просмотров
1. Mount Boldy tepaligi voronkalari
Turistik yo'lboshchilarni tuzuvchilar Michigan ko’lining janubiy qirg’og’idagi qumtepalarni “tirik” deb atashadi, chunki har yil tepalik bir necha metrga siljiydi, ammo buning sirli tomoni yo’q. Avvaldan ma’lumki, siljishlar sababi bo’lib shamol xizmat qiladi, lekin mutaxassislardan hali hech biri bu qumtepalarning odamlarni“yutish”dek sirli xislatini tushuntira olmagan.
O’tgan yilning iyul oyida 6 yoshli Natan Vessner yurgan yo’lidan to’satdan chiqib qolgan, diametri 3 metrli voronkaga yiqilib tushgan. Baxtli tasodif bilan, bolani qumli asiradan qutqarishdi – bu uchun qutqaruvchilar brigadasi, ekskavatorlar va 3 soatda ortiq vaqt kerak bo’ldi.
2. “Saxara ko’zi”
Rishat strukturasi, ya’ni “Saxara ko’zi” nomi ostida mashhur – cho’l o’rtasida yoyilib ketgan, diametri taxminan 50 metrli qiziq bir geologik tuzilma. Tepadan qaraganda “Ko’z” ko’k rangning har xil tuslanishli konsentrik aylanalari kabi ko’rinishga ega. Avvallari, Rishat strukturasi meteorit tushgan joyda hosil bo’lgan - degan fikr paydo bo’lgandi, lekin oxirgi tadqiqotlar bu xato fikr ekanligini ko’rsatdi, chunki qoidaga binoan meteorit kraterlarida kremniyning turli xil qo’shmalari mavjud bo’ladi, - “Saxara ko’zi” da esa bu narsa yo’q.
3. Laklangan qoyalar
Cho’llarda joylashgan tosh turlari ko’pincha lakni o’xshatuvchi, turli rangdagi modda bilan qoplangan – ochiq sabzi rangdan qora ranggacha. Qadimgi odamlar “lak” da hayvonlar rasmini va qabiladoshlarning portretlarini qirib chizishgan – bu kabi g’orlik rassomlarning san’at obyektlari butun dunyo bo’ylab tarqalgan, lekin qizig’i shundaki, olimlar haligacha “lakli qoplama” qayerdan olinishini bilishmaydi.
Ba’zi olimlarnining fikricha, bu modda ayrim qoya turlaridan kimyoviy birikmalar yuvilishi qariqasida hosil bo’lgan deyishadi, boshqa olimlar esa aminlarki, “lak” qandaydir changning qoya yuzasiga yoyilib qolishi tariqasida hosil bo’lgan degan fikrdalar, ammo baribir ushbu fikrlarni tasdiqlovchi asosli dalillar haligacha yo’q.
4. Uturunku
Boliviyaning janubiy-sharqiy tomonida joylashgan Uturunku vulqonining oxirgiotilishi qariyb 300 yil oldin sodir bo’lgan, ammo 6 km li bu ulkan haligacha olimlarni lol qoldirmoqda. Yo’ldoshlar yordamida olib borilgan kuzatuvlar mobaynida tadqiqotchilar, uning yerosti bo’shlig’i boshqa vulqonlardan farqli o’laroq, magma bilan 10 barobar tezroq to’lishini aniqlashdi.
Uturunku giperaktivligi uchun 70 km atrofda joylashgan mahalla har yili bir necha santimetrga ko’tarilyapti. Geomorfologlar bu jarayon davom etishini katta e’tibor bilan kuzatishyapti, va ma’lumotlarga qaraganda u yaqinda boshlangan, lekin uning sababi va nima bilan tugashi, haligacha noaniq.
5. Massali perm yemirilishi
Perm davrining oxirida sodir bo’lgan ekologik fojiya, paleontologlarga tinchlik bermayapti – qisqa vaqt ichida 93% dan 97% gacha barcha biologik turdoshlarning yemirilish sababi olimlar uchun hozirgacha topishmoq bo’lib qolmoqda.
Eng mashhur variantlardan biri bo’yicha, yer yuzasidagi hayotning katta qismi ulkan meteorit kelib tushishi sabab halok bo’lgan, lekin buni isbotlash uchun dalillar haligacha topilmagan. Boshqa nazariya tarafdorlari fikrlari bo’yicha, hammasiga sabab yirik ko’mir makonlari yonishi tufayli vujudga kelgan vulqon aktivligi bo’lishi mumkin, va bu o’z navbatida issiqxona ta’sirini hamda haroratning tezda oshirilishini keltirib chiqardi.
6. Xiller oroli
Xiller oroli 1802-yilda avstraliya cho’llaridan birida topilgan – o’sha vaqtdan beri olimlar hovuzning nega to’q pushti rangli ekanligini tushunishga urinmoqdalar.
Xiller – dunyodagi yagona pushti rangli orol emas, lekin boshqa hollarda bu rang orol ichidagi krevetkalar va mikroorganizmlar borligi sabab bo’lsa, masalan, Avstraliyaning g’arbida joylashgan shtatidagi Pink oroli kabi, yoki Senegaldagi Retba orolidagi suv osti o’simliklari bilan bog’liq bo’lsa, Xiller haligacha o’zining pushti rangli suvining siri nimada ekanligini tadqiqotchilarga ochib bermoqchi emas.
7. Gavaya orollarining hosil bo’lishi
Hozirgi kunda keng tarqalgan fikr bo’yicha, orollar mantiyali plyum - ya’ni sayyoraning pastki mantiya qavatidagi magmatik oqimlarning tashqi yuzaga chiqishi bois paydo bo’lgan. Ma’lumki, tektonik plitalar mantiya bo’ylab, yiliga bir necha santimetr tezlikda siljib “suzadi”, biroq plyum chiqish nuqtalari o’zgarmas qoladi – shu orqali orollar yoshi va ularning joylashuvi o’rtasidagi katta farqni tushuntirsa bo’ladi.
Bu fikrqanchalik chiroyli eshitilmasin, u haligacha bir tahmin bo’lib qolmoqda.
8. Grand-Kanyon yoshi
Katta Kanyon – Qo’shma Shtatlarning eng mashhur diqqatga sazovor joylardan biri. Bu noyob geologik tuzilma bo’yi va eni bo’ylab o’rganib chiqilgan, ammo geologlar haligacha uning Yoshi haqida bir xulosaga kelganlariyo’q – birlari unga 6 mln, boshqalari 70 mln yosh berishadi.
Tadqiqotchilar o’z fikrlari borasida turli xil dalillar keltirishadi, bu mavzuga bag’ishlangan o’nlab tadqiqotlar o’tkaziladi, ammo lekin Kanyonlar hosil bo’lishi hali bir o’n yillikdan ortiq vaqt ilmiy muhokamalar predmeti bo’lib qoladi.
9. Yer qobig'idagi yoriqlar
Vaqti-vaqti bilan sayyoramizning har xil burchaklarida ulkan yoriqlar paydo bo’ladi, ularni olimlar “eng buyuk tektonik paradoks” deb ham atashadi. “Normal” siniqlar hosil bo’lishida uzil-kesil chetlari orasida balandlik ko’tarilib tushishi bo’ladi odatda, birdaniga hosil bo’lgan siniqlarda esa bu narsa yo’q. Bundan tashqari, Yer yuzasida “siniq yaralar” paydo bo’lishi odatda zilzilalar bilan bog’liq, lekin sirli siniqlar bor maydonlarda seysmik aktivlik kuzatilmagan. Ba’zi siniqlar paydo bo’lishini ko’rgan guvohlar ta’kidlashlaricha, shu vaqtda qiziq bir yerosti huvullash eshitilardi, va uning kelib chiqishi olimlarga aslo ma’lum emas.
10. Messinlik sho’rlik balandligi
Qariyb 6 mln yil oldin O’rta yer dengizi qurib ketdi va 600 ming yilga deyarli cho’lga aylanib qoldi – bu davrni olimlar Messinlik sho’rlik balandligi deb nomlashgan.
“O’rta yer dengizi vannasi” dan “suv chiqishi” ning eng ehtimoli baland bo’lgan sababi – dengiz akvatoriysi va Atlantika suvlari orasidagi yo’lning yopilishidir. Lekin buniqaysi sabab keltirib chiqargani haqida olimlarning fikri haligacha mavjud emas.
Сообщения из Facebook