Qayg'uli kapalaklar
Qayg'uli kapalaklar
Buvisining xotirasiga bag’ishlab 800 ta qo’g’ozli kapalak qirqib chiqqan qiz haqida.

Rassom va illyustrator Mariya Aristidu Kiprda yashaydi. Bir oy oldin uning buvisi olamdan o’tdi va qiz o’zidan-o’zi  qog’ozdan kapalaklar qirqa boshladi. Bu mashg’ulot uni tinchalntirardi. O’tgan yilning dekabr oyida Larnakada Mariya o’zining studiyasini ochgan edi. Qirqib olgan qog’oz kapalaklarini buvisining xotirasiga bag’ishlangan vitrinani bezatishga ishlatdi. 

“Buvimning vafotidan so’ng men qog’ozdan kapalaklar qirqib ola boshladim. Bunga hech qanday g’ayrioddiy sabab yo’q. Shunchaki menga kapalaklar yoqadi”.

 

“Qaysidir ma’noda bu juda tinchlantirar edi. Jarayonda men yig’lab ham olardim, kulardim ham va birga o’tqazgan vaqtlarimizni yodga olardim”.

“Menda 800 dan ortiq kapalak paydo bo’ldi. Ularni dunyo bilan bo’lishgim keldi”.

“O’tgan yilning dekabr oyida ona shahrim Larnakada men o’z studiyamni ochdim”.

“Menda buvim, buvam va otam xotirasiga bag’ishlab yangi konseptual vitrinani bezatishda kapalaklardan foydalanish g’oyasi paydo bo’ldi”.

“Bu ularning merosini asrab qolish edi”.

“Ularsiz men hech niarsaga erishmagan bo’lar edim".

“Har bir kapalakni skaner qildim, sifatli qog’ozda bosib chiqardim, qo’l mehnati bilan kesib chiqtim, bezatib bo’yadim va vitrinaga joyladim”.

“Bu bir oylik mehnatimning samarasi”.

“Dadajon, buvajon va buvijon, hammasi uchun rahmat. Bu – siz uchun”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook