Omad chopganda chopdi: o'limni aldashga va yutuqni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar
Omad chopganda chopdi: o'limni aldashga va yutuqni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar
Omad chopganda chopdi: o'limni aldashga va yutuqni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Ba'zi odamlarga, yo'lini kesib otayotgan, qora mushuklar va sindirilgan ko'zgularga qaramay, har doim omad kulib boqadigandek tuyuladi. Hamma narsaga qaramasdan ham! Bu sharximizda taqdir unchalik ham efimer tushuncha emasligini tasdiqlovchi, hayotiy 10 ta hikoyalar keltirilgan. 

Uch marotaba omad kulib boqqan avstraliyalik

Avariyada omon qolish va mo'maygina pul yutib olish

Avstraliyalik Bill Morganning mashinasi yuk mashinasi bilan to'qnashib ketganida, uni tom ma'noda ezib qo'ygan edi va hattoki shifokorlar ham hammasi tamom deb o'ylagan edilar. 14 daqiqa davomida Bill yuridok jihatdan o'lgan deb hisoblangan bo'lsada, u kutilmaganda tirilib chiqdi. Bundan so'ng, u 12 kun koma holatida yotdi va oila a'zolari uni sun'iy hayotni ta'minlovchi tizimdan o'chirilishiga roziligini bergandan keyin, o'ziga keldi. Ammo, shuning o'zida Billning omadi tugamadi. O'zining mo'jizaviy tirilishini nishonlash maqsadida, Morgan lotereya bileti sotib oldi va 1700 avstraliya dollariga teng avtomobil yutib oldi (xozirgi vaqtda avtomobil 2500 dollar turadi). Bu haqida mahalliy yangilik stansiyalari xabar topganlarida, ular Billning omadliligi bilan shu qadar qoyil qoldilarki, u haqida shou tayyorlamoqchi bo'ldilar. Dastur davomida Billdan yana bir chipta ustidagi himoya qoplamasini o'chirishni iltimos qildilar va .... u to'g'ridan to'g'ri efirda 250 000 dollar yutib oldi.



Chaqmoq panaseya sifatida

Chaqmoq urishidan ko'rish va eshtish qobiliyati qaytdi.

Chaqmoq urishidan ko'rish va eshtish qobiliyati qaytdi.

Chaqmoq urishi ehtimoli 1:12 000 ni tashkil etadi. Lekin, ko'r va karlar uchun bu imkoniyatlar oshadiganga o'xshaydi shekilli. 62 yoshli Edvin E. Robinson o'z uyi atrofida, alyumin xassasiga tayanib, orientir olib aylanib yurgan vaqtida, yomg'ir boshlanib qolgan va yagona daraxt tagiga berkingan. Va shu vaqtda uni chaqmoq urgan. 20 daqiqa davomida Edvin hushsiz bo'lib yotgan, o'ziga kelgandan keyin uyigacha etib bordi va qattiq uyquga ketdi. Robertson kechqurun uyg'onganida, unga ko'rish va eshtish qobiliyati qaytganini aniqladi. 


Lotereyalik millioner ayol

Yutuq bo'lsa, millionga bo'lsin.

Yutuq bo'lsa, millionga bo'lsin.

Lotereyada yutish imkonidan ko'ra, bosgiga asteroid tushishi extimoli ko'proq ekanini kamchilik biladi. Ammo, bu narsa Djoan Ginterga xalaqt bermadi. O'z hayoti davomida u lotereyada naqd to'rt marotaba yutgan bo'lib, butun dunyodagi olimlarning boshini qotirib qo'ygan. Shu bilan bir qatorda u arzimagan 20 yoki 50 dollar bo'lib qolmay, ko'p millionlik summalar bo'lgan. Avvaliga Djoan 5,4 million dollar yutib oldi, 10 yildan keyin 2 million dollar, ikki yil o'tgach 3 million dollar, so'ng esa naqd 10 million dollarni 2008 yili yutib olgan.


Atom portlashini ikki marotaba boshdan kechirgan inson

Ikki atom portlashini boshidan kechirgan yaponiyalik.

Ikki atom portlashini boshidan kechirgan yaponiyalik.

Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sutomu Yamaguti Mistubishi Heavy Industries ishchisi bo'lgan edi va mamlakat bo'ylab sayohat qilar edi.  Uning 1945 yildagi xizmat safari aynan Xirosimada bo'lgan edi, shunda u yerga birinchi atom bombasi tashlangan edi. Yamaguti yaralangan bo'lsada, u bombardimondan mo'jizaviy holda omon qoldi. Bundan so'ng u o'z uyi Nagosakiga qaytdi va ertasi kuniyoq ishga kirishdi. Va shu vaqtda ikkinchi bomba tushdi.

Bu hodisa uni dunyodagi eng omadsiz odamga aylantirdi deb ta'kidlashga asos bo'lishi mumkin edi, ammo yaponiyalik bu kishi ikkinchi portlashda ham omon qoldi.  Yamaguti butun hayoti davomida yadro quroli va texnologiyalariga qarshi chiqqan. Yaponiyalik bu kishi 93 yil yashab, 2010 yilning 4 yanvarida Nagasakida o'z uyida vafor etgan. 


Chiptani almashtirish va o'limni aldab o'tish

Aviahalokatdan so'ng samolyot.

Aviahalokatdan so'ng samolyot.

Ba'zida odamlar, faqatgina havfli holatlarni, o'zlari bilmagan holda, chetlab o'tishlari orqali tirik qoladilar. Odatda ular bunday omadni tasodiflarga yo'yadilar (masalan, to'satdan kasal bo'lib qolish yoki qoldirib bo'lmaydigan muhim ishlar paydo bo'lib qolishi) lekin, boshqa ba'zi hollarda, odamlar ularda paydo bo'lgan g'aroyib nimanidir qilmaslik  haqida gapirib beradilar. Atigi to'rt oy ichida gollandiyalik velosipedchi Maarten de Yong aviahalokatlardagi o'limni ikki marotaba aldab o'tdi. U MH17 reysidan joyni bron qilib qo'ydi, keyin esa, arzonroq reys topib o'z chiptasini almashtirdi. Bizga ma'lumki MH17 reysi Ukraina hududiga qulab tushgan. Shu bilan biriga Maarten MH370 reysi bortida safarni rejalashtirgan edi, biroq, oxirgi soniyalarda fikrini o'zgartirgan. Bu samolyot Janubiy Koreya dengisi ustida 2014 yilda bedarak yo'qolgan bo'lib, uni shu bo'yicha topa olishmadi. 


Nitiren

Nitiren - bosh kesiladigan kunda ustida omon qolgan odam.

Nitiren - bosh kesiladigan kunda ustida omon qolgan odam.

Nitiren XII asrda Yaponiyada mashxur rohib bo'lgan bo'lib, buddizmni yaponiyalik moslashtirilishiga ahamiyatli ta'sir o'tkazgan. Shunga qaramay, uning hayoti ziddiyatlarga va hayratomus voqealarga boy bo'lgan. U boshini tanadan judo etish yo'liorqali o'lim jazosiga hikm qilingan edi, chunki hukumat uning mehnatini qo'poruvchilik deb baholaganlar. Biroq, qatl etish vaqtida Nitiren mo'jizaviy ravishda o'limdan qochi qoldi: jallod qilichini, rohibni boshini tanasidan judo etidh uchun, tepaga ko'targan vaqtda, uni chaqmoq urib, o'ldirdi. Bu holni samodan kelgan belgi deb qabul qilshdi va Nitirenni ozod qilishdi.


Terri Pris

Omad keltiruvchi ustrisalar.

Omad keltiruvchi ustrisalar.

Ustrisalarni ko'pchilik yaxshi ko'radi: ular restoranlarda bo'lsin, yoki uy bekalari orasida bo'lsin, o'zinig pikant ta'mi tufayli, birdek mashxur. Ba'zilar ularni yaxshi afrodiziak deb hisoblaydi. Terri Prisga esa, bitta ustrisa ichidan ... gavhar topish omadi kulib boqdi ( 49 pensoga ularni bir nechtasini Tesco dan sotib olgan edi). Bunga o'xshash holning extimoli milliondan bittani tashkil etadi. 


Anders Xelstrap


Kishi parashyut bilan sakrashni amalga oshirayotganida, u bu ish ma'lum havf xatar bilan bog'liq ekanini albatta anglab turadi. Ammo xech kimsa parashyut bilan sakrayotgan vaqtida, uning yonginasidan meteorid uchib o'tib ketishini tasavvur ham qilmasa kerak. Aynan shu kabi hodisa Norvegiyalik Anders Xelstap bilan sodir bo'lgan. Unga xech kim ishonmadi, lekin u hammasini kamera yordamida sur'atga olishga muvaffaq bo'lgan edi.

Keyinroq olimlar Xelstrapning boshi tepasidan 20 kilometr yuqorida metiorid portlab ketganini tasdiqlashgan edi. 


Lina Palson

Sabzidan ham uzik topish mumkin, agarda omad kulib boqsa.

Sabzidan ham uzik topish mumkin, agarda omad kulib boqsa.

1995 yili shvedsiyalik Lina Palson, rojdestvo uchun pishiriqlar tayyorlash maqsadida qo'lidagi nikoh uzugini yechib qo'ygan edi. Ammo pishiriqlar tayyorlab bo'lgandan keyin, uzik yo'qolgani ma'lum bo'ldi. Bir necha yillik, samarasiz qidiruvlardan so'ng, u turmush o'rtog'i bilan birga, uzik butkul yo'qotilgan degan fikriga kelishdi. Biroq 2012 yili, oradan deyarli 16 yil o'tib, Lina tomorqasidan bir necha sabzi terib kelish uchun chiqqanida, xayratda qolgan ayol sabzilarning birida o'z uzigini topdi. Sabzi urug'larini ekayotgan vaqtda, urug'lardan biri, yerda yotgan uzik orasiga tushishi extimoli nolga qarab ketmoqda, ammo, bu hodisa yuz bergan.


Frane Selak

Frane Selak - dunyodagi eng omadli odam.

Frane Selak - dunyodagi eng omadli odam.

Uni "dunyodagi eng omadsiz omadli kishi" deb atashgan. Xorvat Frane Selak o'limni bir emas, ikki ham emas, qarangki, etti marotaba aldab o'tgan. Uning o'lim bilan birinchi uchrashuvi 1962 yili yanvar oyida yuz bergan. Frane ketayotgan poezd relslardan chiqib ketib, muzlagan daryoga qulab tushgan. Voqea guvohlari uni qirg'oqqa olib chiqdilar, bunda u qo'li sinishi va yengil gipotermiya bilan qutilib qolgan. Boshqa qolgan 17 yo'lovchilar esa xalok bo'lishgan.

Oradan bir yil o'tib, uning samolyotdagi birinchi va oxirgi parvozi davomida, u uchayotgan samolyot balandlikni yo'qotishni boshlagan va yerga qulab tushgan. Franeni samolyotning ochilib ketgan eshigidan tashqariga uloqtirib yuborgan va qandaydir yo'l bilan u somon uyumiga qo'nib tushishga muyassar bo'lgan, hamda xech qanday jaroxat olmagan.  Samolyot esa qulab tushgan va 19 ta odam xalok bo'lgan. Bundan so'ng, oradan uch yil o'tib, 1966 yili, Selak ketayotgan avtobus yo'ldan ketib, daryoga qulab tushgan. Bu hodisada to'rt nafar yo'lovchi cho'kib ketgan, omadli xorvat esa, eson omon qirg'oqqacha suzib yetib borgan.

Ikki yil o'tib, Frane Selak o'z o'g'liniqurol ushlashga o'rgatishga harakat qilayotgan vaqtda, miltiq otib yuborib, Franening testikulalarini otib ketdi... lekin u yana tirik qolgan. So'ngra, 1970 va 1973 yillarda u , ikki galda ham avtomobil yonib ketgan holdagi, avtoxalokatlarga uchragan. Xammasi faqatgina kuygan sochlar bilan yakunlangan. Lekin bunda ham o'lim bilan o'yinlar tugamagan. 

1995 yili Franeni Zagrebda avtobus urib ketadi, bunda u faqatgina yengil jaroxatlanib qolgan. Bir yil o'tib esa, u Birlashgan Millatlat Tashkilotining yuk mashinasi bilan, tog' yo'lida qilayotgan safari davomida to'qnashib ketishidan saqlanib qolgan. Franening avtomobili 100 metrlik jarlikka, yo'l chetidagi to'siqni buzib, qulab ketgan, xorvatni esa, ochilib ketgan eshik orqali tashqariga uchirib chiqarib yuborgan. 

Va o'z omadi so'ngiga, 2003 yili, 73 yoshga to'lganidan ikki kun keyin, Frane Selak xorvat milliy lotereyasida 1 100 000 $ yutib olgi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook