Ko'pchiligimiz xaritalarga doim ishonsa bo'ladi, hamda ular xech qachon aldamaydilar deb o'ylasa kerak. Biroq, har doim ham bunday bo'lavermaydi.
Xaritalardagi xatolar ba'zan, nafaqat alohida odamlarga balki, butun millatlar uchun ham jiddiy muammolar keltirib chiqargan. Xaritalardagi noaniqliklar tufayli odamlar butun bir uylarini yo'qotadilar, sug'urtalari bekor bo'ladi, qo'riqxonalar yerlari yo'qolib ketish havfi ostida qoladi va harbiy konfliktlarda yutuq yoki mag'lubiyat hal bo'ladi.
Sizning oldingizda topografik xatolar odamlar va davlatlar hayotida hal qiluvchi rol o'ynagan tarixiy va zamonaviy vaziyatlar. Ularda xaritalar aniqligi kritik darajada muhim bo'lgan.
10. Franko-hindular urushi.
Amerika revolyusiyasidan avval va keyin bu qit'aning u qadar yaxshi bo'lgan xaritalari kam bo'lgan edi. Buning natijasida harbiy xaritalar jang olib borilayotgan joylarning o'zida, otishmalar ostida tuzilib, ular bo'yicha armiyalar joylarda mo'ljal olganlar va bo'lajak harakatlarini rejalashtirganlar. Bu chizmalarning aniqligiga butun urushning yakuni bog'liq bo'lgan.
Richard Braun va Pol Koen (Richard Brown, Poul Cohen) larning yodga olishlari bo'yicha, ba'zi xaritalar urush boshlanishi sababi bo'lganlar. Territorial pretenziyalar bilan bog'liq konfliktlarga tortilgan mamlakatlar ko'pincha o'z da'volarini muajaroli yerlarga xaritalarga asoslanib qo'yar edilar. Ular xaritalarda u yoki bu mintaqaning egasi ko'rsatilar edi. Djon Mitchel (John Mitchell) tomonidan tuzilgan shunday bir xarita fransuzlar, hindular va britaniyaliklar o'rtasidagi urushga sabab bo'lgan. Braunning so'zlariga ko'ra, Mitchellning chizmalari aynan britaniyaliklarning hududiy pretenziyalarini demonstrasiya qilish maqsadida qildan edi.
Buning ustiga Britaniya ofiserlari tomonidan u joylga kelishlari bilan tuzilgan xaritalar tipografiya to'g'risida va daryolarning o'tilishi haqida noaniq bo'lgan tasavvurlarni to'g'rilar edi. 1759 yilda franko-hindular urushining avjiga chiqqan vaqtida kapitan Djeyms Kuk (James Cook) general (James Wolfe) ning qo'shinlarini Luisberg, Yangi Shotlandiyadan Kvebek (Louisburg, Nova Scotia, Quebec) ga yuborishi kerak edi. Ya'ni, Avliyo Lavrentiy (St. Lawrence River) bo'ylab, taxminan 1 600 kilometr pastga tushirishi kerak edi. Avval bu suv yo'li kemada o'tish uchun yaroqsiz deb hisoblangan. Bu mavjud bo'lgan hududning xaritasida ko'rsatilgan edi. Biroq, Kuk ishlarning real aholiga ko'ra, tuzatishlar kiritgan. Bu Britaniya kemalariga, fransuzlar noaniq xaritalar sabab hattoki, urunib ham ko'rmagan, suzib o'tishning imkonini bergan. Natijada Wolf Kvebekni qo'lga olgan.
1815 yil 18 iyunda Napoleon Bonapart Vaterloo yonidagi jangda xaritadagi xato sababli mag'lub bo'lgan. Dokumentalist Frenk Ferrand (Frank Ferrand) ning fikriga ko'ra, Napoleon o'z artileriyasini noto'g'ri yo'nalishda yuborgan va Angliya, Prussiya va Gollandiya chegatasidan juda ham uzoqqa olib ketgan. Qomondon jang strategiyasini ishlab chiqayotib noaniq xaritaga ishongan. Bu nima uchun uning jangchilari landshaft bilan tanish bo'lmay hamda jang vaqtida mo'ljaldan adashgan bo'lganlarini tushuntirib beradi. Tarixchi Ferrandning fikriga ko'ra, bu Fransiyaning mag'lubiyatini aniqlab beruvchi faktorlardan biri bo'lgan.
Hisoblardagi xato tufayli, Mon-Sen-Jan (Mont-Saint-Jean) fermasi, strategik joy, xaritada o'z real joylashividan bir kilometr narida bo'lib chiqqan. Shu sabab ham fransuz armiyasi to'plari noto'g'ri yo'nalishda jo'natilgan edi. Ustiga ust not'g'ri xaritada mavjud bo'lmagan yo'l ko'rsatilgan edi. Chizma belgiyalik illyustrator va tarixchi Bernard Koppens (Bernard Coppens) tomonidan tiklangangan edi. U qonga burkangan, hududning original chizmasini Bryussel harbiy muzeyida topgan edi.
8. Noaniq koordinatalar bo'yicha bombardimon.
2006 yil iyulida Isroil armiyasi Janubiy Livanda joylashgan nishonni bombardimon qilish uchun xaritadan nusxa oldilar. Xaritadagi xato tufayli BMT posti Xezbolla izdoshlari lageri deb identifikasiya qilingan edi (Hezbollah, siyosiy partiya, terroristik guruh). Natijada 4 nafar xalqaro kuzatuvchilar o'ldirilgan edi. Isroil hukumati o'z "chuqur taziyalari va chinakkam afsuslari" ni izhor qiladilar.
Mark Regev (Mark Regev), Isroil tashqi ishlar vazirligi kotibi fojea xaritalarni nusxasini olayotgan vaqtda noaniqliklar tufayli yuz berganini tan oldi. Nusxalarda BMT postlari joyidan siljigan bo'lib tushgan. Shu sababli 2006 yil 26 iyulda Xitoy, Avstriya, Finlyandiya va Kanadalik kuzatuvchilar yuqori aniqlikdagi mo'ljalga olish bombalar bilan o'ldirilgan edi. Hezbolla lageri esa, bu vaqtda BMT binosidan atigi 180 metr masofada joylashgan bo'lgan.
7. Nikaragua armiyasining bostirib kirishi.
2010 yil noyabrida Nikaragua armiyasi sobiq sandinist komandiri Eden Pastora (Eden Pastora) boshchiligida Karib sohili yaqinidagi San-Xuan (San-Juan) daryosini kesib o'tdilar. Harbiylar Nikaraguaga janubda chegaradosh bo'lgan Kosta-Rika (Costa Rica) ga bostirib kirishdi va o'z bayroqlarini, ikkala hukumatlarning ta'kidlashiga ko'ra, bir vaqtning o'zida ularning ikkoviga ham tegishli bo'lgan, Kalero (Calero) oroliga o'rnatdilar. Muajaro Google Maps Kaleroni aynan Nikaragua chegaralari hududida joylashtirilgani bilan ham chuqurlashgan edi. Komandir Postora hattoki, internetda onlayn-xaritalarda ham bu yerlar uning mamlakatiga tegishli ekanini ta'kidlagan. 1948 yildan boshlab Kosta-Rikaning o'z armiyasi yo'q, lekin uning hukumati o'sha vaqtda orolda bor bo'lganlarga qo'shimcha qilib, tartibni saqlash uchun 150 nafar polisiyachilar va tartibni saqlash otryadlarini yuborgan edi.
BMT ning aralashuvi yordamida muajaro yuridik yo'l bilan hal bo'lib, urushga aylanib ketishga ulgurmadi. Xalqaro sud Kalero va uning botqoqlik yerlari Kosta-Rikaga berilishi kerakligini tasdiqlab hukm chiqardi. Chunki, bu respublika orol joylashgan hududlarda suverenitetga ega. Bundan tashqari, Sud Nikaraguaga Kosta-Rikaning kemaliga bu mamlakatlar chegaralari bo'ylab harakatlanishi huquqini buzganlari uchun tanbeh berdi. BMT Xalqaro sudi uning qarorlari majburiy tartibda tomonlar bajarishi uchun yetarli darajada vakolatga ega emas. Biroq, Nikaragua tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sezar Vega (Cesar Vega) uning mamlakati BMT avtoritetini tan olishini va "sud qaroriga amal qilishi" ni aytib o'tdi.
6. Sayozlikka o'tirib qolgan tralchi
AQSH Harbiy Dengiz Flotining fikriga ko'ra, amerikalik USS Guardian tralchisi Filippin riflari hududida sayozlikka navigasion xaritadagi xato sababli o'tirib qolgan. Avariya 2013 yil 16 yanvarda Tubbataxa (Tubbataha) rif atolliga katta talofot olib keldi. U yerlar Korral uchburchagidagi dengiz bioturfaligining unikal markazi deb tan olingan va qo'riqxona zonasida joylashgan. Filippin hukumati, amerikaliklar filippin yoki xalqaro qonunlarni buzmaganliklarini aniqlash uchun, insidentning izchil tekshiruv o'tkazilishini talab etganlar.
Natijada AQSH Harbiy Dengiz Floti korall rifiga 2 345 kvadrat metr maydoniga talofot keltirgani aniqlandi. Buning uchun amerika hukumati filippin qirg'oq soqchilariga Tubbataxi hududidagi uning bazasini yangilash uchun 2 million dollar kompaniya to'lashiga to'g'ri keldi. Filippin hukumati bu mablag'lar atollning reabilitasiyasiga va riflarni qo'riqlash tadbirlari, hamda bu hududlarning monitoringi tizimlarini, kelajakda o'xshash hodisalarni oldini olish uchun, mukammalashtirishga sarf qilinishini ta'kidladilar. Amerika tralchisi kapitani va bu harbiy kemaning boshqa ofiserlari avariyada aybdor deb topilgan edi. Maxsus komissiyaning fikriga ko'ra, ular standart navigasion proseduralarga rioya qila olmagan va ularning kemalari atollga urilgan va sayozlikka o'tirib qolgan.
5. Yo'qolib qolgan sayyohlar
Apple Maps navigatorining ko'rsatmalariga amal qilgan holda, avstraliyalik avtomobilistlar Myurrey-Sanset (Murrey-Sunset National Park) o'rtasida yo'qolib qolganlar. Avvaliga ularning borishlari kerak bo'lgan punktlari, ularni ilova olib kelgan va ular yo'qolib qolgan joydan 72 kilometr masofada joylashgan, Mildura viloyat shaharchasi bo'lgan edi. 2012 yil dekabrida hattoki, polisiya bu mobil navigatoridan sayyohlar foydalanmasliklari haqida ogohlantirish tarqatgan edi. Hukumat xabar berishicha, Apple Mapsni ishlatilishi "hayot uchun havfli" bo'lishi mumkin.
Rasmiy Avstraliya geografik ma'lumotnomasi elektron xaritadagi xatolar uchun mas'uliyatni bir qismini tan oldi. Modomoki, Apple Maps foydalanadigan nomlar va koordinatalar ro'yxati o'z ichiga ikkita Mildiralarni oladi. Ularning birinchisi haqiqiy shahar (sur'atdagi pushti rang nuqta), ikkinchisi esa, - uzoqlikdagi qo'riqxona o'rtasidagi lokasiya (xaritadagi qizil nuqta). Ilova bog'dagi Mildurani viloyat shaharchasi deb qabul qildi va avtomobilistlarni o'rmonga olib keldi. Apple Maps proektining bosh direktori Tim Kuk (Tim Cook) ham xatoni tan oldi va uni to'g'irlashga va'da berdi.
4. Xalqaro suvlarga territorial pritenziyalar.
Yaqin vaqtlarga qadar, deyarli yuz yil davomida Kanadaning rasmiy xaritalari Shimoliy qutubning hududlarining bir qismini Kanada tarkibiga qo'shgan edilar. Bu kabi da'volar xalqaro qonunga ziddir. U qutub bilan chegadosh mamlakatlar, o'zlarining eng shimoliy qirg'oqlaridan, o'z hududiy suvlari sifatida faqat 370 kilometr okeanga da'volarini qo'yishlari mumkin ekani haqida gapiradi. Bu chiziqdan tashqarida joylashgan barcha narsalar rasman xalqaro suvlardir.
Kanada o'z da'volarini eskirgan srktorlar nazariyasiga asoslanib qo'ygan edi. Unga asosan Arktika okeani uchburchak uchastkalarig bo'lingan edi. Ularning kesishish markaziga esa, Shimoliy qutub joylashgan. Bu nazariya Kanada tomonidan rasmiy qavatlarda xech qachon tan olinmagan. Biroq, eski xaritalar mamlakat hududini 200 000 kvadrat kilometrga ko'paytirganlar. Ularning katta qismi okeanni o'z ichiga olgan edi. Bu qo'shimcha maydon, deyarli butun Buyuk Britaniyaning hududiga teng.
2013 yil dekabrida, ehtimol, huddi o'sha kartografik xato asosida, Kanada hukumati Shimoliy qutubda oz suverenitetini e'lon qilmoqchi bo'ldilar. Shunga muvofiq, Shimoliy qutubning barcha boyliklari va neftni ham o'z ichiga olgan tabiiy resurslariga ham egalik qilmoqchi bo'ldilar. Kanadaning yangilangan hududi mamlakatning maydonini 1,2 million kvadrat kilometrga ko'paytirgan bo'lar edi. Biroq, bu zonaga Kanada o'z huquqlarini e'lon kiliahdan avval, u yerda topografik tadbirlar o'tkazishlari kerak. Unga qo'shimcha, kontinental shelf bo'yicha BMT ning komissiyasi Kanadaning da'volariga rozi bo'lsa ham, bu qaror faqatgina tavsiya xarakteriga ega bo'lib qoladi. Har, Arktikaga o'z da'volari bor bo'lgan boshqa mamlakatlar o'rtasida muzokaralar jarayonini boshlanishini inisiasiya qiladi. Bunday masalalarni yechishga juda ko'p yillar talab etilishi mumkin.
3. Yovvoyi tabiat uchun havf.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida sodir etilgan topografik xatolar Afrikaning Liama Katanga qo'riqxonasi hududidagi yovvoyi tabiatiga xozirgacha havf solmoqda. U Kongo demokratik respublikasi hududida joylashgan. Qo'riqxona zonasining chegaralarining noaniqligi natijasida, ular xaritadan 50 kilometrga g'arbiy yo'nalish bo'yicha surilib qolgan. Endi davlat himoyasida bo'lishi kerak bo'lgan o'simlik va hayvonlar deforestasiya zonasining o'rtasida qolib ketish havfi ostida qoldi. Bu holatdan xulosa shuki, bog'lar hisobi va aniq kartografiyalash hamda chegaralarni to'g'ri qo'yilishi unikal ekotizimlarni va ularning bioturfaligini saqlab qolishda ahamiyatli rol o'ynaydi, deb xalqaro tabiatni asrash jamiyati WCS vise-prezidenti Djeyms Deytsh ta'kidlaydi.
Deforestasiyaga moyil hududlarda bugungi kunda unikal tirik organizmlar yashaydilar. Ular yashnayotgan joylari o'rmonsizlansa, yo'qolib ketish havfi ostidadirlar. Masalan, bog'da 1 400 ta shimponzelar yashaydi. Hamda, yaqinda hujjatlashtirilgan Dorstenia Iuamensis o'simligi turi o'sadi. U fan uchun osilib o'sadigan paporotnikning yangi turi. Djeyms Deytsh hududning eski xaritalariga tuzatishlar kiritish va Luama Katanganing tabiiy rezervasiyasini himoyasi masalalarida qat'iy turibdi.
2. Suv toshqinidan so'ng sug'urta bo'yicha kompaniyasining to'lanishida rad etilishi.
AQSH favqulotda vaziyatlarda boshqaruv federal agentligining qoshidagi ma'lumotlar berish markazi FEMA "rasmiy ommaviy suv toshqinlari haqida ma'lumotlar manbaasi", suv toshqinlaridan milliy sug'urtalash dasturini qo'llash uchun yaratilgan. Uning informasion xaritalari uch sababdan muhim. Birinchidan, ular hayotlarni saqlab qolishi kerak. Ular suv toshqinlari havfini baholarini berishlari va kerak bo'lganda potensial havfli zonalarni tark etishni tavsiyalarini berishi kerak. Ikkinchidan, ular obshinalarga suv toshqinlari vaqtilarida umumiy harakatlarini rejalashtirish va koordinasiya qilishga yordam beradi. Uchinchidan, sug'urta kompaniyalari ularni ko'chmas mulk egalari uchun suv toshqinlaridan sug'urta stavkasini aniqlashda qo'llaydilar.
Biroq, FEMA davlat dasturining aholini suv toshqinlaridan himoyalash maqsad va missiyalari kartografik xatolar sababli havf ostida qoladi. Aynan shu, xozir Massachusets shtati, Rochester shahrida (Rochester, Massachusetts) yuz bormoqda. FEMA ning yangi xaritalaridagi ko'pgina xatolarga qaramay, Rochester hukumati bu informasion rejalarni suv toshqinlaridan milliy sug'urta dasturi uchun qonuniy deb tan olishga majburdirlar. Agar, shahar administrasiyasi federal agentlikning xaritalarini qabul qilishdan bosh tortsa, ko'plab uy egalari sug'urtasiz qolish havfi ostida qoladilar.
FEMA ning oxirgi xaritalari eski va noaniq rejalarga asoslandan, natijada yangi chizmalar ham yana xatolar bilan qilinmoqda. Agentlikning vakili Lorell Farinon bu xaritalarning ba'zi ma'lumotlari mantiqqa to'g'ri kelmasligini tan oladi. Shahar soveti a'zosi Ben Beyli ham bu xaritalar umuman xatoligiga qo'shiladi.
1. Uyni xato tufayli buzilishi.
2016 yili ishchilar xato sababli boshqa uyni demontaj qilganlar. Buyurtma ijrochilari ular ro'y bergan hodisada aybdor emasligini ta'kidlaydilar. Ularning aytishlaricha, xato Google Maps hodimlari tomonidan qilingan. Demontaj jamoasi Google Maps ning kartografik resurslariga ishongan edilar. Uylarning raqamlari identik bo'lgan, lekin binolarning o'zlari har xil ko'chalarda joylashganlar. Xatoni tushuntirish uchun buzilgan uy egalariga demontaj kompaniyasining hodimlari Google Maps sur'atining nusxsini yuborganlar. Unda aynan ularning ikki qavatli kottedjlari ko'rsatilgan edi. Ko'rsatkich 7601 Calypso Drive manzili bo'yicha uyni ko'rastgan, lekin uni Cousteau Drive ko'chasidagi 7601 uyni manzilini yozib ko'rsatgan.
Сообщения из Facebook