просмотров
Bu yangilikni oyoq kiyim deb atash qiyin bo'ladi, lekin ularda yurish mumkin.
Italiyancha "yopishqoqchalar" vyetnamka-shippaklariga alternativa bo'ladilar.
Vyetnamka-shippaklari o'rniga patak-tagcharm.
Mohiyatiga ko'ra, italiyaliklar shunday "yopishqoqchalar" - patak-tagcharmlar o'ylab topdilarki, ularni oyoq tagiga yopishtirib olinadi va ular bundan so'ng shapillamaydi. Bu ajabtovur oyoq kiyim mualliflari ta'kidlashicha, ularning rezina tagcharmlari issiqqa chidamli, suv o'tkazmaydigan va mustaxkam.
Ham plyajga, ham basseynga...
Yopishqoq pataklar 10 tadan bo'lgan kolmplektlar ko'rinishida sotiladi, komplekt esa, 33 dollar turadi. Bunday pataklarni bir necha marotabadan yopishtirib yechib olish mumkin.
"Yopishqoqchalar" ning ranglar gammasi xozircha cheklangan.
Albatta, ko'pchilikda savol tugiladi, sinalgan vyetnamka-shippaklaridan vos kechish kerakmi? Ular ko'pchilik uchun xozirgi kunda nafaqat plyaj oyoq kiyimi, balki shahar oyoq kiyimi ham bo'lib qoldi. Statistik ma'lumotlariga ko'ra bunday oyoq kiyimda sayyoramizning deyarli yarim aholisi yurar ekan.
Vyetnamka-shippaklari - sayyoramizning aholisining yarimida bor bo'lgan oyoq kiyim.
Biroq shifokorlar mana bir necha yilki, bunday vyetnamka-shippaklari havfli ekani haqida ogohlantirmoqdalar! Britaniya shifokorlari bunday shippaklar ayollar uchun baland poshnali oyoq kiyimdan ko'ra ham havfliroq deb hisoblaydilar. Ularning bunday oyoq kiyimlarga amerikalik kasbdoshlari ham shubha bilan qaraydilar.
Qulay, lekin juda ham havfli!
Shifokorlar fikrga ko'ra, vyetnamka-shippaklari odamning yurishini, ularni doimiy ravishda oyoqda ushlab qolishga harakat qilish kerakligi uchun, o'zgartirib yuboradi. Bunday shippaklar oyoqdan chiqib ketmasligi uchun to'piqni qayirib, mayda qadamlar bilan yurish kerak bo'ladi. Bu esa o'z navbatida to songacha bo'lgan mushaklarning toliqishiga olib keladi.
Lekin bu hali hammasi emas! Shippaklarni oyoqda ushlab qolish uchun oyoqning katta barmoqlarini qayirib yurish kerak bo'ladi. Bu sababli oyoq uzun patak payi cho'ziladi va u o'z navbatida tomir tortishishi, pixlar va oyoq toliqishiga olib keladi.
Italiyalik yopishqoqchalar - mavsum yangiligi.
Vyetnamka-shippaklarining faqatgina bitta ustunligi bor - bu dunyodagi eng yengil va salqin oyoq kiyimi. Ko'pchilik odamlarga esa, aynan shu kabi oyoq kiyim yoqadi. Shuning uchun, atish qiyin albatta, balki yaqin kelajakda plyajlar va shahar ko'chalari italiyalik yopishqoqchalar kiygan odamlarga gavjum bo'lishi mumkin.
Сообщения из Facebook