Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar
Qiziqarli dunyo: Dunyodagi kaliti topilmagan 10 ta eng yirik topishmoqlar
Shifrlar, topishmoqlar va kodlangan jamoaviy xatlar bizni o’z sirliligi bilan juda qiziqtirib qo’yadi doimo: Nega bu xat shifrlangan? Qanday buyuk sirlarni u o’zida saqlashi mumkin?
Eng yaxshi tarixchilar, daho kriptograflar va xazina izlab yuruvchi eng ashaddiy ovchilarning harakatlariga qaramasdan, tarix, bizni hozirgacha shoshirib qo’yadigan topishmoqlar bilan to’la. “Kod Da Vinchi” va “Millat boyligi” filmlarida tasvirlangan o’ylab topilgan hikoyalar real hayotdagi sirlarga hech qanday aloqasi yo’q. Bizning o’ta sirli kaliti topilmagan topishmoqlar va yechilmagan shifrlardan iborat ro’yxatimizga bir nigoh tashlang.

Voynich Manuskripti

Polyak-amerikalik antikvar kitoblar savdogari Uilfrid M.Voynich nomiga atab nomlangan, u tomonidan 1912 yilda topilgan, 240-betlik detallashtirilgan “Voynich Manuskripti” kitobi umuman noma’lum tilde yozilgan. Uning betlari shuningdek, rangli suratlar va qiziq diagrammalar, biror-bir tanish turga o’xshamas noyob hodisalar va o’simliklar rasmlari bilan to’la, bu hujjatga noaniqlik va sirlilikni qo’shadi hamda uni shifrini ochishga taaluqsiz qiladi. Manuskript muallifi aniq emas, ammo radiouglerodli analiz, uning betlari taxminan 1404 va 1438 yillar oralig’ida qilinganligi aniqlandi. Manuskript “Dunyodagi eng sirli qo’lyozma” deb atalgan.
Qo’lyozma paydo bo’lishi va tabiati haqida ko’pgina nazariyalar bor. Ba’zilarning fikrlariga ko’ra, u o’rta asrdagi va ilk zamonaviy tibbiyotga taaluqli turli bilimlarini tasvirlaydigan farmonusxa deb hisoblashadi. Ko’pgina o’tlar va o’simliklar rasmlari, u alximiklar uchun kitobga o’xshash narsa ekanligi haqida gumonlarni paydo qilgandi. Ko’pgina diagrammalar ko’rinishiga ko’ra astronomik hodisalarni tasvirlaydi degan fakt, identifikatsiyalanmaydigan biologic chizmalar bilna birgalikda hatto, ba’zi o’ychan nazariyashunoslarni kitobning kelib chiqishi o’zga sayyoralik deb hisoblashmoqda.

Kriptos

Kriptos – bu rassom Djim Sanborn tomonidan yaratilgan, Virdjiniyadagi Lenglida Markaziy tadqiqot boshqarmasi shtab-kvartirasida joylashgan sirli shifr bilan qoplangan haykaldir. U shunchalik sirliki, hatto MTB ham uning kodini oxirigacha ocha olmagan.
Haykal o’zida to’rtda shifrlanishni saqlaydi, ulardan uchtasini ocha olgan bo’lsalar, oxirgi to’rtinchisini hozirgacha anglab olishmayapti. 2006 yilda Sanborn uni topishga kichik bir ishora ko’rsatdi, ya’ni birinchi shifrlanishdan to’rtinchi shifrlanishni ochishga yordam beruvchi ishora bor dedi, 2010 yilda esa yana birini ochib berdi: 64-69 NYPVTT belgilari to’rtinchi qismda BERLIN so’zini anglatishini aytdi. Balkim siz uning kalitini topa olarsiz?

Beyl shifri

Beyl shifri bu amerika tarixidagi eng buyuk qazib qo’yilgan xazinalarining (minglab oltin, kumush va qimmatbaho toshlar funtlari) joyini taxminan ochib beruvchi uchta shifrdan iborat majmuidir. Xazina ilk bora Tomas Djefferson Beyl ismli sirli shaxs tomonidan 1818 yilda Koloradodagi oltin qazib olish tadqiqotlari topilgan.
Uchta shifrlardan faqat ikkinchisi dekodlangan. Qizig’I shu-kim, shifrning kaliti - Amerikaning mustaqillik Deklaratsiyasi shekilli, va qiziq fakt – Beylning ismi Deklaratsiya muallifining ismi sharifi bilan to’g’ri kelmoqda.. Dekodlangan matn xazina joylashgan hududga ko’rsatdi: Bedford Kaunti, Virdjiniya, biroq uning aniq joylashuvi qolgan shifrlardan birida kodlangan, shekilli. Bugungi kunda xazina qidiruvchilari misli ko’rinmas boylikni topish niyatida (ko’pincha nelegal tarzda) Bedford Kaunti tog’larini sinchiklab ko’rib chiqmoqdalar.

Fest diski

Fest diskining topishmog’i Indiana Djons uslubidagi tarixiy hodisaga o’xshaydi. Italiyalik arxeolog Luidji Pernye tomonidan 1908 yilda Festdagi minoy vayronalarida topilgan disk kuydirilgan loydan yasalgan va o’zida balkim ierogliflarning noaniq shaklini mujassamlashtirgan sirli belgilardan iborat. U miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikda yasalgan deb hisoblanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook