Hech kimga sir emas, bizning ko’zlarimiz faqatgina ma’lumot olishning muhim a’zosigina bo’lib qolmay, hiss-tuyg’uni ham o’zida mujassam etadi. Faqatgina odamning ko’zidagina oqsillar bor. Maymunsimonlarning ko’zlari masalan faqat qop-qoradir. Shuning uchun ham faqat odamgina birovning ko’zlariga qarab uning niyatini bilishi mumkin. Maymunlarning nigohiga qarab esa nafaqat his-tuyg’usini, balki qayerga qarayotganini ham bilish mumkin emas.
Rus podshosining saroy tabibi Grigoriy Rasputin qattiqqo’lligini va qat’iyatligini ko’rsatib qo’yish uchun hamda odamlar bilan muloqotda o’z mavqeini bildirish qo’yish uchun nigohini o’tkirlashtirishni mashq qilib yurgan. Imperator Avgust esa atrofidagilar uning nigohida g’ayritabiiylikni topishlarini xohlagan.
Qadimiy Misrda ko’zga makiyajidan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham foydalanganlar. Qovoqqa suriladigan bo’yoq misdan (yashil bo’yoq) va qo’rg’oshindan (qora bo’yoq) tayyorlanar edi. Qadimgi misrliklar ushbu makiyajning davolovchi xususiyati borligiga ishonishgan.Makiyaj avvalam bor birinchi navbatda quyosh nurlaridan saqlanish uchun va undan keyingina bezak sifatida foydalanilgan.
Bizning ko’zlarimizning rangi naslimiz haqida aytib turadi. Masalan, moviy rangli ko’z qorachig’i shimoliy mintaqalarda uchrasa, jigarrang ko’zlilar mo’tadil iqlimli mintaqalarda uchraydilar, qora rangli ko’z egalari esa ekvator hududlarida yashaydilar.
Kunduz kundagi yorig’likda yoki juda qattiq sovuqda inson ko’zining rangi o’zgarishi mumkin (bu xameleon hodisasi deyiladi).
Aytishlaricha, qoramtir ko’z egalari – qat’iyatli, bardoshli va tirishqoq bo’ladilar, ammo qaltis vaziyatlarda badjahl bo’lib qoladilar; kulrang ko’zli insonlar – jur’atli; jigarrang ko’zlilar – odamovi; moviy ko’zlilar esa – chidamli bo’ladilar. Yashil ko’zli insonlar barqaror va diqqat-e’tiborli bo’ladilar.
O’ng va chap ko’z qorachiqlari ikki xil odamlar dunyo aholisining 1% ni tashkil etadilar.
Inson ko’zili mexanizm – shunday bo’lishi mumkinmi? Shubhasiz! Eng qizig’i bunday mexanizm ixtiro qilib bo’lingan. Mitsubishi Electric kompaniyasi ba’zi buyumlarda ishlatilayotgan mikrosxema ichida elektron ko’zni ishlab chhiqqan. Bu ko’z huddi inson ko’zi bajaradigan funktsiyalarni bajaradi.
Bahaybat kitlar ko’zining og’irligi 1 kg ni tashkil etadi. Lekin shunga qaramay ko’pgina kitlar ro’parasidagi narsalarni ko’ra olmaydilar.
Inson ko’zi asosiy yetti rangni ajrata oladi – qizil, olovrang, sariq, yashil, moviy, ko’k va binafsharang. Biroq bundan tashqari oddiy odam yuz mingga yaqin rangni ajrata oladi, professionallar esa (masalan rassomlar) millionga yaqin tusni ajrata oladilar!
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, odamning ko’ziga uning ichki energiyasi, sog’lig’i, mehri, tevarak atrofga va yaqinlariga bo’lgan qiziqishi chiroy baxsh etib turadi!
Rekord: Braziliyalik bir erkak ko’zlarini 10mm gacha olaytira oladi! Bu odam tijorat attraktsionida arvohlar bilan ishlagan va odamlarni qo’rqitish bilan shug’ullangan.
Yana bir fakt: inson ochiq ko’z bilan hech ham aksira olmaydi. Aksa urayotganda inson albatta ko’zini beixtiyor yimib oladi. Chunki burun va og’iz orqali havo oqimi chiqayotgan vaqtda ko’z qon tomirlarida bosim ko’tariladi. Bunday paytda ko’zlarni yumush mayda tomirlarning yorilishining oldini oladi. Bu bizning organizmimizning tabiiy ravishdagi himoyasidir.
Сообщения из Facebook