Qanday ko’rinishdagi ayollar ko’proq e'tiborni jalb qilib, maftunkor ko'rinadilar?
Qanday ko’rinishdagi ayollar ko’proq e'tiborni jalb qilib, maftunkor ko'rinadilar?
Ayollar go’zal hilqat vakillaridir. Dunyoda esa hunuk ayolning o’zi bo’lmaydi. Ularning barchalari o’ziga yarasha latofat va jozibaga egadirlar. Quyidagi maqolamizda turli tuman go’zallarning aynan qaysi qiyofadagilarini erkaklar ko’proq payqashlari haqida psixologlar fikrlariga tayangan holda ma’lumotlar keltirib o’tdik. Ushbu ma’lumotlar sizga qiziq bo’ladi deb umid qilamiz!

Psixologlarning ta'kidlashicha, erkaklar ongsiz darajada ayollarni yuz qiyofalari orqali payqashar ekanlar. Vaqt o'tishi bilan ularning fikrlari o'zgarishi mumkin. Biroq bugungi kundagi erkaklarning ayollar borasidagi fikrlarini bilish maqsadida psixologlar tomonidan turli maxsus tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning natijlarini esa sizning hukmingizga havola etdik.

Amerikalik olimlar erkaklar uchun eng jozibali narsa ayollarda yonoqlarning mavjudligi ekanligini deya ta’kidlashdi. Ularning fikrlariga qaraganda, yoqimli ko'rinadigan yonoqlar va unchalik katta bo’lmagan iyak latofatli ko’rinishning eng asosiy belgilari ekan. Mutaxassislarning bu fikrni quyidagicha izohlashdi. Ularning aytishlaricha, bunday yuz qiyofasiga ega ayol juda yoqimtoy va muloyim bo’lib ko’rinadi, shu bois ham ular bir qaraganlarida bu kabi ayolda o’z juftlari va bo’lg’usi farzandlarining onasini ko’rishadi. 

Yana bir e’tiborli hususiyat sifatida toza va silliq terini sanashadi. Bejizga silliq yuz terisi ayolning tashrif qog’ozi deyilmadi-da! Muammoli yuz terisidan silliq yuz terisini saralashlari boisi - ular silliq yuz terisi ayolning salomatligi darakchisi deya hisoblashlaridadir. Albatta silliq va muammosiz yuz terisi ham o’ziga yarasha husnning  asosi bo’la oladi.

Eng so’nggi va eng ajoyib hususiyat – bu ayol yonog’i va burnidagi sepkillar! Xa, aynan shunday! Erkaklar sepkillari bor ayollarni ham juda jozibali deya sanashar ekan. Ularning fikrlariga qaraganda sepkilli qizlar hushchaqchaq va quvnoq bo’lishadi. Erkak kishi esa har doim o'z hayotini yanada baxtli qiladigan, zavqu-shavqqa to’ldiruvchi quvnoq ayolni qidiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook