Muzqaymoq o’zi nma? Bu g’ayrioddiy mahsulotni oldida kichiklar ham, kattalar ham o’zlarini ushlab turolmaydi. Bilasizmi, issiqlik kelishi bilan – soniyada bittadan bu muzlagan mahsulot sotiladi? Bu ajoyib mahsulot o’zida g’ayrioddiy voqealar va faktlarni berkitgan. Ammo biz sizlarga eng ajoyiblarini gapirib beramiz.
Fakt 1 – tarixiy o’tmish
Muzqaymoq qadimiy tarixga ega. Aytishlaricha, Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlardan keyin bu desert bilan o’zini mehmon qilgan va rohatlangan, Gippokrat bo’lsa jazirama issiq kunda ahvolni yaxshilanishi uchun muzqaymoq tanovul qilishni maslahat bergan. Muzqaymoq “ixtirochilari” xitoyliklar hisoblanadi, ular imperator stoliga muzlagan meva sharbatini qo’yishgan. Slavyanlarda shunga o’xshash desert bo’lgan: sutni asal bilan aralashtirib, keyin idishlarga solib yaxlatib qo’yishgan. Uni qanday yeyish kerakligi haqida bosh qotirib o’tirishmagan, shunchaki shimib-shib yeb qo’ya qolishgan.
Fakt 2 – Turli ta’mlar
Qulupnayli, shokoladli, malinali – bu muzqaymoqni barcha ta’mlari emas. Dunyoda ko’pgina, hatto shirinsiz variantlari ham bor, baliqlidan boshlab pishloqli, qo’ziqorinli va tomatliga qadar.
Fakt 3 – Mashhur ta’m
Bilasizmi, muzqaymoqni dunyoda eng ko’p sotiladigan turi sutli sut-qaymoqli turidir? Shokoladli muzqaymoq mashhurligi bo’yicha reytingda ikkinchi o’rinda turadi, uchinchi o’rinda – mevali.
Fakt 4 – Kaloriya haqidagi baxslar
Muzqaymoq yetarli kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Diyetada o’tirgan odam uchun tanovul qilish maslahat berilmaydi. Ammo juda yegisi kelsa, agar mahsulot kaloriyasini bilsa istisno qilsa bo’ladi.
- 100 gr sutli muzqaymoq 200 kkal ga ega
- 100 gr mevali yax – 150 kkal ga ega
- 10 gr diyetali muzqaymoq – 100 kkal ga ega
Fakt 5 – Eskimoslar taomi
Mashhur Eskimo muzqaymog’ini qandolatchi Kristian Nelson o’ylab topgan, o’zining mo’jiza – desertini eskimos – pay, ya’ni “eskimos pirogi”, deb nomlagan.
Fakt 6 –Tovoqdagi ekzotika
Frityureda qovurilgan muzqaymoq – qimmat restoranlarda mashhur shirinlikdir. Uni tayyorlash oson: muzlatilgan plombir sharikini unga botirib olinadi, ko’pirtirilgan tuxumga sho’ng’itib olinadi, keyin uning ustiga talqonni sepib, tezda qovuriladi.
Fakt 7 – Bolalar uchun dori
Ha,ha, muzqaymoqni ko’pchilik doktorlar profilaktika sifatida bolalarda angina, tonzillit, faringit kasalliklariga uchraganda muzqaymoq berishni tavsiya qiladilar. Agar bu desert oz – ozdan yeb turilsa tomoq chiniqadi va uning shilliq qavati havo o’zgarishiga bardoshli bo’ladi. Bu ko’nikma sababli kichkintoy bolalar tomoq og’rig’i kasalligini osongina yengib o’ta oladilar.
Fakt 8 – Vitaminli “habdori”
Muzqaymoq shamollash kasalligining oldini oluvchi hamda uni davolovchi uy sharoitida tayyorlanadigan dorilarning asosiy qismini tashkil etishi mumkin. Buning uchun yosh qarag’ay daraxtining 20 ta shoxi olinib, hovonchada maydalanadi. Bir osh qoshiq malina qiyomi qo’shiladi. Aralashtiriladi. Sharbatni siqib olib, shoxchalar tashlab yuboriladi. Hosil bo’lgan malina – qarag’ay sharbatini muzqaymoq ustiga quyiladi. Xohish bo’yicha qiyomga bir – ikki osh qoshiq apelsin freshini qo’shish ham mumkin. Shu yo’l bilan siz C vitaminiga boy bo’lgan desertni tayyorlaysiz. Shunday ekan, ushbu desert har qanday shamollash kasalligini yenga oladi.
Fakt 9 – Muzqaymoqning ommabopligi
Amerikalik mutaxassislarning tadqiqotiga ko’ra, muzqaymoq asosan begim kunlari emas, dam olish kunlari ko’proq sotiladi. Asosiy istemolchilar ham 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar hamda 45 yoshdan katta bo’lgan shaxslardir.
Fakt 10 – Muzqaymoqning tarkibiy qismlaridan biri bu havodir
Muzqaymoqning noyobligining sababchisi – oddiy havodir. Aynan havo tufayli ushbu desert mayin va yumshoq bo’ladi, biz ham uni aynan shu xususiyati tufayli yoqtiramiz.
Сообщения из Facebook