”Klon” seriali aktyorlari bugun qanday ko‘rinishda?
O‘z vaqtida ”Klon” seriali ko‘plab mamlakatlardagi kino shaydolarini ekranlar qarshisiga mixlab qo‘ygandi. Serial ijodkorlari bizning tasavvurimizda ham o‘sha davrlardagi kabi yosh va navqiron ko‘rinishda qolganlar. Ammo vaqt o‘tgan sayin ular ham o‘zgarib bordilar. Serial ijodkorlari bugun qanday ko‘rinishda va nimalar bilan mashg‘ul?

Djovanna Antonelli

Aynipaytda aktrisa 43 yoshga kirgan, shaxsiy hayoti ham risoladagidek. U serialdan keyin haqiqatan xalqaro yulduz darajasiga qadar ko‘tarildi. Ayni paytda Jovanna hamon turli teleseriallar va filmlarda suratga tushib keladi.

Murilu Benisiu

Ayni paytda 47 yoshda bo‘lgan aktyor ham halqaro darajadagi mashhurlikka shu serial orqali erishgan edi. Ayni paytda u hamon ijod bilan band, tanqidchilar esa Muriluni eng iqtidorli aktyorlardan biri deya hisoblashdi. Aytganday, Murilu serialda Mel rolini ijro qilgan Debora Falabela bilan oila qurgan.

Karla Dias

 

Mitti va tinib-tinchimaydigan Xadichaning qanchalar ulg‘ayganiga qarang. Ayni paytda Karla 28 yoshda, u ham filmlarda rol ijro qilish band. 

Letisiya Sabatela

Ayni paytda 47 yoshda bo‘lgan aktrisa hamon ijod bilan mashg‘ul bo‘lib keladi. U ijodiy faoliyati davomida xonandalikka ham qo‘l urib ko‘rgan.

Daniela Eskobar

 

Aktrisa 2005 yilga qadar ko‘plab filmlarda suratga tushdi, ammo shundan keyin barcha takliflarga rad javobini bera boshladi. U endilikda shaxsiy hayoti haqida qayg‘urishi kerakligi va o‘g‘lining tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lmoqchi ekanligini aytgan. Keyinchalik yana bir necha serialda rol ijro qildi.

Debora Falabela

Aktrisa ayni paytda nafaqat televideniye, balki seriallarda ham suratga tushib keladi. Taqdir hazilini qarangki, ”Klon” serialida ota va qiz rolini ijro qilgan aktyorlar keyinchalik oila qurishdi. Ayni paytda baxtli hayot kechirib kelmoqdalar.

Stefani Britu

Bebosh Samira roli ijrochisi Stefani Britu ayni paytda 31 yoshda. Aktrisa braziliyalik futbolchi bilan oila qurgan.

Dalton Vig

 

O‘z rafiqasiga telbalarcha oshiq bo‘lgan Said roli ijrochisi Dalton Vig ayni paytda  vaqtining aksariyat qismini oilasi uchun sarflash bilan band. Uning ikki nafar egizak o‘g‘illari bor.

Niveya Stellman

Saidning ikkinchi rafiqasi Raniya rolini ijro qilgan Niveya Stellman ijod bilan shug‘ullanish barobarida ikki farzandining tarbiyasi uchun ham vaqt topa oladi. Aktrisa tadbirkor Markus Rosha bilan oila qurgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations