Odamlarga berish kerak bo’lmagan bir qancha savollar
Noo’rin savollar har kimning qulog’iga chalinishi mumkin va hech kim o’zi shunday savol bermasligiga kafolat ham bera olmaydi.

Begona qalbni va savolning ahamiyatsiz bo'lishini hech kim aniq bilolmaydi. Ammo har qanday ongli odam uchun taqiq bo'lishi kerak bo'lgan bir qator mavzular mavjud, chunki bunday mavzular deyarli ko’p insonlarga yoqmaydi.  

Etiket va biznes protokoli bo'yicha maslahatchisi Tatyana Nikolaeva jurnalistlarga suhbatdoshiga berib bo’lmaydigan  savollar haqida gapirib berdi. Ko'pchilik ularni xotirjamlik bilan yoki hatto hazil bilan tushunishi mumkin, ammo siz ularni behuda so'raganingizga amin bo'lishingiz aniq. 

Yoshingiz nechida?

Ayniqsa ayollarga ushbu savolni berish qisman hurmatsizlik hisoblanadi.  Ammo, aslida, bu savolni erkaklarga ham bermagan ma’qul.  Haqiqat shundaki, bugungi kunda aksariyat erkaklar ham o'z yoshlaridan yoshroq ko’rinishni va sog'lig'iga, tana tuzilishi va tashqi ko'rinishiga qarashni xohlashadi. Agar siz hali ham odamning yoshini bilishingiz kerak bo'lsa, u haqida uchinchi shaxslar orqali so'rash yoki ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilish yaxshiroqdir. Hisob qaydnomasidagi ba'zi saytlar odamning yoshini ko'rsatadi, agar u ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, albatta.

Agar sizga shunga o'xshash savol bersalar-u, lekin u siz javob berishni xohlamasangiz  nima bo'ladi? Shu chog’da o’sha inson bilan munosabatlarni buzmagan yaxshi, javob berishni hohlamasangiz unga hazil tariqasida 98 yosh ekanligingizni aytsangiz bo’ladi. Yana o’z yoshingizni aytib suhbatdoshingizdan “yoshingizga qaraganda ancha yoshroq ko’rinishingizni” eshitishingiz mumkin. Shu vaziyatda suhbatdoshingizga minnatdorchilik bildirishni unutmang.  

Bu yarani qayerdan ortirdingiz?

Yaradorlik va jarohat to’g’risida qiziqmagan yaxshiroqdir. Juda ko’p zamonaviy ayollar turli  hildagi kosmetik amaliyotlarini yuzlarida sinab ko’radilar. Shunday muolajalardan so’ng yuzlarida quruqlashib qolish yoki bo’lsa iz paydo bo’lib qolishi kuzatilishi mumkin. Agar siz bunga e’tibor qaratsangiz, xonimni noqulay axvolga solishingiz tabiiy. Siz har doim shuni unutmangki, nuqsoni va kamchiligi bor odam bu to’g’risida hammadan o’zi  yaxshiroq biladi. Bu to’g’risida unga qaytadan eslatish shart emas. Hatto erkak kishilar ham chandiqlar to’g’risida gapirishni yoqtirmaydilar. Bu ular gapirishni yoqtirmaydigan mavzu bo’lishi mumkin. 

Siz qanday kasalsiz?

Agar siz shifoxonada biron bir odamni uchratgan bo'lsangiz, u holda nega u yerga kelganligi haqida darhol so'rov o'tkazmasligingiz kerak. Agar u zarur deb topsa, o’zi siz bilan baham ko'radi. Ehtimol, u venereolog bilan uchrashuvga kelgan bo’lishi va buni aytib o’zini hamda sizni noqulay vaziyatga solishi mumkin. Albatta bu yaxshi vaziyat emas.  “Axvolingiz yaxshimi” degan savolingizga “ yaxshiman , hammasi o’tib ketadi” zaynida javob qaytarsa, suhbatni davom ettirishga ham hojat qolmay qoladi.

Sizdagi o’z sochingizmi yoki suniy sochmi?

Ushbu noto'g'ri savol ko'plab tafovutlar keltirib chiqarishi mumkin. Sochning o’rnida tirnoq, tish, kiprik ham bo’lishi mumkin. Lekin ushbu savol beg’amdek ko’rinishi mumkin biroq insonni ranjitadi. Agar inson o’zidagi biror narsani qo’ydirgan bo’lsa bu haqida uning o’zi gap ochmaguniga qadar indamaslik kerak. 

Qachon turmushga chiqasiz?

Har qanday yoshdagi ayol uchun eng yoqimsiz savollardan biri. Bu yerda mavzu shu qadar nozikki, unga hazil kabi qaramaslik kerak. Bu savolga javob maxsus omillar va hatto shaxsiy fojia bilan bog'liq bo'lishi mumkin, shuning uchun uni sinab ko’rmagan yaxshiroqdir. Savol ayol kishi uchun qanchalik o’g’ir bo’lsa erkak kishi uchun ham shunchalik yoqimsizdir. Agar sizdan qachon turmushga chiqishni yoki turmush qurishni rejalashtirayotganligingiz haqida so'rasalar, eng yaxshi javob shunchaki "o’z insonimni uchratganimda" degan javob  bo'ladi.

Siz homiladormisiz?

Agar savolga javob aniq bo'lsa, uni ahmoq deb atash mumkin. Birovning homiladorligini sezmayotganingizni da'vo qilish ham bema'ni.  "Sizni to'g'ri tushunyapmanmi, sizni  tabriklasam bo’ladimi?" qabilida savol berib ko’rishingiz mumkin, suhbatdoshingiz xohlasa sizga yangilikini bo’lishadi. Agar siz bunga ishonch hosil qilmagan bo’lsangiz yaxshisi shu savolni bermay qo’yaqoling. Agar ayolning tanasi shakli o’zgargani o’rtiqcha vazn bilan bog’liq bo’lsa bu savol unga og’ir botishi mumkin. Agar so'ralmasa, o'z tajribangizni baham ko'rishni maslahat bermang .

Semiribsizmi?

Biror kishining vazni to’lishgani yoki u oldingidan ozib ketgani u faqat eng yaqin insonlari bilan muhokama qiladigan mavzu. Ho’sh agar shu kabi savol berib qolinsa qanday javob bergan ma’qul? “ha,o’zimni ancha tinch his qilganim uchun semirdim” kabilida javob qaytaring. Asosiysi suhbatdoshingizga uning savolidan ranjiganingizni bildirib qo’ymang. 

Qancha pul topasiz?

Birovning hamyoni bilan qiziqish odobsizlik sanaladi. Shunday ekan qanchalik bu masala sizni qiziqtirmasin buni ichingizda saqlashingiz kerak. Bunday savolga bo’lsa neytral javob berganingiz yaxshi “Bo’ladi, yashashimga yetib turibdi” yo’sinida. Shuni hisobga olish kerakki ba’zi hollarda hatto yaqin insoningiz ham maoshi to’g’risida siz bilan suhbatlashishga tayyor bo’lmaydi.  Agar odam moliyaviy masalalarni muhokama qilishga tayyor emasligini ko'rsangiz, darhol ushbu mavzuni yopishga urining.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations