Choy, qaxva, pechen'e va bir yida bitta - ikkita korporativlar - ko'pincha bular ofis hodimlarining katta qismi umid qilsa bo'ladigan narsalardir. Lekin, Britaniyaning portallaridan birining asoschisi Kris Morling (Chris Morling) o'z qo'li ostidagi hodimlar uchun yerga jannat yaratishga qaror qildi. O'z hodimlarining qulayliklari uchun u hatto o'z qasrini stilli va aql bovar qilmas darajada qulay ofis qilib qayta qurdi.
Mister Morling, "money.co.uk" portalining asoschisi, o'z orzusini amalga oshirish uchun 4 million dollardan ortiq mablag'ni sarf qilgan bo'lib, ishlash uchun eng qulay joy yaratdi. U o'z jamoasini eng qimmmatbaho aktiv deb hisoblaydi. Shuning uchun money.co.uk ga ishlaydigan odamlar haqida qayg'urish - bu uning eng asosiy tashvishlaridan biridir.
Ofisning ba'zi bir xonalari pop-art stilida jihozlangan.
Bepul ovqatlanish, bonuslarning va imtiyozlarning qulay tizimi, asosiysi aql bovar qilmas darajada zo'r ofis - Kris Morling haqiqatdan ham juda yaxshi harakat qilgan.
Xonalarning biri afsonaviy "Muzlik davri" multigidagi "muzli g'orga" aylandi.
Hodimlar ishda vaqtlarini maroqli o'tkazishlari uchun britaniyalik biznesmen Glostershir grafligidagi kichik shaharcha Sayrensesterda joylashgan o'zining qadimiy qasrida zamonaviy ta'mirlash qilishga qaror qildi.
Ovqatlanish xonasi-oshxona o'yin zonasi bilan.
Birinchi qarashdan 930 kvadrat metr maydonli qasrda joylashgan ofis - bu yo'l qo'yib bo'lmaydigan dabdabadek tuyulishi mumkin. Biroq, Kris Morling ta'kidlashicha, London ichidagi u qadar katta bo'lmagan joy unga qimmatroqqa tushar edi.
Erkaklar va ayollar hojatxonalari shunday ko'rinishga ega.
"money.co.uk" ofisi - bu yorqin ranglar, qulaylik, "boshqa narsaga chalg'ish" va dam olish imkoni. Kris Morling bunday mo'jizaviy ish joyida hodimlar samarali va xursandchilik bilan ishlashlarga ishonadi.
"Yulduz janglari" stilidagi kinoteatr.
Xozirgi vaqtda "money.co.uk" loyihasida 50 ta odam mashg'ul. Hamda, dizayn jamoaning har bir a'zosining ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yaratilgan. Kris Morling o'zi shaxsan har bir hodimidan ular o'z ish joyini qanday tasavvur qilishlarini, ularga ni yetishmasligini so'rab chiqqan.
"money.co.uk" hodimlar uchun sport zali.
"money.co.uk" dagi hodimlar ishga kelishni juda yaxshi ko'radilar, sababi bu yerda ozodlik va o'zaro tushunish atmosferasi hukm suradi. Kollektiv a'zolari ularda natijaga ishlash uchun katta motivasiyalari bor deb ta'kidlaydilar. Axir u yerda ular haqida qayg'uradilar, ularning rivojlanishlariga va o'zini realizasiya qilishga imkon beriladi. Shuning uchun kinoteatr va stol o'yinlari hodimlarga o'z vazifalarini sifatli bajarishlariga halaqit bermaydi. Ehtimol dunyodagi eng zo'r ofislarida hodimlar shunga o'xshab ishlasalar kerak.
Сообщения из Facebook