просмотров
Xoynaxoy, ko’pchiligimiz o’zimiz va yaqinlarimizni munosib hayot bilan ta’minlash haqida orzu qilsak kerak: ko’rkam uy, avtomoshinalar, eng zo’r kurortlarda dam olish, qolgan pullarni esa munosib sarflash, masalan, hayriyaga berib yuborish. Lekin bularni barchasi orzu, aslida esa omadi chopganlar yutug’ini telba narsalarga sarflaydi! Lotereyada omadi kelgan odamlar, mana nimaga pulini tikgan!
1. Marihuannani qonuniylashtirish
Robert Erb $25 million dollarni yutib olgan 2012 yilda. U haqiqatdan ham hayriyaga ko’p pul sarflagan, va … $1 millionni marihuannani qonuniylashtiradigan tashkilotni nomiga o’tkazgan.
2. Kokain
Maykl Keroll Buyuk Britaniyadan o’zining $15,8 million dollarni juda ham tez sarflab yubordi. Mish-mishlarga qaraganda, u har kuni 3 000 dollarni kokainga sarflagan. Shuningdek u bir nechta ko’rkam avtomoshina sotib olgan va ularni o’zining qo’lbola trekida pachoq qilib yuborgan. Va bu albatta shunga olib keldiki, Keroll o’z dang’illama uyini sotib yuborishiga to’g’ri kelgan, deyarli barcha yutib olgan pulini yo’qotib.
3. Akvaparklar
Djon Kutey «Mega Million» lotereyada yutuqni bir qismini olgan, oltita boshqa odamlar bilan. Uning ulushi $28,7 mln. bo’lgan. U va uning hotini 250 000 dollarni shaharning eski basseyni buzishga sarflagan, va yana $200 000ni Nyu-Yorkdagi yangi akvapark qurilishiga sarflagan.
4. Maktab
Gloriya Makkenzi, $590 million dollarni «Powerball» lotereyasida yutib olgan, va avvali o’qigan maktabiga 2 millionini o’tkazgan.
5. Brendlangan garderob
Vivian Nikolson 1961 yilda Buyuk Britaniyada lotereya yutib olgan. Mablag’larini katta qismini qimmat dizaynerlik kiyimiga sarflagan. Qiz to’rt yildan so’ng honavayron bo’lgan.
6. Ziyofatlar
Djerald Mesvagon 1998 yilda «Super Jack 7»lotereyasida 10 million dollar yutib olgan. Erkak butun boyligini ziyofatlartashkillashtirishga sarflagan va juda tez orada honavayron bo’lgan.
7. Televideniyadagi shou
Djonatan Vargas 35 million dollar miqdoridagi o’z yutug’ini o’zining onasi uchun yangi uyga sarflagan va … o’zining shahsiy televideniyasiga. G’oya bo’yicha pushti ringda yarim yalang’och qizlar jang qilishlari kerak edi. Ajablantiradigani, shou populyar bo’lmagan.
8. Hayriya
Djanet Li o’zining 18 million dollarini katta qismini turli hayriya va bilim beruvchi tashkilotlarga o’tkazgan. Ohir oqibatga ayol bankrot bo’lgan.
9. Kredit
Syuzana Mallins lotoda katta miqdorda pul yutib olgan, lekin shartlariga ko’ra pulni qismlab har oy berishgan. Ayol katta kredit olishga qaror qildi, va uni yutib olgan pullaridan asta-sekinlik bilan to’lamoqchi bo’lgan, lekin tez orada uni qarzi va foizlari yutug’idan ko’proq bo’lgan, va u honavayron bo’lgan.
10. Kazino
Evelin Adams ikki yil ichida ikki marotaba lotereya yutib olgan, deyarli 6 million dollar topgan. Buni barchasini Atlantik-City kazinosida yo’qotgan. Hozirda u treylerda yashamoqda.
O’zingizni hohlagancha ovutishingiz mumkin, sizda bu boshqacha bo’lar edi deb, lekin ko’rishingiz mumkin, tasodifiy pullar odamlarga baht olib kelmaydi. Balkim bu, bir necha oy shohona yashamoq va qashoqlikga qaytishga arzir? Nima deb o’ylaysiz? O’z fikringiz bilan izohlarda bo’lishmoqni unutmang!
Сообщения из Facebook