Ozishga yordam beruvchi ziravorlar
Ozishga yordam beruvchi ziravorlar
Chiroyli qomatga ega bo’lishni hamma xohlaydi, biroq unga erishish oson emas. Chiroyli qomat bo’lishi uchun tana ortiqcha kilogrammlardan xalos bo’lishi kerak, ortiqcha vazn bilan birga ba’zi kasalliklar ham ketadi. Buning uchun esa ma’lum bir rejimga o’tish va unga muntazam amal qilish kerak bo’ladi.
“Soglom turmush tarzi” deganda,biz ratsionimizda kam miqdorda yog’liq, qovurilgan, sho’r va shirin taom bo’lishi kerakligi nazarda tutiladi. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, to’g’ri ovqatlanish tizimida ziravorlarning ham ahamiyati katta, buni ayniqsa sharqda yaxshi biladilar. Parhezli ziravorlarning bir necha xili bor, ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.

Vanil

Vanil
Vanil (xushbo’y ziravor) – juda foydali ziravor bo’lib, u past kaloriyali taomlarga unutilmas maza berib va ularni yengil desert holiga keltiradi. Vanilin sababli organizm tezroq to’yadi hamda o’zining jalb qiluvchi nozik hidi bilan kayfiyatni ko’taradi.

Qalampirmunchoq

Qalampirmunchoq
Qalampirmunchoq – turli xil marinadlar, sous, pishiriqlarni tayyorlashda hamda go’sht va sabzavotlarni dimlashda ishlatiladigan ziravor vaznni sezilarli darajada kamayishiga yordam beradi. O’zining mast quluvchi hidi va o’tkir achchiq ta’mi tufayli qalampirmunchoq kichik miqdorda glintveyn ichimligini tayyorlashda ishlatiladi, xalq tabobatida esa antiseptik vosita sifatida foydalaniladi.

Zanjabil

Zanjabil
Zanjabil (imbir) – bu ta’m beruvchi ildizdan tayyorlangan ziravor davolovchi xususiyatga ham ega: organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi va tezlashtiradi, shlaklar chiqishini ta’minlaydi hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bu esa o’z navbatida ortiqcha vazndan xalos bo’lishga xizmat qiladi.

Qora murch

Qora murch
Qora murch – bu aynan siz uchun kerakli ziravordir. Axir uning tarkibida ortiqcha yog’ning erishiga xizmat qiluvchi hamda ortiqcha kaloriyani sarf qiladigan “piperin” moddasi mavjud. Bundan tashqari murch qorin dam bo’lishida va ovqat hazm bo’lmasligida yordam beradi – u organizmni isitadi, bu bilan undagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Xantal

Xantal
Gorchitsa (xantal) – parhezli ovqat ratsionining eng kerakli va foydali ziravoridir. Bu ziravor ham organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi va o’z-o’zidan ortiqcha vaznning ketishiga xizmat qiladi.

Kardamon

Kardamon
Kardamon – bu zanjabilgullilar oilasiga mansub bo’lgan dorivor yog’ erituvchi xususiyatga ega bo’lib, ichaklarni tozalaydi, organizmdan tuz va shilimshiqlarni chiqarib yuboradi.

Kurkuma

Kurkuma
Kurkuma – juda foydali ziravor bo’lib, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi, organizmdagi kaloriya va yog’larni eritadi hamda ichaklarda qulay mikroflorani yaratadi.

Yalpiz

Yalpiz
Yalpiz – dorivor o’simlik, uning barglari ovqat hazm qilish yo’lini yaxshilovchi, safro haydovchi va ko’ngil aynashini bosuvchi xususiyatga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook