Hayratga sazovor genetik anomaliya namunalari
Hayratga sazovor genetik anomaliya namunalari
Genetik mutatsiya jarayoni ba’zan insonlar tashqi ko’rinishini boshqalardan shunchalik farqli ravishda yaratadiki, qarshingizda oddiy inson emas, hayratlanarli tabiat ijodkorligi namunasi turgandek bo’ladi! Ular boshqalardan mutlaqo farq qiladilar. Bunday ko’rinishda tug’ilgan insonlarni tabiat siylaydimi yoki jazolaydi?
Irsiy anomaliya bilan tug’ilgan insonlar o’z tashqi ko’rinishdagi farqlar uchun aybdor emaslar, albatta. Ularning o’zgalardan ajralib turadigan ko’rinishda yaratilishi ham inson xohishlariga ko’ra amalga oshmaydi. Shu sababli bunday insonlarni tushunish va ularga hurmat bilan munosabat ko’rsatish lozim. Quyida genlar ta’siri ostida tashqi ko’rinishi boshqalardan juda katta farq qiluvchi insonlar haqida bilib olasiz.

Vitiligo

Mazkur mutatsiya turi inson terisi, sochlar va ba’zan tirnoqlar rangini ham o’zgartiradi. Uning davosi esa mavjud emas. Vitiligo bilan tug’ilgan Vinni Xarlou ayni kunda model sifatida faoliyat olib boradi. Uning negroid toifasiga mansub terisida oq rangli dog’lar hosil bo’lgan.

Ikki hil egizaklar

Ushbu egizaklar bitta tuxum xujayradan rivojlangan bo’lsalar ham, egizaklarning bir-biriga o’xshash bo’lishi kerakligi haqidagi qoidaga amal qilmagan holda ikki hil tashqi ko’rinishi bilan dunyoga kelishgan.

Ola-bula teri

Bu turdagi mutatsiyaga duchor bo’lgan insonlarda tug’ilganidan boshlab terisining ayrim sohalarida dog’lar hosil bo’ladi va sochlarining ayrim tolalari oq rangga kirib qoladi.

Albinizm

Albinizm har xil etnik toifadagi insonlarda uchraydi. Bunday mutatsiya turiga mansub insonlarda tug’ilgandan teri, soch, ko’z qobiqlariga rang beruvchi melanin pigmenti yetishmaydi. Suratdagi qiz afroamerikalik, ammo albinizm sabab huddi yepropaliklar kabi ko’rinadi.

Vaardenburg sindromi

Vaardenburg sindromi bilan to’qnash kelganlarning peshona tepasidagi sochlari orasida oppoq tolalar bo’lib, tug’ma karlik, ko’zning rangdor pardasi geteroxromiyasi va telekant kuzatiladi. Suratdagi ona va o’g’ilning ko’zlariga e’tibor bersangiz, ularning mutlaqo o’zgacha ekanligini ko’rasiz.

Distixiaz

Mazkur ko’rinishdagi anomaliyada insonning yuqori qovoqlarida qo’shimcha bir qator kiprik kiprik o’sadi.Pastki kipriklar esa qalinligi bilan odatdagidan ajralib turadi.

Geterxromiya

Suratdagi qizning ikki ko’z rangdor pardasi bir-biridan farq qiladi. Bunday ko’z egalarining nigohi bir qarashda kishini qo’rqitadi va hayratga soladi.

Gigantizm

Silva Krus – dunyodagi eng baland bo’yli qiz. Bunday balandlik sabab esa gigantizm bilan tug’ilgan insonlardagi ochiq epifizar soha faoliyati bilan izohlanadi.

Qiyshiq iyak

Ayrimlar inson iyagining ikki suyali bo’lishi qat’iy fe’l-atvordan darak beradi deb hisoblaydilar. Aslida bu genetik mutatsiya jarayoni natijasidir. Suratdagi qiz organizmida jag’ suyaklarining o’sishi uchun yordam beradigan gen mavjud emas.

Terisi qora insonlarda qizil va sarg’ish sochlarning o’sishi

Joriy holatning yuzada kelishi uchun MC1R oqsili javobgardir. Suratdagi qizaloqda ushbu holatning eng kuchli turi kuzatilgan.

Ko’z albinizmi

Ko’zlar albinizmi o’ta noyob mutatsiya turi bo’lib, bunda albinizm holati faqatgina ko’zlarga ta’sir etadi. Insonning ko’rish qobiliyati a’lo darajada bo’lishi mumkin, ammo nigohlari huddi sehrlab qo’yilgandek taassurot uyg’otadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook