Misr ehromlari to’g’risidagi eng qiziqarli va ajoyib faktlar
Misr ehromlari to’g’risidagi eng qiziqarli va ajoyib faktlar
Misr ehromlarining sirlari uzoq yillardan beri ko’pchilik odamlarning qiziqtirib keladi. Bu jumboqli qurilmalar qanday va kim tomonidan qurilganini esa hozirgi kunga qadar hech kim aniq bilmaydi.
Quyida sizni Misr ehromlari to’g’risidagi bir necha eng qiziqarli va ajoyib faktlar bilan tanishtirib o’tamiz.
1. Oramizda ko’pchilik piramidalar ichiga fir’avnlar ko’milgan deb o’ylaydi. Ammo aslida fir’avnlarning dahmalari ehromning ichida emas, undan sal nariroqda Shohlar Vodiysida joylashgan.
2. Ayrim nemis olimlari Misr ehromlarini kuchli energiya manbalari deya hisoblashadi.
3. Bugungi kunda Misr ehromlarining yoshi taxminan 4 ming yildan 10 ming yilgacha deb baholanadi.
4. Ehromlar to’g’risidagi eng qiziq faktlarning biri ularning bunyod etilishiga tegishlidir – ikkita bahaybat tosh bo’laklari orasidan hatto odamning soch tolasi ham o’ta olmaydi.
5. Eng katta Misr ehromi Xeops piramidasi hisoblanadi, uning balandligi 146,6 metr, vazni 6 million tonna, umumiy maydoni esa 5 gektarga teng.
6. Ehromlarning devorlarida ularning qurilishlari aks ettirilgan sahnalar tasvirlangan. Agar bu tasvirlarga asoslanadigan bo’lsak shuni aytish mumkinki, ehromlar qullar tomonidan emas, yollanma ishchilar tomonidan qurilgan.
7. Xatto zamonaviy texnologiyalarning yo’qligida ham misrliklar Xeops ehromi uchun tekis poydevorni barpo etishni uddalaganlar.
8. Xeops ehromininng qirralaridagi eng yuqori og’ish 250 metr uzunlikda, juda borsa 5 santimetrdan oshmaydi.
9. Xeops ehromining qurilishi uchun 2,3 million dona bir-biriga mos tarzda tanlab olingan tosh bloklari kerak bo’lgan.
10. Misrliklar piramidasimon ehromlarning yagona quruvchilari emaslar. Misol uchun, bunday binolarning qurilish an’analarini Sudan hukmdorlari ham o’zlashtirib olganlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook