просмотров
Yangi joyda yangi hayot boshlashni istarmidingiz? Italiyaning Liguriya, hushmanzara tog’li tumanida joylashgan, idillistik kichik qishloqchani o’z tasavvuringizga keltiring. Bormida qishlog’ining hokimi u yerga ko’chib kelgan har bir odamga 2000 evro to’lashni va’da bermoqda. Yangi aholi uy-joylarni haftasiga, atigi, 12.5 evroga ijaraga olishlari mumkin bo’ladi.
Bormida tog’li qishloq Italiyaning shimoli-g’arbidagi Savona provinsiyasida, Genuidan taxminan 80 kilometr masofada, joylashgan. Qishloq baland tog’larda joylashgan, lekin shunga qaramay dengizga juda ham yaqin. Shuning uchun u yerda havo juda toza.
Qishloqchaga qadim, O’rta asrlarda asos solingan bo’lib, o’z qadimiy arxitekturasi va ajabtovur manzaralari bilan maqtansa bo’ladi.
Ammo, bugun bu idillistik qishloqda faqatgina 394 ta aholi istiqomat qilib, u navbatdagi italiyalik arvoh-shaharga aylanishi havfi bor. Bunday depopulyasiya sababi – ishsizlik: ko’pchilik mahalliy aholi Bormidadan ish qidirib ko’chib ketgan.
Bormidaga yangi aholini jalb qilish maqsadida, hokim Daniele Galyano (Daniele Galliano), ular oldiga ko’chib kelishga qaror qilganlarning har biriga pullik kompensasiya to’lashga qaror qildi. O’z inisiasivasini u Facebook rasmiy sahifasida nashr qildi. “Agarda, siz, bizning kommunamizga, doimiy yashashga ko’chib kelsangiz, biz sizga ikki ming evro miqdorida pul mablag’ini to’laymiz”.
Qishloqda aholi juda kam ekanligiga qaranay, bu yerda to’rtta restoran, kutubxona, pochta, do’kon, oilaviy mehmonxona, dorixona va Bormidaga haftasiga uch marotaba kelib ketuvchi shifokor bor ekan.
Bormidadan 20 kilometr masofada joylashgan qo’shni shaharchada, sayyohlar orasida ancha mashxur bo’lgan, Mishlen kategoriyasidagi, Locanda dell’ Angelo joylashgan.
Pul mukofatidan tashqari, Bormidaga ko’chib o’tmoqchi bo’lganlar, yana bir muhim bonusga ega bo’ladilar: juda ham past narxlarda yaxshi turar joylarni ijaraga olish imkoniyati – bir oyga 50 evrodan 120 evrogacha.
Misol uchun, oshxona, vanna, mehmonxona, garaj, omborxona, podvol, to’rt yotoqxonali,uy ijarasining bir taklifi oyiga atigi 50 evro (haftasiga 12,5 evro). Solishtirish uchun: London markazida, ikki yotoqxonali uy ijarasi haftasiga 3 ming funt sterling (3900 dollar) ga teng.
Merning taklifi bilan o’nlab odamlar qiziqib qoldilar: tog’li qishloqchaga xozirdan Daniya, Hindiston, Qo’shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Vengriya va Indoneziyaliklar ko’chib kelmoqchilar. Shu bilan birga ularni ish yo’qligi xech ham tashvishlantirmayapti. Chunki ularning ko’pchiligi masofadan turib ishlay oladilar va shu sabasli qishloqda yuqori tezlikli internetga ulanish borligi haqida qiziqmoqdalar.
Сообщения из Facebook