просмотров
Faqat 1859 yilda fenomenni irland fizigi Djon Tindal to’g’ri tushintirib berdi, lekin faqat lord Reley bir necha yildan so’ng buni batafsil o’rgandi va tarqalayotgan yorug’likni shiddatliligi to’lqin uzunligiga bog’liq ekanligilini aniqladi. Bu tushuncha “Rele tarqalishi” nomini oldi.
Tindal va lord Reley bu vazifani ustidan ishlashidan 70 yil oldin, jeneva meteorologi Oras Benedikt de Sossyur unga boshi bilan sho’ng’idi. Ko’pchilik alpinism asoschisi deb hisoblagan tog’ sayirlarini katta ishqibozi de Sossyur, tsianometr nomli oddiy o’lchash asbobini o’ylab topgan, shu asbob unga osmonni moviylik darajasini aniqlashga imkon bergan.
De Sossyur tahmin qilgan – va bu to’g’ri tahmin edi, - moviylik darajasi atmosferadagi havoda osilgan parchalar va suv bug’I soniga bog’liq, ularni u “tiniq bo’lmagan bug’lanishlar” deb atagan.
De Sossyur tsianometrida 53ta taqsim bor edi, oqdan qoragacha, bir hil ko’k tuslar orqali aylanma bo’yicha. Tadqiqotchi o’zining asbobini osmon fonida ushlab turgan, uni rangini tog’lar ustida o’lchash uchun, va bu ma’lumot asosida ob-havoni bashorat qilish uchun.
227 yildan so’ng sloven rassom Martin Britselj Baraga, Lyublyanada de Sossyur hotirasiga ajoyib yodgorlik o’rnatdi. Sloven poytahtidagi haykal – oddiy haykal emas, balki de Sossyurni asl tsianometridan aniqlik bo’yicha ustunlik qiladigan, faoliyat olib boruvchi asbobdir.
Oyna va po’latdan yasalgan, balandligi 3,3 metr, osmon rangini o’lchab o’z rangini o’zgartiradi, osmonni moviy rangiga ideal to’gri kelishi uchun. Bundan tashqari ichida kompyuter bor, u onlayn ma’lumotlar bazasidan havo sifatidan ma’lumot oladi va havoni ifloslanish darajasini ko’rsatadi, rangli shkalada qizildan yashilgacha real vaqt tartibida. Tsianometr vaqti-vaqti bilan osmonni rasmga oladi va rasmlarni tarmoqli ma’lumotlar bazasiga jo’natadi.
Tsianometr Lyublyanada energetic avtonomdir, chunki quyosh energiyasida ishlaydi.
Сообщения из Facebook