просмотров
Bremertonlik (Vashington shtati) Xeyli Fort atigi o’n yoshda, biroq u bu dunyoda yaxshi va foydali ishlarni, ba’zi kattalardan ko’ra ko’proq qilishga ulgirgan. Xayli bewsh yoshlik vaqtida u ko’chada boshpanasiz odamni ko’rib qolgan va u qanday bo’lsa ham yordam berishi uchun nima qila olishini so’radi.
’z onasi Mirandaning yordami bilan u tomorqani qulay qilib jihozladi va u yerda sabzavor va mevalarni etishtira boshladi. U o’ziga 27 kilogramm oziq ovqat maxsulotlarini etishtirib, ularni uysizlarga tarqatib chiqishni maqsad qilib qo’ygan edi. Siz nima uchun bu qizaloq aynan shu raqamni tanlaganligiga qiziqsangiz kerak? Xammasi juda oddiy, o’sha vaqtda qizaloqning vazni aynan shunday bo’lgan edi.
Yilning oxirida u o’z rejasini ko’p marotaba orttirib bajardi: qizaloq 64 kg sabzi, fasol, paprika, pomidor, bodring, qovun, mevalarni yordam tariqasida tarqatgan edi. U o’zining onson bo’lmagan loyihasi ustida ishlashni davom ettirmoqda va doimiy ravishda uni mukammallashtirib bormoqda: 2015 yili kichik qaxramon qizcha o’z qo’llari bilan o’stirgan 125 kg oziq ovqat maxsulotlarini tarqata oligan.
Xozirgi vaqtda Xeyli o’z mensinatlik faoliyatini kengaytirmoqda. U tomorqada ishlayotganidan tashqari, qizaloq hayriya sahifalar ham ochib, u yerda gigiena vositalari va issiq kiyimlar sotib olish uchun mablag’lar yig’moqda.
Qo’shimcha tariqasida u o’zining nozik qo’llari bilan kichik yotoq uychalar yasab, ularni uysiz odamlar sovuq yoki yog’ingarchilikli ob havoda kechani o’tkazib olishlari uchun ularga boshpana sifatida taqdim etmoqda. Kichik qaxramon qizaloq o’z mahoratini shu qadar mukamallashtirdiki, juda qisqa vaqt ichida rangli uychalarni barpo etib bermoqda va ularning 12 tasi xozirda ekspluatasiyaga topshirilgan.
Xeylining otasi kichik qiz uchun juda antiqa bo’lgan qiziqishlardan xech ham hayratda emas. “Bu narsa meni xech ham xayron qoldirmayda. Men qizim erishgan natijalari bilan juda faxrlanaman va uning bu ishdagi kelajakdagi yutuqlari faxr va iftihorga loyiq boladi deb bilaman. Man, biz ota-onalari, o’z farzandimizning hayriya va boshpanasizlarga yordam bilan bog’liq hamma g’oyalarini qo’llab quvvatlashga qo’limizdan kelgan barcha narsa qilishimizga ishonaman”.
Qangay go’zal qizaloq bizning oramizda yashamoqda ekan? Agarda u o’zining kichik yoshida shu qadar ziyrak, mas’uliyatli va ko’ngilchan bo’lsa, katta bo’lganida qanday bo’lar ekan?
Сообщения из Facebook