Koinotda aniqlangan 10 nafar ekstremal jismlar
Koinotda aniqlangan 10 nafar ekstremal jismlar
Koinot kashfiyotlari juda muhim, chunki ular bizga tabiatni yanada mukammalroq tushunish hamda matematik nazariyalarni real voqelikda sinash imkonini beradi. Marhamat, quyida olimlarning hisob-kitoblarini bir necha bor qayta tekshirishga majbur qilayotgan Koinotda aniqlangan 10 nafar ekstremal jismlarning ro’yxati.

10. Eng kichik sayyora

Shu yilning boshida Keplera Observatioriyasi (Kepler Observatory) uch sayyoraga ega bo’lgan yulduz tizimini aniqladi. Shu jumladan bugungi kunda aniqlangan eng kichik sayyora ham shu uchlikka kiradi. Keller Teleskopi koinotda juda qulay joylashgan. Bu unga o’ta shilqim atmosferamizning ishtirokisiz yulduzlarni bemalol ko’ra olish imkonini yaratadi.

Keplera 37-b deb nomlangan bu mitti sayyora Merkuriydan ham kichik va oy diametridan atigi 200 kilometrga yirikroq. Afsuski,u Pluton 2015 yilda o’z sayyora nomidan mahrum bo’lgan chegaraga juda ham yaqin.

Ekzosayyoralarga nomzodlarni aniqlashda foydalaniladigan usullardan biri yulduzni kuzatish va uning yorug’ligi sal xiralashib qolishni kutish. Bu hodisa sayyora biz bilan yulduz o’rtasida o’tayotgan paytda ro’y beradi, shuning uchun ham yirik koinot jismlarining aniqlash ancha osonroq. Ko’pchilik ekzosayyoralar Yerdan ancha kattaroq, odatda tahminan Yupiterning o’lchamlariga teng. Keplera 37-jismining qoraytiruvchi effektini kuzatish juda qiyin bo’lgan, bu esa kashfiyotni yanada ta’sirliroq qiladi.

9. Somon yo’lidagi Fermi Pufaklari

Somon yo’li galaktikasi unga biz tasvirlarda ko’rishga o’rganib qolganimizday yuza bo’ylab nazar tashlaganda haqiqatdan ham mislsiz ulkan bo’lib ko’rinadi. Biroq unga yonboshdan qaraganda u to’p-to’p hamda juda yupqa ko’rinishga ega. Olimlar gallaktikaga gamma-nurlanish bilan rentgen nurlarining nuqtai nazari nigoh tashlaguniga qadaruni biz shunday ko’rar edik.

 

Fermi Pufaklari (Fermi Bubbles) galaktikamiz diskidan perpendikulyar ravishda chiqib turadi vaularning uzunligi tahminan 50 000 yorug’lik yiliga teng, yoki Somon Yo’li diametrining deyarli yarmi. Bugungi kunda Fermi Pufaklari qaerdan paydo bo’lganini xatto NASA koinot agentligi ham bilmaydi, lekin bu galaktikaning yadrosidagi o’taulkan qora tuynuklarining qoldiq nurlanishlari bo’lishi mumkin emas, chunki gamma-nurlanishlar  quvvatning juda katta hajmi bilan bog’liq hodisalarning rivoji davomida ishlab chiqariladi.

8. Teyya (Theia)

Chamasi to’rt milliard yillar avval ertangi Quyosh tizimi rivojlanishning ilk bosqichlaridagi planetoidlarga to’la juda dahshatli va o’ta xavfli joy bo’lgan.  Bizning koinot qo’shnichiligimiz tosh va muz bo’laklari bilan iloslanib ketgan edi, shuning uchun ham to’qnashuvlar juda ham tez-tez sodir bo’lib turgan. Eng muhim to’qnashishlarning biri Oyning vujudga kelish nazariyalarining eng keng tarqalganlaridan biri hamdir. Murtak Yer o’lchovi Marsga teng Teyya nomli jism bilan o’tkir burchak ostida to’qnashib ketgan va hozirgi kunda to’nashuvning qoldiqlari Yerning orbitasida qo’shilib ketib pirovardida Oyga aylangan deb hisoblanadi.

Agar o’shanda to’qnashuv ekvator yoki qutblardan biriga yaqin joylarda to’g’ri burchak ostida sodir bo’lganida natija mutlaqo boshqacha bo’lishi mumkin navqiron Yer sayyorasi allaqachon batamom yo’q bo’lib ketgan bo’lardi.

7. Sloun Buyuk Devori (Sloan Great Wall)

Sloun Buyuk Devori aqlga sig’mas darajada ulkan va biz haddan tashqari katta deb hisoblagan narsalar, masalan Quyosh bilan taqqoslaganda mutlaqo noreal bo’lib tuyuladi. Buyuk devor koinotdagi mislsiz eng yirik hosilalardan biri va u 1,4 milliard yorug’lik yiliga teng masofaga cho’zilib ketgan bir qator galaktikalardan iborat.

 

U umumiy qurilmada superklasterlarni shakllantiruvchi bir necha yuz millionlab alohida galaktikalarga ega. Yulduzlarning to’dalari turli zichlikdagi mintaqalarga mutanosib ravishda vujudga kelgan, ular esa o’z navbatida Katta Portlash natijasida paydo bo’lgan va koinot mikroto’lqinli nurlanishida sezilib turadi.

Ayrim kishilar hamma galaktika ham o’zaro gravitatsiya bilan bog’liq emasligi tufayli Sloun Buyuk Devorini yagona bir qurilma sifatida qabul qilish o’rinsiz deb hisoblaydilar.

6. Eng kichik qora tuynuk

Koinotda boshqa hech bir narsa vahimasi bilan dahshatga soluvchi qora tuynuklarga teng kela olmaydi. Kompyuter o’yinlarining terminologiyasida ular Koinotdagi “oxirgi boss” hisoblanadi. Qora tuynuk xatto soniyasiga 300 000 kilometr tezlikdagi yorug’likning o’zini ham yutib yuborish qobiliyatiga ega. Olimlar tomonidan Quyosh vaznidan milliard karra oshib tushadigan g’oyat ulkan qora tuynuklar aniqlangan, ammo hozir ilk bor taassurotli darajadagi nimjon qora tuynuk aniqlandi.

 

 

O’z kichik o’lchamlari bo’yicha avvalgi rekordsmen Quyosh vaznidan baribir 14 barobar kattaroq edi. Demak qora tuynuk bizning andozalarimiz bo’yicha yetarlicha katta edi. IGR nomli yangi mittivoy Quyosh vaznidan atigi uch barobar ortadi xolos. IGR yulduz o’zajalidan keyin uning ichiga tushib ketishi uchun zarur minimal vaznga ega. Agar qora tuynuk bundan ham kichikroq bo’lsa, u asta sekin shishib ketib shundan so’ng o’z tashqi qatlamlari bilan materiyasini yo’qotar edi.

5. Eng kichik galaktika

Galaktikalar g’oyat ulkan o’lchamlari bilan hayratda qoldiradi – yadroviy jarayonlar hamda gravitatsiya tufayli harakatga keltiriluvchi cheki yo’q yulduzlar shu darajada katta va yorug’ki, juda katta masofa ajratib turganiga qaramay ularning ko’pchiligini xatto o’z ko’zimiz bilan ham ko’rishimiz mumkin. Shu sababga ko’ra galaktikalar mutlaqo boshqacha ham bo’lishi mumkinligini esdan chiqarib qo’yish oson.

Segue 2 atigi 1000 donaga yaqin yulduzdan tarkib topgan kichik galaktikaning yaxshi misoli bo’lishi mumkin. Taqqosolash uchun shuni aytish kerakki, bizning galaktikamizda yulduzlarning soni bir necha yuz milliardlardan iborat.

Segue 2 galaktikasining butun qo’shma energiyasi quyosh energiyasida atigi 900 barobar ko’proq. Bu kutilayotgandan ancha pastroq, chunki bizning yulduzimiz koinot miqyosida juda katta deb bo’lmaydi. Teleskoplarning imkoniyatlari kegaygayishi bilan Segue 2 kabi yana ko’p boshqa mittivoylarni topish mumkin. Bu fanga faqat rivoj bahshida qiladi, chunki bunday o’lchamlardagi galaktikalarning mavjudligi avvallari ham tahmin qilingan, ammo shu paytga qadar hali kuzatilmagan.

4. Eng yirik zarba krateri

Marsni yerliklar yetarlicha detallari bilan birga o’rganishni boshlaganlaridan buyon olimlar ushbu sayyoradagi ikkala yarim sharlarining bir biridan tubdan farq qilishga olib kelgan sabablar to’g’risida tinmay tortishmoqdalar. Yangi nazariyaga ko’ra nomutanosiblik sayyorani tashqi qiyofasini o’zgartirib yuborish darajasidagi kuchli halokatli to’qnashish bilan bog’liq. Marsning shimoliy yarim sharida joylashgan Borealis Krateri  (Borealis Basin) Quyosh tizimidagi hozirgi paytda aniqlangan eng yirik zarbali krateri hisoblanadi va yerliklarga Marsning to’polonli o’tmishi to’g’risida pinhona ma’lumot taqdim etadi. 

Krater sayyoraning katta qismini qamrab oladi – tahminan 40 foizini tashkil etadi va diametri 8500 kilometrga teng maydonga tarqalib ketgan. O’lchovi bo’yicha ikkinchi krater ham Marsda joylashgan, biroq uning uning kattaligi bu gigantdan deyarli 4 barobarkichikroq. Bunday kraterning vujudga kelishi uchun qadimiy to’qnashish asli bu dunyodan bo’lmagan biror narsa bilan bo’lishi kerak. To’qnashib ketgan jism ayrim baholashlarga ko’ra Pluton o’lchamlaridan ham kattaroq bo’lishi darkor.

3. Quyosh tizimidagi eng yaqin perigeliy

Yirik jismlardan Quyoshga eng yaqin bo’lgani Merkuriy hisoblansa ham yoritgichga yanada yaqinroq bo’lgan kichikroq jismlar mavjud. Perigeliy Quyoshga eng yaqin bo’lgan o’z orbitasiga ega bo’lgan nuqta. 2000 BD19 raqamli asteroid hammamiz hayotimizning borligining sababchisi bo’lgan gigantga mislsiz yaqinlikdagi eng qisqa masofali orbitaga ega. Perigeliy 0.092 astronomik birlikni tashkil etadi (1 astronomik birlik bu tahminan Yer bilan quyoshning o’rtasidagi masofa). Bu asteroiddagi harorat juda issiq. Issiqlik ruh va boshqa metallarni eritish issiqligidan ortadi.

Bu asteroidni tadqiq qilish juda muhim ahamiyatga ega, chunki u koinot jismining orbital orientatsiyasini turli omillar qanday o’zgartirish mumkinligini tushunishga yordam beradi. Bu omillardan biri – Albert Eyshteynning nisbiylik nazariyasi. Shunday qilib,Yer atrofidagi bu jismni sinchkovlik bilan o’rganish bu ajoyib nazariya amaliy kuzatishlar bilan naqadar bog’liqligini anglashga yordam beradi.

2. Mislsiz keksa kvazar

Ayrim qora tuynuklar mislsiz vaznga ega va bu kutilganday, chunki ular yo’lida uchragan hamma narsani yutib yuboradi.

 

Quyosh vaznidan tahminan ikki milliard barobar kattaroq vaznga ega ULAS J1120+0641 nafaqat o’zining o’lchamlari, asosan o’zining o’ta keksa yoshi tufayli astronomlar uchun g'oyat bahaybat kutilmagan yangilik bo’lgan. ULAS koinotni kuzatishlar tarixidagi eng keksa kvazar (qo’pol qilib ta’riflaganda – koinotga materiyani chiqarib yuboruvchi qora tuynuk) sifatida namoyon bo’ladi. U Katta Portlashdan chamasi atigi 800 million yil keyinroq paydo bo’lgan. Bu haqiqatdan ham juda keksa yosh, chunki, bu uzoq kvazardan Yer sayyorasiga yetib kelish uchun yorug’lik 12,9 milliard yorug’likyili davomida safar qilgan. Olimlar bu qora tuynuk qanday kattalashib ketganini komil ishonch bilan tavsiflay olmayaptilar, chunki bu qadar uzoq vaqtlar avval yutib yuboriladigan hech bir narsaning o’zi mutlaqo mavjud bo’lmagan.

1. Titan ko’llari

Bahor kelishi vaqish bulutlari ketishi bilan Kassini (Cassini) Koinot apparati Titanning shimoliy qutbidan joylashgan ko’llarning juda jozibador suratlarini yarata oldi. Suv yerdan tashqari bunday sharoitlarda mavjud bo’la olmaydi, biroq harorat suyuq metan bilan etan yo’ldoshning yuzasiga chiqishi uchun a’lo darajada mos keladi.

Juda g’alati tuyulsa ham, ammo Kassini Titanning orbitasida 2004 yildan buyon hozir bo’lib kelayotganiga qaramay bu qutbni shu darajada shaffof ko’rinishi uchun yetarlicha tarqalib ketish holatlaridan haqiqatdan ham vujudga kelgan eng birinchisi. Asosiy ko’llar kengligi jihatidan yuzlab kilometrlardan ortiqroq, eng yirigi bo’lgan Kraken Dengizi (Kraken Mare) o’lchamlari bo’yicha Kaspiy dengizi bilan Yuqori ko’l birga olingan kattaligiga teng.

Yerda hayot paydo bo’lishining eng muhim dastlabki shartlaridan biri bo’lgan, biroq uglevordorod birikmalarining dengizlari – butunlay boshqa boshqa narsa, chunki moddalar bunday birikmalarda suvdagidek yaxshi eriy olmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook