Imkoniyatlari chegaralangan kishilar qatoridagi buyuk insonlar
Imkoniyatlari chegaralangan kishilar qatoridagi buyuk insonlar
Agar qobiliyatlaringizga shubha qiladigan bo’lsangiz, mashhur nogironlarning tarjimai holi bilan tanishib chiqing.
To’g’risini aytganida, ularni bunday deyishga xatto til ham aylanmaydi - o’ziga ishonch bilan ruhiy kuchni saqlab qolib turib inson nogiron bo’lishi mumkin emas.
Hatto jismoniy nuqsonlar odamning faol, to’la hayot kechirishiga, maqsadlarga erishishlariga, yaratishiga, muvaffaqiyatli bo’lishiga to’sqinlik qila olmaydi.

Har jihatdan normal, to’rt muchali sog’ bo’lgan odam o’ziga ishonmay qo’ysa, orzu qilmay qo’ysa, barkamollik sari intilmasa, uni qanday deb atash boshqa gap. Uxlab qolgan, hayot uchun uyg’onmaganlarni yana qanday deb atash mumkin?

Iloji yo’q narsaning o’zi yo’q. Zamondoshlarimiz va o’tmishdoshlarimiz orasidagi imkoniyatlari chegaralangan buyuk kishilarni to’xtatish kerak bo’lgan vaziyatlarga  qaramay erishgan muvaffaqiyatlari buning yaqqol dalilidir.

 

1. Lina Po - Polina Mixaylovna Gorenshteynning (1899-1948) - 1918 yilda balerina, balet raqqosasi sifatida ijod boshlagan paytida olgan taxallusi.

1934 yilda Lina Po Entsefalit bilan kasallanib, falaj bo’lib qoldi va ko’rish qobiliyatini butunlay yo’qotdi. Sodir bo’lgan voqeadan keiyn Lina Po haykaltaroshlik bilan shug’ullangan va 1937 yildayoq uning asarlari Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyidagi ko’rgazmada namoyish etilgan.

1939 yilda LinPo sovet rassomlarining Moskva shahri uyushmasiga qabul qilingan. Hozirda Lina Poning yakkaxon ishlari Tretyakov galereyasi va mamlakatning boshqa muzeylar kolleksiyalarida uchratish mumkin. Ammo, haykallarning asosiy kolleksiyasi –Butunrossiya ko’rlar jamiyatining muzeyidagi Lina Po hotirasi sharafiga ochilgan yodgorlik zalida. 

2. Jozef Pulitser (1847 - 1911) - Amerika nashriyotchisi, jurnalist, "sariq matbuot" janrining asoschisi. Uning ko’zlari 40 yoshida ko’rmay qoldi. U o’limidan keyin Kolumbiya universitetiga 2 million AQSH dollarini qoldirdi. Ushbu mablag’larning to’rtdan uch qismi Oliy jurnalistika maktabining yaratilishiga, qolgan qismi esa 1917 yildan beri amerikalik jurnalistlar uchun topshirilidigan mukofot ta’sis etildi.

 

3. Franklin Delano Ruzvelt (1882-1945) – Amerika Qo’shma Shtatlarning 32-chi prezidenti (1933-1945). 1921 yilda Ruzvelt poliomielit bilan qattiq kasal bo’lib qoldi. Yillar davomida kasallikni yengishga qaratilgan harakatlarga qaramay, Ruzvelt falaj bo’lib, nogironlar aravachasiga bog’lanib qoldi.

Uning nomi bilan AQSH tashqi siyosati va diplomatiyasi tarixidagi eng muhim sahifalardan biri, xususan, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarning o’rnatilishi,  tartibga solinishi hamda AQSHning Gitlerga qarshi koalitsiyada ishtirok etishi bog’liq.

 

4. Lyudvig van Betxoven (1770-1827) - nemis bastakori, Vena klassik maktabining vakili. Bastakor sifatida allaqachon mashhurlikka erishib bo’lgan 1796 yilda, Betxoven eshitish qobiliyatini yo’qota boshladi, unda tinit - ichki quloq yallig’lanishi rivojlandi.

1802 yilga kelib, Betxoven butunlay kar bo’lib qoldi, lekin aynan shu paytdan boshlab bastakor o’zining eng mashxur asarlarini yaratgan. 1803-1804 yillarda Betxoven Qahramona simfoniyani, 1803-1805-yillarda - "Fidelio" operasini yozgan.

Bundan tashqari, o’sha vaqtda Betxovenning yigirma sakkizinchidan  oxirgi - o’ttiz ikkinchiga qadar fortepiano sonatalari yozilgan edi; violochnel uchun ikki sonata, kvartet, "Uzoq sevgilimga" vokal sikli yaratildi. Mutlaqo kar bo’lgan holda Betxoven o’zining eng monumental asarlari - Tantanavor Messa va xor bilan aytiladigan to’qqizinchi simfoniyani (1824) yaratgan. 

5. Helen Keller (1880-1968) - amerikalik yozuvchi, o’qituvchi va jamoat arbobi. Bir yarim yoshga to’lgan paytidagi kasallikdan so’ng, u ko’r, kar va soqov bo’lib qolgan edi.1887 yildan boshlab u bilan Perkins institutining yosh o’qituvchisi Enn Sallivan shug’ullana boshlangan. Uzoq oylar davomidagi qat’iy ishlashdan keyin qizcha imo-ishora tilini o’rgangan, keyin esa lablar va bo’g’izning to’g’ri harakatlantirishni o’zlashtirib gapirishni o’rgana boshlagan. 1900 yilda Helen Keller Redkliff kollejiga o’qishga kirib, 1904-yilda uni imtiyozli bitirgan. U o’zi, o’z hissiyotlari, o’qishi, dunyoqarashi va dinni anglashi to’g’risida o’ndan ortiq kitoblarni yozib chop etgan. Ular qatoridan "Men yashayotgan dunyo", "Xelen Keller kundaligi” va boshqalari qolgan. U ko’r, kar va soqov kishilarni faol ijtimoiy hayotda qatnashishi uchun imkon yaratish fikrini ilgari surdi. Xelenning tarixi 1962 yilda namoyish etilgan Gibsonning "Mo’jiza yaratgan ayol" sahna asari (1959) asosini tashkil etdi. 

6. Erik Vayxenmayer (1968) – ko’r bo’la turib Everest cho’qqisi zabt etgan dunyodagi birinchi qoyachi alpinist. Erik Vayxenmayer 13 yoshida ko’rish qobiliyatini yo’qotdi. Biroq u o’qishni tugatib, o’rta maktab o’qituvchisi bo’ldi, so’ngra kurash bo’yicha murabbiy va jahon miqyosidagi sportchiga aylandi. Vayxenmayer sayohati to’g’risida rejissyor Peter Uinter "Dunyoning cho’qqisiga tegish" filmini suratga olgan. Everestdan tashqari Vayxenmayer dunyodagi eng baland tog’ cho’qqilarini, shu jumladan Kilimandjaro va Elbrusni ham zabt etdi. 

7. Migel de Servantes Saavedra (1547-1616) - ispan yozuvchisi. Servantes avvalo jahon adabiyotining eng buyuk asarlaridan biri “Ustomon idalgo La Manchlik Don Kixot”ning   muallifi sifatida tanilgan. 1571 yilda Servantes harbiy dengiz kuchlarida xizmatda bo’la turib Lepantodagi jangda ishtirok etgan. Shu jangda u arkebuzadan otilgan o’qdan og’ir yaralanishi tufayli chap qo’lidan ayrilgan. Keyinchalik u: "Meni chap qo’limdan mahrum qilib, Xudo mening o’ng qo’lim bilan yanada kuchliroq ishlashga majbur qildi", deb yozgan.

8. Louis Braille (1809 - 1852) - fransuz tiflo-pedagogi. Brayl 3 yoshida o’z ko’zini o’ymakorlik pichog’i bilan yaralagan, shu tufayli ko’zlarning simpatik yallig’lanishi rivojlanib u ko’rish qobiliyatini yo’qotdi. 1829-yilda Lui Brayl butun dunyoda ko’zi ojizlar uchun haligacha ishlatilib kelayotgan rel’ef-nuqtali Brayl shriftini ishlab chiqargan. Huddi shu tarzga asoslanib harflar va raqamlarga qo’shimcha ravishda u notalar yaratgan va ko’zi ojizlarga musiqadan dars bergan.

9. Ester Vergeer (1981) – gollandiyalik tennischi qiz. Insoniyat tarixidagi eng buyuk aravachadagi tennischilardan biri hisoblanadi. U to’qqiz yoshida umurtqa pog’onasidagi jarrohlik operatsiyasi tufayli yotoq joyiga mixlanib qolgan.

Ester Vergeer –Katta Shlem musobaqalarining bir necha bor g’olibi, yetti marta jahon chempioni, to’rt marta olimiada chempioni. Sidneyda va Afinada u bir o’zi bo’lgandan tashqari juftlikda ham chiqqan. 2003 yil yanvarida Vergeer birin-keting 240 nafar setda g’alaba qozonib bir marta ham mag’lub bo’lmagan. 2002 va 2008 yillarda u “Laures” jahon sport akademiya tomonidan beriladigan “Imkoni cheklangan eng yaxshi sportchi” mukofoti laureati bo’lgan.

10. Sara Bernar   (1844-1923) - fransuz aktrisasi. Teatrning ko’plab taniqli namoyandalari, masalan, Konstantin Stanislavskiy, Bernar san’atini texnik barkamollik namunasi deb hisoblar edi. 1914 yilda avtohalokatga uchraganidan so’ng, uning oyog’i amputatsiya qilingan, lekin aktrisa ijodini davom ettirdi. 1922 yilda Sara Bernar so’nggi marta sahnaga chiqdi. U allaqachon 80 yoshda edi va “Kameliyali xonim”dagi rolini kursida o’tirib ijro etdi.

 

11. Ray Charlz (1930 - 2004) - amerikalik musiqachi, 70 dan ortiq studiyaviy albomlar muallifi, soul, jaz, ritm end blyuz usullaridagi musiqa ijrochilarining eng taniqlilaridan biri. U yetti yoshida ko’zi ojiz bo’lib qolgan – tahminlarcha glaukom tufayli. Rey Charlz hozirgi davrning eng mashhur ko’zi ojiz musiqachisi; u 12 marta “Gremmi” mukofotiga sazovor bo’lgan, rok-n-rol, jaz, Gruziya shon-shuhratining zalida mashhurlik rok-rollarini, jaz, kantri va blyuz sharafi zaliga, Djodjiya sharafi zaliga kirgan, uning yozuvlari AQSH Kongress kutubxonasiga kiritilgan. Frenk Sinatra Charlzni "shou-biznesdagi yagona haqiqiy daho" deb atagan. 2004-yilda "Rolling Stoun" jurnali Rey Charlzni o’zining barcha zamonlardagi 100 nafar eng buyuk artistlarning "Umri boqiylar ro’yxati"ga 10-raqami bilan kiritib qo’ygan.

12. Stiven Xoking (1942 - 2018) - taniqli ingliz fizik-nazariyotchi va astrofizigi, birlamchi qora tuynuklar va boshqalar to’g’risidagi nazariyaning muallifi. 1962yilda Oksford universitetini tamomlagan va nazariy fizika bo’yicha o’z faoliyatini boshlagan. Shu paytning o’zida Xokingda  lateral amiotrofik skleroz alomatlari namoyon bo’la boshlagan va bu paralichga olib kelgan. 1985 yilda tomoqda o’tkazgan operatsiyadan keyin Stiven Xoking gapirish qobiliyatini yo’qotgan. Undagi faqat o’ng qo’lining barmoqlarini harakatlana olardi, u shu qo’li bilan kursini va o’zi uchun gapiradigan maxsus kompyuterni boshqarar edi. Stiven Xoking Kembrij universitetida uch asr avval Isaak Nyuton tomonidan egallangan vazifani - Matematikadan Lukas professor vazifasini egallagan.

13. Aleksey Mareseyev (1916 - 2001) - afsonaviy uchuvchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. 1942 yilning 4 aprelida "Demyan qozoni" (Novgorod viloyati) deb nom olgan hududda fashistlar bilan bo’lgan jangda Aleksey Mareseyevning samolyoti urib tushirilgan, Alekseyning o’zi esa og’ir yaralangan. Oyog’idan yaralangan uchuvchi 18 kun front liniyasiga emaklab, o’rmalab borgan. Kasalxonada uning  ikkala oyog’i ham amputatsiya qilingan.Lekin u shifoxonadan chiqib, yana samolyotni boshqarishga kirishdi. Urush paytida u jami 86 ta jangovar parvoz qilib, dushmanning 11 ta samolyotini urib tushirgan: to’rt marta jarohat olishdan oldin va yetti marta jarohat olganidan keyin Mareseyev Boris Polevoyning "Haqiqiy inson hikoyasi" romani qahramonining protatipiga aylandi.

 

14. Mixail Suvorov (1930 - 1998) - o’n olti nafar she’riy to’plam muallifi. 13 yoshida mina portlashidan ko’zlari ojiz bo’lib qoldi. Shoirning ko’p she’rlariga musiqaga bastalanib, keng omma tomonidan tan olingan: "Qizil chinnigul", "Qizlar sevgini kuylaydi", "Zerikma" va boshqalar. O’ttiz yildan ortiq Mixail Suvorov ko’zi ojizlar uchun ishlaydigan yoshlar maxsus sirtqi-kunduzgi maktabida o’qituvchilik qilgan. U Rossiya Federatsiyasining faxriy o’qituvchisi unvoniga sazovor bo’lgan.

15. Valeriy Fefelov (1949 - 2008) - nogironlar huquqlari uchun Sovet Ittifoqidagi kurash harakati a’zosi, dissident.

1966 yilda elektromontyor bo’lib ishlagan paytda Elektr Uzatmalar Liniyasi tayanchidan tushib ketgan va umurtqa pog’onasi singan. Shundan keyin u bir umrga nogiron bo’lib qolgan va faqatgina nogironlar aravachasida harakatlanishi mumkin edi. 1978 yilning May oyida Yuriy Kiselyov (Moskva) va Fayzulla Husainov (Chistopol, Tatariston)bilan SSSR nogironlar huquqlarini himoya qilish uchun harakat guruhini tashkil etgan. Guruhning asosiy maqsadi – “Butunittifoq” nogironlar jamiyatini tashkil etish edi. Tashabbus guruhining faoliyati hokimiyat tomonidan antisovet faoliyat sifatida qabul qilingan. 1982 yil may oyida Valeriy Fefelova qarshi "Hokimiyat qarshilik” moddasi bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan edi. Hibsga olish tahdidi ostida Fefelov Davlat Havfsizlik Komitetining chet elga chiqib ketish talabiga rozi bo’lib, 1982 yil oktyabrida u GFRga chiqib ketdi va o’sha yerda1983 yilda siyosiy boshpana oldi. U rus, ingliz va nemis tillarida chop etilgan "Sovet Ittifoqida nogironlar yo’q" kitobining muallifi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook