Pitsa haqidagi qiziqarli faktlar
Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u, tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Barchaga birdek yoqib ulgurgan pitsa haqidaku aytmasak ham bo’ladi. Maqolamiz orqali pitsa haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchimiz.

“Pizza Hut” pitsa tarmog'i 1994 yilda onlayn pizza buyurtma qilishni taklif qila boshladi.

Avstraliyadagi katta pitsa, taxminan 28 sm, AQShdagi o'rtacha pitsadan kichik. AQShning o’rtacha pitsasi kattaligi 30 sm.

Pitsaning narxi 50 yil mobaynida Nyu-York metrosidagi yo'l haqi narxi bilan bir xil edi. Iqtisodchilar buni "pizza prinsipi" deb atashdi.

2001 yilda “Pizza Hut” pitsa tarmog’i Xalqaro kosmik stantsiyaga pizza etkazib berishni tashkillashtirgan. Ularga pitsa yetkazib berish 1 million dollarga tushgan bo’lishiga qaramay, bu ular uchun yaxshigina reklama bo’lgan.

1993 yilda “Domino” pitseriyasi "biz 30 daqiqadan kamroq vaqt ichida pitssa yetkazib berilishini kafolatlaymiz" tamoyilini bekor qildi, chunki ularning haydovchilari ko'pincha pizza yetkazib berishga shoshilish tufayli baxtsiz hodisalarga sabab bo'lishgan.

2012 yilda UGNazi xakkerlardan tashkil topgan guruhi “Papa John” pitsa tarmog’ining veb-sahifasini bloklab qo’ygan. Boisi esa ularning buyurtma qilgan pitsalari 2 soatdan so’ng yetkazib berilgani edi.

Amerikada sekundiga 350 bo'lak pitsa sotiladi.

Pitsani muzlatishga ixtisoslashgan birinchi kompaniyalardan biri Pizza familiyali oila tomonidan boshqariladi.

Bir paytlar Ledi Gaga o'zining konsertini navbat bo’lib kutayotgan muhlislari uchun 1000 dollarlik pitsa sotib olgan edi.

2004 yilda “Pizza Hut” pitsa tarmog’i xaydovchi-ekspoditorini jinoyatchini otib tashlagani uchun ishdan bo’shatib yuborgan.

Pitsa ko’rinishiga ega bo’lgan va uning ifori anqib turadigan DVD disk mavjud.

Amerikadagi eng katta pitsa tarmog'lari – Pizza Domino va Pizza Tezarlarning oralig’i atigi 18 milni tashkil etadi.

Nyu-Yorkdagi bir pitsa mazasida toza havoning o'ziga xos ta'mini sezasiz.

Alyaskadagi pitsereya samolyot orqali pitsani yetkazib beradi.

1995 yilda pitsa kureri Toriq Xamisa 14 yoshli to'da a'zosi tomonidan o'ldirilgan. Jabrlanuvchining otasi mahbusning bobosiga murojaat qildi va ular til topishdilar. Shundan so’ng ikkisi yoshlar bilan loyihani boshlashdi va loyihada 350 000 bolani jamlay olishdi.

Gavaya pitsasi ilk bor Kanadada yaratilgan.

Bitcoinning ilk tranzaksiyasi pitsa haridiga mo’ljallangan edi.

Kambodjada ko'plab pitsa tarmoqlari "baxtli pizza"ni taklif etishadi. Ushbu pitsa  ko'plab marixuanaga ega.

Kaliforniyadagi bir kishi pitsa bo’lagini o’girlagani uchun 25 yilga qamalgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations