushbu savol uni omadsizlikdan qo‘rqmaydigan inson qilib tarbiyalagan.

Biz odatda yaxshi narsalar haqida ko‘proq o‘ylash va yomon hodisalarni tezroq unutishga harakat qilamiz. Tan olish kerakki, omadsizliklardan qo‘rqamiz ham. Shu sababli ham kichik ko‘ngilsizlik qarshisida chorasiz qolib ketaveramiz.

Har kuni o‘z omadsizliklaringizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nigoh tashlang. Ularni o‘zingizdan berkitmang va qochmang, aksincha sinchklab o‘rganing, mulohaza qiling.

Lampochka ustida ishlagan Tomas Edisonnning gaplari yodingizdami? "Men hech qachon omadsizlikka duch kelmaganman. Shunchaki, g‘oyam ishlamaydigan 10 ming hil usulni topdim holos" degan edi u.

2. Tushkunlikka tushish ham, jahl qilish ham kerak.

Ko‘plab kitoblarda mualliflar hamisha ijobiy kayfiyatda yurish kerakligi haqida bong uradilar. Ijobiy fikrlash insonning hayot tarzini o‘zgartiradi, ammo aytish kerakki, hayot tekis chiziqdan iborat emas. Buni tan olmaslik esa adolatdan bo‘lmaydi.

Ayrim daqiqalarda tushkunlikka tushishingiz ham, jahl qilishingiz ham tabiiy. Shu tariqa emotsiyani o‘zingizda his qilib, qalbingizni to‘planib qoladigan dardlardan halos etgan bo‘lasiz.

Tushkunlikka tushish, tashvishlanish, jahl qilish ham me’yoriy holat. Salbiy hissiyotlarni atrofdagilardan berkita olmaysiz axir. Doimiy a’lo kayfiyat ham muammolaringizga yechim topib bera olmaydi.

3. O‘z-o‘ziga ishonmaslik

Bu ham g‘alati odatlar sirasidan bo‘lishi mumkin. Odatda ruhshunoslar "Inson hamisha o‘ziga ishonishi kerak" deya uqtirishadi. Ammo bu yerda ham me’yorga diqqat qaratmoq darkor. O‘zingizga nisbatan bo‘lgan ishonchsizliksizni yangi marralar tomon yetaklashi mumkin. Shu tariqa rivojlanib boraverasiz.

O‘ziga haddan tashqari ishongan odam yangi sifatlarni o‘zlashtirish va shaxsi ustida ishlashga ehtiyoj sezmaydi. Ishonchsizlik esa jarayon va o‘sish uchun kerakli asosni yaratib beradi. 

4. Boshlangan ishni oxiriga qadar yetkazmaslik

Ko‘pchilik ruhshunoslar bir ishni boshlagach, oxiriga qarab olib borish kerakligi haqida uqtiradilar. Ammo boshlangan ish sizni o‘ziga bog‘lay olmasa, u bilan shug‘ullanib vaqtingizni zoye ketkazmang.

Aytishlaricha, kitobning birinchi 50 beti sizni qiziqtirmasa, uni to‘liq o‘qib chiqishdan ham ma’no bo‘lmaydi.

O‘zingizni odatiy qonunlarning asiriga aylantirmang. Keraksiz narsalarni tashlab ketishni ham biling.

5. Barchasiga qo‘l siltash

Biror ishimiz omadsizlik bilan to‘qnash kelib qolsa, o‘zimizni aybdor qilib, shaxsiyatimizni yerga urib tashlaymiz. Miyamizda faqat va faqat bir hil hayol aylanadi.

Ammo aynan mana shu odat rivojlanishga to‘siq qo‘yishi mumkin. Biror narsa omadsizlik bilan to‘qnash kelsa, unga qo‘l siltash kerak. Omadsizlik borasida o‘zingizni salbiy hissiyotlarga bog‘lab qo‘ymang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook