просмотров
Barcha qilgan ishlaridan tashqari, u egallab olingan mamlakatlariga demokratiya yo’liga o’tishda yordam bergan, shu bilan birga o’z avlodlariga kengaytirilgan imperiyada hukmronlik qilish imkoniyatini yaratib ketgan. U o’z ayoli Jozefinani juda qattiq sevgan, lekin imperiya uchun kerakli bo’ladigan vorislarni unga faqatgina qirollik qonidan bo’lgan ayol bera olgani sababli, u shunday yolga uylanishga majbur bo’lgan. U o’zining ikkinchi xotiniga yaxshi va ijobiy munosabatda bo’lganinga qaramasdan, Elbaga surgunn qilingan vaqtda, agar xotini u bilan ketmasa uni o’g’irlab ketishini aytib uni qo’rqitgan. Quyida siz Napoleon haqida yana 10 ta siz bilmagan faktlar haqida bilib olasiz.
10. Napoleonning haqiqiy ismi boshqa bo’lgan
U tug’ilganida unga korsikan Napoleone di Bonaparte degan ism berishgan. Biroq u tug’ilganida Korsika Fransiya hududiga kirganiga allaqachon bir yil bo’lgan edi, bu esa tarix voqealarini o’zgartirib yuborgan. Yigirma yoshdan oshganida Napoleon harbiy mavqe haqida orzu qilib, o’z familiyasi va ismini fransuz tiliga yaqinroq qilib o’zgrtirib olgan. Shunga qaramasdan uning tug’ilib o’sgan joyi, umrining so’nggi yillarigacha uni tinch qo’ygani yo’q, uni doim “kichik korsikanlik” va “korsikanlik diktator” degan laqablar quvlab kelgan.
9. U taktikada hech nimani tushunmagan
Napoleon bir zumda harbiy daho bo’lib qolmagan – u uzoq va mashaqqat bilan o’qigan. To’qqiz yoshida Napoleon fransuz tilini o’rganish uchun Fransiya kontinentalida joylashgan diniy maktabga kirgan. Parij harbiy akademiyasiga qabul qilinishidan oldin u, maktabdan so’ng Brienedagi harbiy o’qishga kirib u yerda besh yil taxsil olgan. Otasining o’limidan so’ng Napoleonning oilasi qashshoqlashib qoldi, va pulni tejash uchun u o’qishdagi ikki yilni bir yilda o’rganib olishga majbur bo’ldi. U Harbiy akademiyani tugatishga muvaffaq bo’lgan birinchi korsikanlik bo’ldi.
8. Napoleon haqiqiy millatchi bo’lgan, lekin Fransiya tomonga emas
O’sha vaqtda fransuz armiyasida ofitserligiga qaramasdan, Napoleon 1789 – 1973 yillarda korsikan revolyutsionerlarini rasmiy ravishda qo’llab quvvatlagan. Bu juda qiyin vaziyat edi, chunki fransuz revolyutsiyasi 1789 yilda avj oldi. Korsikda bir vaqtning o’zida 3 tomon kurashardi: royalistlar, revolyutsionerlar va Napoleon qo’llab quvvatlagan yakobinlar. U xattoki fransuz armiyasiga qarshi bosh ko’tarishda birmuncha vaqt yetakchilik qilishga Musharraf bo’ldi, biroq Korsiklik yetakchilardan biri bilan urishib qolganida Fransiyaga ko’chib ketdi va bu ishlarni tashladi. Keyinchalik u bu haqida yozib qoldiradi ”Millat o’lgan vaqtda, men tug’ildim. 30 ming fransuzlar qirg’oqlarga oqib chiqqan, o’zqonlarida ozodlik taxtini cho’ktirib yuborishgan. Bu daxshatli ko’rinish mening ilk ko’rganim bo’ldi".
7. Napoleonga mashxurlik kelganda u xali yosh edi
Napoleonning harbiy karyerasi juda tezlik bilan o’sdi. 1975 yilda u hokimiyatni kontrrevolyutsion kuchlardan qutqargan va ichki qo’shinlarni boshqaruvchisi va harbiy maslahatchisi bo’lgan. U davrda bor yo’g’i 26 yoshda edi. Keyingi yili unga Italiya armiyasini boshqarish topshirilgan. (Hozirgi Italiya hududiga aloqasi yo’q). Napoleon Gabsburgga qarshi kurashlarda tezda g’alaba qozonib, ushbu nomdagi tushunmovchilikka chek qo’ydi. G’alabalar unga Fransiyada katta shon-sharaf keltirdi. Fransiyaga qaytib kelganita ikkita gazeta nashriyoti ochdi va hukumatda qolgan royalistlarga qarshi 1797 yilda o’zining birinchi hukumat to’ntarilishini amalga oshirdi.
6. Napoleonning taxminiy past bo’yi shunchaki Britaniya propogandasining natijasi
Napoleon davrida Fransiyada “qirollik futi” deb nomlangan uzunlik o’lchov birligidan foydalanishgan. Bu uzunlik ayni vaqtda taxtdagi qirolning oyog’I uzunligiga teng bo’lgan. Bu tizimga asosan Napoleonning bo’yi 5 fut va 6 dyuym bo’lgan, britaniya futida esa 5 fut 3,5 dyuymga teng bo’lgan. Shundan kelib chiqadiki, Napoleon xato o’rta statistik bo’ydan biroz balandroq bo’lgan.Napoleonning past bo’yi esa faqatgina bratinya propogandasining mahsuli bo’lib, ular Napoleonni kichik odam va bo’yi pastligi uchun doim yovuz bo’lgan deb hisoblashadi.
5. Hech kim Napoleon qanday o’lganini aniq ayta olmaydi.
1821 yildan boshlab Napoleon qanday vafot etganligi haqida ikki turli fikr bor. Bazilar u graf Montolon tomonidan mishyak bilan zaxarlangan deb hisoblaydi. Bu fikrni 1840 yilda uning tanasini ko’chirishayotganda murda juda yaxshi holatda saqlanib qolganlik fakti isbotlaydi, chunki mishyak hammaga ma’lum konservantlardan biridir. Biroq uning soch tolalarini mishyakka test qilib tekshirilganda, natijalar ishonarli bo’lmadi. Uning sochlarida mishyak qoldiqlari topilgan, mishyak kalamushlarga qarshi zaxar sifatida ishlatilgan, biroq Avliyo Yelena oroli u vaqtda kalamushlar ko’payganidan qiynaaotgan edi, shu sababli Napoleon undan zaxarlanishi judda oddiy hol bo’lgan. Boshqa fikir esa, tanani yorib tekshirish natijasida, yetti shifokor imzolagan, oshqozon raki tufayli Napoleon vafot etganini tasdiqladi. Uning oilasi tarixi ham ushbu teoriyani isbotlaydi: Napoleonning bobosi, otasi, uning akasi Lyusyen va uning uch singlisi ham oshqozon rakidan vafot etgan.
4. U kichik romantik qissa yozishga ulgurgan
Uning “Klisson va Yevgeniya” qissasi uning o’z hayotidan olingan bo’ib, uning Dezire laqabli Yevgeniya Klari degan ayol bilan bo’lgan ishqiy munosabatlari haqida so’zlangan. Napoleonning qissasida fransuz revolyutsiyachi harbiysi urushdan charchagan bo’ladi va jamoat hammomida Yevgeniyani yaxshi ko’rib qoladi. Klisson o’z xizmatini tugatib, Yevgeniya bilan turmush quradi va farzandli bo’lishadi. Biroz vaqtdan keyin esa ularning tinch hayotiga urush kirib keladi va Klisson o’zini yurti himoyasiga turishni o’z majburiyati deb biladi. Janglarning birida Klisson jarohat oladi va bir do’stini Yevgeniyaga xat yetkazib berish uchun yuboradi. Do’sti esa Yevgeniyani o’ziga oshiq qilib oladi va u eriga xat yozishni to’xtatadi. Qayg’uga cho’kkan Klisson bevafo xotiniga so’nggi xatini yozib, dushman o’ti ostiga o’lish uchun o’zini otadi. Haqiqatda esa Dezire kitobdagi personajidan ko’ra uzoqroqa yetadi. U Shvetsiyaning taxt vorisi unvonini olgan generalga turmushga chiqadi va Norvegiya va Shvetsiyaning qirolichasiga aylanadi.
3. Napoleon Misrni bosib olishni istagani uchun biz ierogliflarni o’rgana oldik
Napoleonning Misrga qilgan ekspeditsiyasi olimlar uchun katta ochilish bo’ldi, chunki Rozet toshidagi matn uch xil tilda yozilgan edi. Aynan shu topilma Qadimiy Misrning yozuvlarini o’qa olishga yordam bergan. Biroq inglizlar 1801 yili Misrni Napoleondan tortib olgan. Fransuz generali Menu. Rozet toshiga o’z huquqlarini bayon qilgan va Fransiyaga olib ketmoqchi bo’lgan, biroq Britaniya g’olib tomon bo’lgani uchun, tosh ularda qolgan.
2. U odamlarni davolay olaman deb o’ylagan
Bir marta Napoleon Siriyada vabo kasaliga chalinib qolgan harbiylarini ko’rgani borgan (komandir atiydan ularniyuborgan degan mish-mishlarini yo’qotish uchun). Bu yo’l bilan Napoleon mahalliy shifoxonaga borib, bir o’q bilan ikki quyonni urmoqchi bo’lgan: o’zining aybsizligini isbotlash uchun va ularni vabo qo’rqinchili emasligiga va komandir sifatida o’zi ham ushbu kasallikni yuqtirib qolishdan qo’rqmasligiga ularni ishontirmoqchi bo’lgan. Aynan usha vaqtlarda, Napoleonning kasal va o’layotgan harbiylarga tegayotgani tasvirlangan surat chizilgan.
1. Napoleon mushuklarni yaxshi ko’rgan
Siz albatta Napoleon mushuklardan juda qo’rqqani haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Aslida unday bo’lmagan. Bu uning jiyani Napoleon III aylurofobiyadan jabrlangan, buyuk imperator emas. Bizning Napoleon esa, ko’plab yevropaliklarga o’xshab qora mushuk omad keltiradi deb hisoblagan. Bundan tashqari Avliyo Yelena orolida quvg’inda bo’lganida Napoleon kichik mushukni boqib olgan va unga Ben deb ism qo’ygan. Ben va Napoleon ajralmas edi va ko’p vaqtini birgalikda o’tqazgan. Shunday qilib, tarixdagi buyuk qo’mondonlardan biri haqiqiy mushuksevar va yozuvchi-romantik bo’lgan.
Сообщения из Facebook