Tadbirkorlik va investitsiyalar to’g’risidagi kitoblar muallifi Jeff Xeyden va avstraliyalik HelloCode startapiga hamkor sifatida asos solgan Bell B. Kuper ishdagi unumdorlikni oshirishning fan tomonidan tasdiqlangan omillari bilan o’rtoqlashdilar.
“Men mehnatsevarlikning kuchiga samimiy ishonaman. Oracle Team USA amerikalik yelkan komandasining kapitani bir paytlar “Men boshqalardan ko’ra kamroq ishlagan odam muvaffaqiyatga erishganini ham kam ko’rganman” deb aytgan.
Aslini olganida, mening maslagim asosi ham shunda: balki men boshqalar kabi ist’edodli, ma’lumotli yoki tajribali emasdirman ... Ammo, men ulardan ko’ra ko’proq ishlashga harakat qilaman.
Biroq, nafaqat jiddiy, balki aql bilan ishlash ham mumkin. Muvaffaqiyatning kaliti ham aynan shunda”.
Astoydil ishlash nisbatan oson. Buning uchun siz tirishqoqlik bilan ishlashingiz kerak bo’ladi. Ammo, “aql bilan” ishlash nima degani? Bu yerda hammasi biroz murakkabroq bo’lishi mumkin. O’ylaymizki, Bell B. Kuperdan bir nechta maslahatlar siz uchun ham juda foydali bo’ladi.
1. Ishlaringiz ro’yhatini tartibga keltiring
Unumdorlikni yahshilash uslublarining eng qarama-qarshi, ammo samarador usullaridan biri bu ro’yxatga faqatgina chegaralangan miqdordagi vazifalarni kiritishdir.
Bittadan uchtagacha bo’lgan eng asosiy ishlaringizni tanlab oling. Ular qatoriga albatta bugun qilinishi kerak bo’lgan katta va qiyin vazifalar ham kirsin. Agar siz ularni bajarmasangiz, ularni deb ishdan keyin qolishingizga yoki tushlikni o’tkazib yuborishingizga to’g’ri keladi.
Birinchi navbatda eng asosiy ishlaringizni bajarib oling. Buning uchun harakatni ertalabdan boshlang, hali uyda bo’lganingizda yoki endigina ishga kelgan paytingizda ham ishga kirishingiz mumkin. Agar siz ularni qoldirib ketsangiz, keyin yana ham bandroq bo’lib qolasiz va ularni bajarish uchun vaqt topa olmaysiz. Ro’yhatingizning qolgan qismini muhimligi pastroq ishlar bilan to’ldirishingiz mumkin. Shunday qilsangiz, kunning yakunida anchagina unumdorlikka erishganingizni sezasiz.
Yana bir maslahat. Ertangi kuningizda qilinishi kerak bo’lgan ishlarning ro’yhatini bugun oqshomdan tuzing. Juda ko’p hollarda men uhlashga yotish oldidan ertaga qiladigan ishlarim to’g’risida o’ylayman va shuning uchun ham uhlashim qiyin bo’ladi. Qilinajak ishlarni oldindan reja qilib tuzib olganimda, o’zimni ancha yengil va bo’sh qo’yib, bemalol uyquga cho’mishim mumkin. Keyingi kunda esa vaqtni bekorga o’tkazmayman va birinchi eng muhim ishimni bajarishga kirishaman.
Devid Allenning “Ishlarni qanday tartibga keltirish mumkin” deya atalgan kitobida yaxshi bir ibora bor: “Sizning idrokingiz g’oyalarni saqlash uchun emas, balki yaratish uchun kerak”. O’z g’oyalaringizni ishlar рo’yhatiga kiritib qo’ying, biroq ikkita ro’yhat tuzishni ham unutmang — biri bugunga, ikkinchisi esa “keyinga”. O’shanda siz muxim g’oyalaringizni eslash uchun kuchingizni sarflab yurmaysiz.
2. O’z vaqtingizni emas, natijalaringizni baholang
Ayrimlar ishda sezilarli siljish bo’lmaganini tan olish uchun juda ko’p vaqt sarflaydilar. Aynan shuning uchun ham odamlar qisqa vaqt ichida ko’proq narsaga erishish usulini izlab yurishadi.
Ishga yondoshish g’oyasining biri shundaki, siz unumdorlikni baholash usulini almashtirishingiz kerak. Masalan, agar katta loyiha ustida ishlayotgan bo’lsangiz, uni bir necha bosqichga bo’lishga urinib ko’ring.
Men blogimga nimadir to’g’risida yozishim kerak bo’lgan paytda, bu ishni bir necha bosqichga bo’laman – maqolani muayyan miqdorda yozaman va turli kichik vazifalarni ajratib olaman. Masalan “suratlarni qo’shish”. Shu kabi kichik vazifalar to’plami tufayli men har kuni yirik loyihani bacharishdagi o’z yutuqlarimni kuzatib borishim mumkin, garchi bu loyiha ustidagi ishni to’liq yakunlashga bir necha kun ketsa ham.
Har safar vazifalardan biri bajarilganini belgilagan paytimda juda yoqimli hissiyot sezaman, hatto 200 so’zdan iborat matnning bir bo’lagini yozgan bo’lsam ham! Bu menga ish to’la bitguniga qadar uning maromimni ushlab turish va ishdan chetlab ketmaslikka imkon beradi.
Bir kunda erishgan yutuqlaringizni baholashning yana bir usuli — bu bajarilgan ishlar ro’yhatidir. Ko’p kompaniyalar har bir ishchi kun davomida nima ish bajarganini aniqlash maqsadida shunday ro’yhatlardan foydalanadi.
Bir kunda yakunlangan ishlar ro’yhatini yarata boshlaganingizda sizni yangi ishlarga undaydigan sabablar ko’payishidan o’zingiz ham taajubda qolasiz.
E’tiboringizni sarflangan vaqtga emas, erishilgan natijaga qarating, shunda siz ancha samaraliroq ishlashga erishishingiz aniq.
3. Ishga kirishishga yordam beradigan odatlarni o’rganing
Odatda ertalablari birinchi navbatda nima qilishni bilmaganimda vaqtni bekorga sarflab yuboraman.
Bu muammoni hal qilish uchun, miyangiz va tanangizni ishchi kayfiyatga sozlaydigan har kunlik odatga o’rganishingiz kerak. Bu qandaydir oddiy odat bo’lishi mumkin. Masalan, ishga mashinada borish yoki idoraga ketayotganda bir finjon qahva ichish! Men odatda o’zimga qahva quyib, sevimli saytlarimni tekshiraman. Qahvani ichib bo’lganimdan keyin darhol ichki signal ishga tushadi: ishlash payti keldi!
Kayfiyatni ishga sozlash uchun boshqa usullar ham bor: telefonni o’chiris, olib qo’yish, oyoq-qo’llarning chigilini yozish maqsadida badantarbiya qilish yoki nonushta tanovuli! Hatto yoqtirgan musiqalaringizni tinglagan holda zaruriy kayfiyatni yaratuvchi maxsus pleylist tuzib ham olishingiz mumkin.
Bu usullardan dam olish kunlari ham foydalansa bo’ladi. Shubha yo’qdirki, dam olish kunlari siz o’zingizning har kungi odatlaringizdan voz kechishni istaysiz, ammo ko’pchilik ularga amal qilishni davom ettiraveradi. Bir narsani yodda tuting, o’zingizni qanchalik bo’sh qo’yib, o’z odatlaringizni unutsangiz, yangi haftaning boshida ularga qaytish shunchalik qiyin bo’ladi.
Kundalik ishlarni bajarishni bir hillikda yashaydigan odamning belgilari deya hisoblamaslik kerak. Odatlar — o’z oldiga maqsadlar va ularga erishishning eng yaxshi yo’lini topgan odamlarning sifatlaridandir.
Unumdorlik tomon birinchi qadam — vaqtni bekor o’tkazayotgan paytlaringizni seza bilishdir.
Avvaliga har kuni ertalab ishga shaylanayotgan paytingizda nimalar qilishingizni kuzating. Misol uchun ko’pchilik tong paytida kiyim tanlash uchun vaqtni behudaga sarf etib yuboradi. Ya’ni, kecha ham qilishingiz mumkin bo’lgan ishingizga bugun vaqt sarf etyapsiz.
Ish kunlarini qanday o’tkazayotganingizni kuzatib boring va “siyqasi chiqib ketgan qolip”larni toping. Balki siz ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p qolib ketayotgandirsiz yoki ikki daqiqali suhbatni o’n daqiqali safsataga cho’zib yuborayotgandirsiz... Sizning vaqtingizni aynan nima olayotganini va prokrastinatsiya ya’ni “keyinga qoldirish” kasalligiga olib kelayotganini sezsangiz, buni o’z odatlaringizga moslashtirish va ulardan voz kechish oson bo’ladi.
Avvallari men sevimli saytlarimni tekshirib ko’p vaqt yo’qotar edim. Xozir esa buni doimiy odatimga kiritib qo’yganman, ya’ni, qahva ichgan paytimda sevimli sahifalarimni ko’zdan kechiraman, qahvani ichib bo’lganimdan keyin esa ularni yopib, darrov ishga tushaman.
5. Ishlashni bas qilishga yordam beruvchi odatlarni ishlab chiqing.
Ishdan uyga kelib ishdan chalg’ishning bir necha usullari bor:
Ish yaxshi ketayotgan paytida ishni to’xtating.
Ernest Xeminguey aytganiday, “Eng yaxshisi, ish yaxshi ketayotgan paytida to’xtash va shunday paytdagina keyin nima bo’lishini bilasan. Agar kundan kunga shunday qilib borsang hech qachon bog’lanib qolmaysan…”.
Uning maslahati har qanday ishga taalluqlidir. Agar siz ishning o’rtasida to’xtasangiz – buni hech qanday qo’rqinchli joyi yo’q. Siz nimani qilib bo’lganingizni, keyin nima qilishni bilasiz va ishga mamnuniyat bilan qaytasiz.
Ishni tugatishning aniq vaqtini belgilab oling.
Vaqtning qat’iy chegaralari imtiyozlarni belgilab olishga majbur qiladi. Yana bir plyus — bu holda sizda birinchi navbatda eng muhim ishlarni bir yoqli qilib olish uchun sabab paydo bo’ladi.
O’z ish vaqtingizni chegaralab olish uchun noutbukda ulanmagan zaryad uskunasisiz ishlashga urinib ko’ring. Shunda siz batareya tugaguniga qadar ishlashingiz mumkin bo’ladi. Bu muhim ishlarni tezroq bajarib olish uchun o’zingizni majbur qilishning yaxshi yo’li!
Ishdan keyin o’zingizga yoqimli biror hodisani rejalashtirib qo’ying.
Masalan, bu do’stlaringiz bilan uchrashuv yoki marosim bo’lishi mumkin. Agar ishdan soat 18:00 dan keyin ketmoqchi bo’lsangiz, undan keyin uchrashuv yoki mehmondorchilikni rejalashtirsa ham bo’ladi. Tashqi omillar va g’ayrat diqqatingizni ishga jamlash hamda ularni ajratilgan vaqt ichida bajarib tugatishga undaydi.
Asta-sekinlik bilan sizni ishdan chalg’itadigan odatlarni o’ylab chiqing.
Agar ishlaringizni hech unuta olmasangiz, bunday odat sizga foydali ham bo’lishi mumkin. Menga yengil jismoniy ishlar yordam beradi – har kun uyga piyoda qaytishga xarakat qilaman. Ayrim odamlar uyqudan oldin sayr qilishni afzal ko’radilar. Bu ularga ishchi fikrlardan chalg’ishga yordam beradi.
Ko’nglingizga huzur bahsh etishga kundalik tutish yoki do’stingiz bilan suhbatlashish ham yordam berish mumkin. Agar siz kun davomida nimalar sodir bo’lganini hammasini yozib borsangiz nafaqat o’z natijalaringizni kuzatishingiz, balki ish haqida o’ylashdan ham chekinishingiz mumkin.
Agar oqshomlari ertangi kun uchun rejalar tuzishga o’rganib qolsangiz, bunday odat ish kunining mukammal yakun topishiga asos bo’la oladi: barcha muhim ishlarni yozib olib, bemalol halovat topishingiz va hordiq chiqarishingiz mumkin.
6. Ko’proq tanaffus qiling
Stiven Kovi o’zining “Yuqori samaradorlikdagi odamlarning 7 ko’nikmasi” kitobida bir o’tinfurush haqidagi hikoyani bayon qiladi. Uning arrasi borgan sari o’tmas bo’lib qolishiga qaramay u daraxt arralashni davom ettiraveradi, vaholanki, agar u arralashni to’xtatib arrani charxlab olsa va keyin o’tkir asbob bilan ishni davom ettirsa, vaqtni ham, kuchni ham tejab qolgan bo’lar edi.
Bunday misolni eslab qolish oson, biroq amalda qo’llash qiyin. Xayotingizdagi arrani charxlash to’g’risida Kovi mana bunday deb yozadi:
“Arrani charxlash — sizda bor eng qimmat narsa – o’zingizni asrash va yaxshilash demakdir. O’z xayotingizning uch jabhasida muvofiqlik bilan rivojlanishingiz kerak: jismoniy, ijtimoiy-emotsional, aqliy va ma’naviy jabhalarda”.
Arrani charxlash — o’z xayotingizning barcha jabhalarida tatbiq etila oladigan a’lo odatdir. Lekin, mening o’ylashimcha, u ayniqsa ish jarayonida haddan ortiq bosimga berilib ketmaslik uchun foydali bo’ladi.
Miyangiz fikrlar jamligini o’rtacha 90 daqiqa davomida saqlab turishi mumkin. Shundan keyin sizga kamida 15 daqiqali tanaffus kerak bo’ladi. Bu fenomen insonning fiziologik davrlariga asoslangan. Har 90 daqiqada tanaffus qilib, o’z tanangiz va idrokingizga dam berib, uni rostlab olish imkon topasiz — bu yuqori faollikning keyingi bir yarim soatlik davriga tayyorgarlik bo’ladi.
Ayrim odamlarga 15-20 daqiqalik dam olishdan keyin ishga qaytishi qiyin bo’ladi. Biroq, hatto kichikgina tanaffuslar xam miyangizni tetiklashtirib, fikrlaringizni jamlashga yordam beradi.
7. Ko’proq uhlang
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uyqu miyaning kognitiv vazifasini, ijodiy fikrlash va hotirani muvofiqlashtiradi. Bundan tashqari, u o’qishda ham yordam beradi – miya axborotni yaxshiroq qabul qiladi va saqlaydi.
Uyqu xotirani kuchaytiradi. Yozuvchi Maks Rid bu xaqda quyidagilarni yozadi:
“Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, axborot dastlab gipotalamusda “yoziladi”. U juda “nimjon” va uni osonlikcha esdan chiqarib qo’yish mumkin. Ayniqsa, miyaga ko’p narsani eslab qolishga to’g’ri kelgan paytda! Aftidan, uyqu axborotni uning ustiga boshqa ma’lumot “yozilmasligi” uchun neokorteksga – “eng uzoq vaqt saqlovchi omborga” yo’naltiradi”.
Masalaga doir yana bir tadqiqot shuni namoyon qildiki, oldindan ozgina uhlab olgan tadqiqot ishtirokchilari uhlamaganlarga nisbatan test savollariga ancha yaxshiroq javob bera oldilar. Uyqu nafaqat xotirangizni rostlab yangi axborotni o’zlashtirib olishga, balki charchashdan ham himoya qilishga yordam beradi. Olimlarning aniqlashlaricha – charchash bu miyangizning bir qismi uhlab olmaguningizcha boshqa axborotni qabul qila olmasligi to’g’risidagi signaldir!
8. Tabiat qo’ynida ko’proq vaqt o’tkazing
Olimlar odamlarning ikki guruhi – biri ko’cha bo’ylab sayr, ikkinchisi tinchgina bog’dagi sayrdan keyin qanchalar halovat topganlarini tekshirib ko’rishga qaror qildilar. Ma’lum bo’lishicha, shahar ichidagi sayr paytida adashib qolmaslik uchun juda ko’p e’tibor kerak bo’lar ekan. Shuning uchun ham bunaqa sayr miyaga huzur bermaydi va e’tiborni jamlash qobiliyatini to’la tiklay olmaydi:
“Tabiat qo’ynidan farqli o’laroq, shahardagi buyumlarga va vaziyatlarga to’la manzara bizning e’tiborimizni o’ziga kuchli tortish va xatto, yuqori darajadagi ogohlikni talab qiladi (masalan, mashinalarga nisbatan doim nazoratda va ziyrak bo’lish kerak). Shuning uchun ham, unda odamlar kamroq dam ola oladilar”. (Deniel Goulman. “Fokus. Diqqat-e’tibor, parishonxotirlik va hayotiy muvaffaqiyat to’g’risida”).
Vaqtni tabiat qo’ynida o’tkazayotganingizda, idrokingiz to’laligicha orom topadi. Bunday dam olishdan so’ng ishga shaylanishingiz ham osonroq bo’ladi. Bundan tashqari, olimlar shuni namoyon qildilarki, o’quv auditoriyasidan tashqarida talabalarda o’qish istagi ancha kuchayadi.
9. Bir joyda o’tirmang
Yaqinda men tadbirkor va sportchi bo’lgan Djoel Ranyonning “ishchi popkorn” uslubi xaqidagi maqolasini o’qib qoldim. Uning mohiyati shundaki, kun davomida ishning ayrim qismini turli kafe, kovorking yoki pabda o’tirib bajarish darkor. Boshlanishi uchun ishlarning aniq ro’yhatini tuzib olish kerak: nimani va qayerda bajarishingizni belgilab oling. Shundan so’ng esa darhol ishga kirishing.
Ranyon o’z ro’yhatini bir nechta toifalarga bo’ladi: har bir kafeda u uch nafar vazifani bajaradi. U ayrim ishlarini bir joyda bajarishi bilanoq boshqasiga qarab yo’l oladi. Albatta, siz o’z ro’yhatingizdagi ishlarni o’zingizga qulay holda taqsimlashingiz mumkin, lekin asosiysi – boshqa joyga yo’l uchun sarflanadigan vaqtga emas, asosiy natijaga moslashtirilishi kerak.
Ranyonning so’zlariga ko’ra, eng yaxshisi manzillar o’rtasidagi masofani piyoda yoki velosipedda bosib o’tish kerak:
“Bu vaqtni meditatsiyaga sarflang. Monitordan uzoqlashing va kuningizni ozgina jismoniy xarakat bilan boyiting. Telefoningizni cho’ntagingizga soling va olg’a! Ishdan hech bo’lmaganda yarim soat dam oling”.
Tanaffus paytida xozir nima ustida ishlayotganingiz va shundan keyin nima qilishingizni o’ylab ko’rish foydali bo’ladi. Ranyon bu uslubni qo’llay boshlaganidan keyin ancha samaraliroq bo’lib qolganini fahmladi va ishini bajarish uchun kamroq vaqt sarflay boshladi.
10. Elektron pochtangizni tong sahardan tekshiring.
Bu maslahat sizga qarama-qarshi bo’lib ko’rinishi mumkin, axir xamma buning teskarisini tavsiya qiladi. Biroq men ertalabdan pochtamni tekshiraman va buni juda foydali odat deb hisoblayman.
U menga kun davomida samaralidorlikni saqlashga yordam beradi va buning sababi ham oddiy.
Uhlayotgan paytingizda kasbdoshlaringizning yarmi (agar, xatto ko’pchilik qismi) ishlayotgan bo’lishi mumkinligi va sizga qandaydir xabar yo’llashi ehtimoli borligi haqida, shubhasiz, bilasiz. Shuning sababli ham boshqalardan orqada qolib ketmayotganingizni bilish uchun pochtani erta tongda tekshirish juda muhim.
Men birinchi navbatda muhim masalalarni bir yoqlik qilib olganimdan keyin kun davomida rejalarni qanday o’zgartirish kerakligi to’g’risida qaror qilishim osonрoq bo’ladi va bugun rechalashtirgan ishlarimni bajara olishimni yaqqol tasavvur qila olaman.
Сообщения из Facebook