Qadimgi tarixdagi g’alati va vahshiy spot turlari
Qadimgi tarixdagi g’alati va vahshiy spot turlari
To’g’risini aytganda, ajdodlarimiz shug’ullangan narsalarini bilsangiz ba’zida kulasiz, ba’zida esa daxshatga tushasiz. Qadimda eng ajoyib sport turlari qanday bo’lgan? Masalan, daryoning o’rtasiga qayiqda borib, eshkak bilan bir-birlarini urishgan. Yoki odam bosh suyagi bilan basketbol o’ynashgan. Ushbu maqolamizda shunday sport turlari haqida ma’lumot beramiz. Marhamat, hammasi haqida ketma-ket tanishishingiz mumkin.

1.Pankration

1.Pankration
Pankration zamonaviy qilib aytganda “qoidasiz jang” deb ataladi – uni qadimgi yunonlar amalda sinab ko’rganlar va bu sport turi boks, oyoq bilan zarba berish hamda kurash aralashmasi edi. Faqat ikkita qoida bor edi: tishlamaslik va ko’zni o’yib olmaslik, qolgan hammasi mumkin edi. Jang vaqti belgilanmagan edi: kamdan-kam holatlarda, sudya aralshganda, jang davom ettirilgan, to jangchilardan biri mag’lubiyatni tan olmaguncha yoki o’lmaguncha. Jangdan so’ng jangchi keyingi raqib bilan olishishi kerak edi va hamma qatnashchilardan faqat ikkitasi qolmaguncha jang davom etaverardi: ular bir-biri bilan olishgandan so’ng, g’olib bo’lgan chempion degan maqomga ega bo’lgan. Ajablanarli, ba’zi musobaqalarda bir vaqtning o’zida mingga yaqin jangchilar qatnashgan – bunday holatda musobaqa kun bo’yi davbom etar edi. “Pankration” nomi tarjima qilinganda “hamma kuchlar” degan ma’noni bildiradi, yunonlar bu sport turini Gerakl va Tesey o’ylab topgan, deb o’ylashgan. Bundan tashqari, matchlar muhim sport voqeasi edi, ko’pchilik spartaliklar o’yinlarda orttirgan tajribalari haqiqiy urushlarda ham ularga foydasi tegdi.

2. Baliqchilar turniri

2. Baliqchilar turniri
Tasavvur qiling, erkaklardan tashkil topgan ikki guruh qayiqlarga sakrab tushib, Nil daryosining o’rtasiga borib, eshkaklar va o’tkir tayoqlar bilan bir-birini urishadi. Bu sport fir’avnlar davrigacha mashhur bo’lib kelgan va ko’p marta qonxo’r balchiq timsohlari va gippopotamlarni jalb qilgan, timsohlar o’yinchilarga tashlanardi. Keyinchalik jangari o’yinlarning analogli turlari yunonlar va rimliklarda paydo bo’ldi, keyinchalik shunga o’xshash sport turlari Fransiyada tiklandi, u yerda qon to’kilmas edi, hatto timsohlar ham yo’q edi.

3. Navmaxiya

3. Navmaxiya
Navmaxiya – bu Rimda dengizchilar turniri, nomi tarjima qilinganda “dengiz jangi” degan ma’noni anglatadi.Rimliklar arenani suv bilan to’ldirib, u yerga qayiqlarni qo’yishardi va mashhur dengiz janglarini sahnalashtirishar edi. Ba’zida bu qonli tomosha bo’lardi, unda asirga olinganlar yoki o’limga hukm qilinganlar qatnashishgan. Shunga o’xshash sport tadbirlaridan Navmaxiya o’lim soni ko’pligi bilan ajralib turardi.

4. Venatsio

4. Venatsio
Musobaqa kim uchun qiyin – qullar uchun yoki jang qilishga majbur bo’lgan hayvonlar uchun. Rimliklar hayvonlar va odamlar ro’para kelishiga shunchalik qiziqishganki, Kolizeyni tantanali ochilishida odamlarga qarshi 9 000 ga yaqin yovvoyi hayvonlar qo’yilgan, ularni bir qismi o’ldirilgan. Keyinchalik qoidalar o’zgardi: masalan, ba’zida odamlarga qurol berishmasdi, ularni raqiblari sherlar va ayiqlar edi, odamlar bo’lsa ularni qandaydir yo’l bilan mag’lub etishlari kerak edi yoki o’zlari halok bo’lishardi. Ba’zida bu musobaqa drama sifatada o’tkazilgan – odamlarni teatr syujeti qahramonidek tassavvur qilishgan. Rim hukumati shunday qilib ikki maqsadga erishgandi: jinoyatchilarni qatl qilishgan va tomoshabinlar uchun ermak bo’lgan.

5. tayoqlar yordamida jang qilish – nguni

5. tayoqlar yordamida jang qilish – nguni
Bu bizning kunimizgacha yetib kelgan ushbu ro’yxatdagi sport turlaridan biridir, masalan tayoqlar yordamida qabilalar o’rtasidagi jang – har bir ishtirokchining hamla qilishi uchun bitta va himoyalanishi uchun bittadan tayoqlari bo’lgan. Bu sport turida odam o’lishi deyarli bo’lmaydi, biroq o’yinchilar maydonni katta jarohatlar bilan tark etadilar. Keyinchalik bu jarohatlar chandiq bo’lib qolganda jangchilar ulardan mag’rurlanib yuradilar. Ko’pgina hollarda bunday janglar to’y marosimlarining birqismi hisoblanar edi: kelin va kuyovning qarindoshlari bir-birlariga qarshi chiqib, qaysi guruh kuchli ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lganalar.

6. Pelota

6. Pelota
Bu o’yin chim ustidagi xokkeyni eslatadi, faqat Mezoamerikada yonayotgan shaybani ishlatilgan. Oxirgi yillarda Meksikada bu sport turini qayta tiklash muhokama qilinmoqda, buni hattoki Meksika hukumati ham ma’qullamoqda.

7. Boldirga tepish

Ikki ishtirokchi bir-birini bo’ynidan ushlab, so’ngra raqibining boldiriga qarab tepadi – bu sport turi bir necha yuz yildan bera Angliyada o’tkazilib kelinmoqda. Bu sport turi boshqa yuqoridagi o’yinlarga o’xshab juda qadimiy bo’lmasada hamda o’lim bilan yakunlanmasa ham, qadimda bu o’yin ishtirokchilari o’g’ir etiklar kiyib, so’ngra turli kattalikdagi bolg’alar bilan oyoqlarga qarab urilganini hisobga olganda, bu sport turi bizning ro’yhatdan o’rin olishga haqli. Kim birinchi raqibini yerga dumalatsa – o’sha ishirokchi g’olib bo’ladi. Bugungi kunda boldirga tepish bo’yicha butun jahon chempionati ham mavjud.

8. Tuyalar ustidan sakrash

8. Tuyalar ustidan sakrash
Ushbu sport turi Yaman hududida istiqomat qilgan Zaranik qabilasi tomonidan o’tkazib kelingan va bugungi kunda yana ommalashmoqda. Ishtirokchilar imkon qadar ko’proq tuyalarning ustidan sakrashlari kerak.

9. Pato

9. Pato
Pato – Argentinaning rasmiy sporti. Qadimda to’p o’rniga tirik o’rdakdan foydalanilgan, biroq bugungi kunda Argentina hukumati bu o’yin ishtirokchilarini oddiy to’p bilan o’ynashga majburlamoqda. Pato – bu polo va basketbol o’rtasidagi o’yindir: o’yinchilar otda chopadilar va ikkala jamoani vazifasi – to’pni o’zining tarafiga olib kelish. Siz savol berishingiz mumkin: nega oldingi paytlarda to’p o’rniga o’rdak ishlatishgan? Original versiyada musobaqa maqsadi bu o’rdakni qayta “rancho” ga haydab borish kerak edi, ba’zi hollarda boshqacha qilib aytganda: fermalar “darvoza” vazifasini o’taydi. O’yin vaqtida pichoqbozlik oddiy hol edi, o’rdak o’lishi aniq edi. 18-chi asr oxirlarida ba’zi katolik ruhoniylari bu o’yinda zo’ravonlik qilingani uchun uni to’xtatishga harakat qilishdi, hatto o’yin paytida o’lgan odamlarni dafn marosimini o’tashmas edi, ammo hozirgi kunda patoda zo’ravonlik alomatlari yo’q.

10. Buzkashi

10. Buzkashi
Buzkashi – Afg’oniston milliy sporti: o’yinchilar to’dasi jahl bilan echki terisi uchun kurashadilar, ular darvoza chizig’idan o’tishlari kerak. Afg’onistonni tolibonlar boshqargan vaqtda bu sport turi ahloqsiz deb, taqiqlab qo’yilgan edi, tolibonlar haydalgandan keyin, bu sport yana mashhur bo’lib ketdi – ba’zi o’yinlarda mingdan ortiq odamlar qatnashadi. Kallasi yo’q echki terisi ishlatilgani vaxshiylikdek ko’rinadi, lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi vaqtda ham ko’p sport turlarida o’lgan hayvonlar terisidan foydalanilmoqda. Bu sport turi bizning O’zbekistonda qadimdan o’tkazilib kelinadigan uloq o’yinimizga juda o’xshash.

11. Vikinglarda teri tortib keltirish

O’yin arqon tortishishga o’xshaydi, faqat arqon o’rniga hayvonlar terisi bo’lardi va ular katta yonayotgan chuqurda o’yin o’ynashardi. Odatda g’oliblarga boy o’ljalar tushardi: ular aholini tunashga va ayollarni zo’rlashga ruxsat olishgan. Mag’lub bo’lganlarni qo’rqoqlar ded atashgan va qo’yib yuborishgan yoki olovda qoldirishgan.

12. Ulama

12. Ulama
Maya qabilasi tomonidan o’ylab topilgan bu sport turi tarixdagi eng aqlsizlardandir. Shunga qaramay “ulama” o’yini Markaziy Amerikaning ba’zi joylarida hozirda ham ommamivligicha qolmoqda. Bu o’yin basketbolga o’xshab ketadi: devorga qotirilgan halqaga o’yinchilar to’pni tushirishlari lozim. Ho’sh, nima qilibdi, bu o’yinning nimasi yomon? Gap shundaki, Maya qabilasining o’yinchilari to’p o’rniga odam kallasidan foydalanganlar. Ular shuncha kallani qayerdan olganliklariga hayron qolasan. Ehtimol, bu mag’lub bo’lgan o’yinchilarning kallalari bo’lishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook