Qiziqarli dunyo: Britaniyalik jekpot yutib, rok festivalni qutqarib qoldi
Qiziqarli dunyo: Britaniyalik jekpot yutib, rok festivalni qutqarib qoldi
Lotoreyaning ko’plab g’oliblari, yutuqdan boshlarini yo’qotib, pulni behuda sarflab, degradatsiya qilishni boshlaydi. Ingliz Edrian Beyford esa, 148 million funtli jekpot yutib olib, o’ziga va odamlarga yaxshilik qildi – Kembrijdagi mahalliy musiqiy festivalni qutqarib qoldi.
Britaniyalik juftlik Edrian va Jillian Beyford 2012 yilda umumyevropa lotoreyasi EuroMillionsda jekpot yutib, 148 million funt egasiga aylandi (190 mln yevro). Bunday ajoyib yutuqqa erishishdan oldin Beyfordlar Safflok grafligidagi Xeyverxillda yashashgan. Edrian pochtalyon, rafiqasi Jillian esa hamshira bo’lib ishlagan.
Pulni olib, oila Shimoliy Angliyadagi georgiyan saroyiga ko’chib o’tdi. Asosiy uyda yettita yotoqxona, to’rtta hammom va to’rtta mehmonxona. Yana hududida uch yotoqxonali fermer uyi, to’rtta kottej va xo’jalik qurilishlari mavjud. Yer maydoni 100 akrdan oshadi (40.5 gektar), o’rmon va qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirsa bo’ladi. Bu butun go’zallik oilaga 6 million funt sterlingga tushdi.
Odatga ko’ra, bunday moliyaviy o’zgarishlar oilaga zarar ham ko’rsatdi. Omadli Beyfordlar pul yutug’idan 15 oy o’tib ajrashib ketishdi, aniqlanishicha, rafiqasi bog’bon bilan xiyonat qilgan. Edrian ham qarzdor bo’lib qolmadi, o’ziga yoshgina xushtor topib oldi, biroq u Edrianni tashlab, narsalarini o’g’irlab ketdi.
NIma bo’lganda ham 46 yoshli Edrian bunday voqealardan o’ziga kelgandan so’ng, odamlarga yaxshilik qilishni boshladi. U o’zi sevgan rok festival ijaraga joy bo’lmaganligi uchun yopilayotgani haqida bilib qoldi. Shunda mehmondo’st Edrian tashkilotchilarga festivalni o’zining yerlarida o’tqazish taklifini bildirdi. Yana tekinga.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, yangi multimillioner musiqaga befarq emas. Avvalgi pochtalyon Kembrijdagi Black Barn Records nomli rgamplastinka va musiqa suvenirlar do’konini sotib olgan.
Kembrij rok festivali hozir o’tmoqda. Multimillioner o’zi muxlislar orasiga chiqib, jurnalistlarga “Men odamlar dam olishini xohlayman. Atrofda odamlar xursandchilik qilsa, o’zimni baxtli his qilaman” dedi.
Kembrij musiqa festivali katta masshtabli hodisa emas. Bu yili unga 1000 ta atrofida chipta sotildi, namoyishchilar ichida esa 80 tacha guruh bor, ular orasida Eddie and the Hotrods, FM va Tygers of Pan Tang. Ammo musiqani qutqarish uchun pul tikadigan odamlar borligi dilni quvontiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook