Ko’chalar haqida o’ylar ekanmiz, biz odatda ko’z oldimizga keng prospektlarni, raqamlar bilan belgilangan uylarni,shoshilmay yurayotgan piyofalarni va hamma yerda yurayotgam mashinalarni tassavuri gavdalanadi. Lekin, dunyoning ba’zi ko’chalari, ular biz uchun odatiy assosiasiyalardan farq qilib turishi bilan, sizni chuqur taajublantirishi mumkin. Sizning oldindizda sayyoramizdagi eng g’aroyib va eng vertikal ko’chalarining termasi!
1. Bolduin-strit, Danidin, Yangi Zelandiya (Baldwin Street, Dunedin, New Zealand)
Har kuni ishdan yoki o’qishdan keyin, uyigacha yetib olish uchun, Yangi Zelandiyaning Danidin shahari Bolduin-strit yashovchilariga 35 foizli ko’tarilishli qiyalikdan o’tishga to’g’ri keladi. Bu joyni, hattoki, “dunyoning eng keskin ko’chasi” deb ham atashgan va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritishgan.
Danidinning ko’p qismlari kabi, bu Yangi Zelandiya shahrining ko’chalari, mahalliy relyefning xech qanday hisob kitoblarisiz, 19 asrning o’rtalarida yotqizib chiqilgan edi. Ko’rinib turibdiki, yoki shahar quruvchilar o’ta kvalifikasiyasi past bo’lgan, yoki ularni bu rayonning bo’lajak aholisining qulyliklari umuman qiziqtirmagan. O’sha vaqtlardan beri, ularni har kuni,dam olib olish uchun, yoki hojatlarini chiqarish uchun, ularning xususiy xovlilariga kirib oladigan sayyohlar bezovta qiladilar! Vanihoyat, 2016 yili shahar hukumati, bu qadar antiqaviy ko’chaga tashrif etuvchilar oqimini zaririy sanitar sharoitlar bilan ta’minlash uchun, Bolduin-stritda jamoat hojatxonasini o’rnatdilar.
2. Kanton-avenyu, Pitsburg, AQSH (Canton Avenue, Pittsbugh, U.S.)
Kanton-avenyu – Pitsburgning eng mashxur ko’chalaridan biri bo’lib, u o’zining 37 foizli keskinligi bilan shuxrat qozongan! Bu yerda doimiy ravishda har yili velosipedli musobaqalar o’tkaziladi va bunday tadbirlarda ishtirok etishga, yaqin orada yashaydigan, faqatgina eng kuchli sportsmenlar jur’at etadilar. Bunday keskin qiyalikka ko’tarilish uchun velosipedistning faqatgina juda ham kuchli oyoqlar, balki juda ham kuchli yurak ham kerak bo’ladi. Bu bruschatkali yo’lning bo’lagi mashxur Dirty Dozen (kir o’n ikkilik) velopoyganing marshrutiga kiradi. 1983 yildan beri uning davomida velosipedistlar o’z ichiga, tekkis uchastkalari umuman yo’q bo’lgan, 13 ta eng keskin ko’tarilishlari bor bo’lgan, 80 kilometrlik poygada qatnashadilar. 200 dan ortiq poygachilarning ko’pchiligining asosiy maqsadi g’alaba emas, balki butun marshrutni to’liq o’tishdir. Ba’zi velosipedistlarga, distansiyani to’liq bosib o’tish uchun, 7 soat davomida pedallarni aylantirish kerak bo’ladi.
3. Bakster-strit, Los-Anjeles, AQSH (Baxter Street, Los Angeles, U.S.)
Bakster-strit ko’chasi shu qadar keskinki, avtobuslar va juda ham uzaygan korpusli bosqa mashinalar, ko’pincha uning yuqori nuqtasida tiqilib qoladilar. Bu ko’cha Los-Anjelesdagi eng baland ko’cha emas, chunki bunday sharafga Eldrid-strit ko’chasi muyassar. Lekin, Bakster-strit alohida e’tiborga loyiq. Bu yerda gap ko’tarilishning keskinligidagina bo’lmay, balki pastga tushishning ham keskinligida.
Bakster-stritning qiyaligi naqd 32 foizni tashkil qiladi, va uning tepasida “stop” yo’l belgisi yo’q. Shuning uchun haydovchilarda pastga tushishga tayyorlanib olish, fikrlarini jamlab olishga vaqt yo’q. Siz o’z harakatingizda davom etib, yaxshilikka umid qilishingiz kerak bo’ladi.
Bu bo’lak 1872 yili qurilgan bo’lib, 1930 yillardayoq Bakster-strit “Kichkina muttahamlar” (Little Rascals) filmining kadriga tushgan. Hamda, o’sha vaqtdan ber,i avtomobil ishlab chiqaruvchilari o’zlarining konveyrdan endi chiqqan, yangi modellarini quvvatini demonstrasiya qilish uchun bu yerga yuborar edilar. Bakster-stritning qiyaliklarida sur’atga olingan, oxirgi mashxur roliklarining ichida, Qo’shma Shtatlarda mashxur bo’lgan, skeytbordist Nyuj (Nuge)ning pastga tushishining tasmasi bo’ldi.
4. Eldrid-strit, Los-Anjeles, AQSH (Eldred Street, Los Angeles, U.S.)
Vashington tog’I tomonidan Avenyu 50 va Kross-avenyu o’rtasidagi uchastkasida joylashgan Eldrid-strit ko’chasi (Mt. Washington, Avenue 50, Cross Avenue) o’zining aql bovar qilmas 66 metrlik tepeliklar almashinuvi va adrenalinli 33 foizli keskinligi bilan mag’rurdir.
Bu ko’cha shu qadar keskin ko’lgani sababli, bu yerga maxsus, kichiklashtirilgan, burilish vaqtida ag’darilib ketmaydigan qilib loyihalashtirilgan, axlat tashish mashinalari keladilar. Pochta xizmat esa, har bir uyga alohida ravishda korrespondensiya va jo’natmalarni yetkazib berishdan mutlaqo bosh tortdilar. Ular uchun maxsus guruglashtirilgan pochta qutilari tashkil etilgan bo’lib, ular tepalikning yon bag’rida joylashganlar. Ko’chaning oxirida yog’och zinapoyalar yo’lovchilarni tepalik bo’ylab yana tepaga yo’naltiradi, u Eldrid-stritning top ko’cha qismini Kross-avenyu bilan birlashtiradi. Kardiotrenirovka uchun juda zo’r joy!
Ko’cha 1912 yili qurilgan edi va bu yerda 20 asr boshlarida ko’chmas mulk egasi bo’lgan, Delos Eldridning sharafiga nomlangan edi. 1950 yillardan shahar hukumati keskin qiyalikli ko’chalarni qurishni ta’qiqlab qo’ydi va maksimal bo’ldan 15 foiz chegara belgilab qo’ydi.
5. Fargo-strit, Los-Anjeles, AQSH (Fargo Street, Los Angeles, U.S.)
Fargo-strit ko’chasi Ekxou (Echo Park) bog’iga yaqin joylashgan va Los-Anjelesdagi enf keskin tepalik bo’lib hisoblanadi, hamda butun Amrika bo’yicha eng keskin ko’chalardan biridir. Shahar ekspertlari uning qiyaligi 33 foiz ekanini tasdiqladilar. Bu ko’cha Pitsburgdagi Kanton-avenyu kabi, doimiy ravishda velopoygalarni o’tkazadi. 1974 yildan buyon mahalliy veloklub Los Angeles Wheelmen Club, har yili apxill bo’ylab bahoriy velopoygalarga sponsorlik qiladi. Tashkilotchilarning fikriga ko’ra, tepalikning uchiga yetib bora olganlar uchun asosiy mukofot bo’lib, sportsmenning katta kuch va matonati borligining tasdig’i, Fargo-strit bo’ylab yulduzli poygada qatnashgani haqida esdalik bo’lgan chiroyli tasma va g’ururlanish uchun haqqoniy huquqi bo’ladi.
6. Ueypa-Velli-roud, Gavay orollari, AQSH (Waipo Valley Road, Big Island of Hawaii, U.S.)
Gavay orilining bu rayoni – dunyodagi bunday uzunlikdagi yo’llardan eng keskini bo’lib, uzunligi 250 metrga yetadi. U vodiydan bir kilometr tepada joylashgan platoni Ueyp vodiysi bilan birlashtirib turadi. Qiyalikning o’rtacha gradusi 25 foizni tashkil qiladi, maksimal qiyaligi 40 foizni tashkil qiladi. Bu narsa yo’lni yuqorida aytib o’tilgan, Bolduin-strit va Kanton-stritlardan keskinroq qiladi. Bu yo’l shu qadar keskin tepaga ko’tariladiki, havfsizlik choralariko’rilib, u yer faqat to’rt g’ildirakli mashinalar, yo’lovchilar va velosipedistlar uchun ochiq.
7. Lombard-strit, San-Fransisko, AQSH (Lombard Street, San Francisco, U.S.)
Lombard-stritni “dunyodagi eng egri-bugri yo’l” deb atashgan bo’lib, u hattoki shu sababli Ginnes rekordlari kitobiga ham kirgan. U uzun serpantin bo’lganiga qaramay, Lombard-strit baribir juda ham keskin ko’cha bo’lib qoladi. Sayyohlar orasida uning mavjudligi haqida, u yangiliklarda paydo bo’lishigacha, 1950 yillargacha xech qanday ma’lumot bo’lmagan edi.
Lombard-strit kvartali Xayd va Livenvort (Hyde, Leavenworth) ko’chalari oralig’ida, xech qanday burilishlarsiz,yo’lning 27 foizli qiyaligida, bruschatkali qismi to’g’ri qilib qurilgan edi. Shahar quruvchilari rejalari bo’yicha, bu yerda piyoda yo’lovchilari uchun zona bo’ladi deb rejalashtirgan edilar. Chunki, mahalliy relef mashinalarni havfsiz haydashi uchun mos bo’lmagan edi. 1922 yili ko’cha aholisi bu rayonni avtotransport uchun yanada to’g’ri keladigan qilish maqsadida, o’z ichiga sakkizta keskin burilishlarni oladigan yo’lning loyihasini ishlab chiqishga yordam berdilar. Endilikda Lombard-stritdan har yili 1 millionga yaqin mashinalar o’tadi.
8. Veyl-strit, Bristol, Angliya (Vale Street, Bristol, England)
Haqiqiy sinovlardan o’ymoqchi bo’lgan, Britaniyalik velosipedistlar Bristolda bo’lib, u yerda Totterdaun (Totterdown) shaharchasidan Veyl-stritni topishlari lozim. Bu butun Buyuk Britaniyadagi eng keskin ko’cha bo’lib, u nafaqat o’zining 20 foizli qiyaligi bilan mashxur bo’libgina qolmay, balki har yili o’tkaziladigan Pasxa tuxumlarini tushirilish festivali bilan ham taniqli. Mahalliy aholi bu yerga har yili, sinib ketishidan avval, tuxumlarni kim ko’cha bo’ylab k’oproq pastga tushira olishini tomosha qilish uchun, Pasxada yig’iladilar.
9. Ebenizer ko’chasi, Uik, Shotlandiya (Ebenezer, Wick, Scotland)
Navbat boshqacha ma’nodagi keskin ko’chalarga yetdi. Masalan, Ebenizer ko’chasi dunyodagi eng kalta ko’chaligi bilan ajoyibdir. Uning uzunligi – atigi 206 sangtimetr! Bu jonli prospect kam, lekin ikki uch qadam bosib sayr qilish uchun yetarli.
Bunday ko’cha qanday qilib paydo bo’lishi mumkin edi? 1883 yili Uikga mashxur amerikalik admiral Aleksandr Sinkler (Alexandr Sinclair) tashrif etgan. U bu shaharning ikki eng jonli ko’chalariga chiquvchi mahmonxona qurishga qaror qilgan edi. Natijada binoning eshiklari ikki ko’cha orasidagi kichik o’tish joyida joylashgan bo’ldi. Mahalliy hukumat esa, mehmonxonani qaysi ko’chaga taaluqliligini hal qila olmadilar va ular uni yangi adres bo’yicha qayd qilishlariga to’gri kelgan. Endilikda, Ebenizer – mahalliy diqqatga sazovor joy, eski mehmonxona esa, uning birinchi va oxirgi uyi.
10. Yang-strit, Kanada (Younge Street, Canada)
Buzning ro’yxatimizni dunyoning eng uzun ko’chasi yakunlaydi. Mashxur shimoliy amerika ko’chasining uzunligi 1896 kilometrni tashkil etadi va u Toronto megapolisi va Kokran (Cochrane) shaharchasini deyarli birlashtirib turadi. U o’z yo’lida №11 shosse bilan birlashib ketar edi.
O’z vaqtida bu ko’chadan hidularning yo’llari o’tar edi. Lekin, keyinchalik bu yerga yevropaliklar keldilar va o’zlari bilan jangchilarni so’ng ko’plab ko’chib keluvchilarni olib keldilar. Bu ko’cha to’la qonli bo’lib 18 asr oxirida bo’la oldi. U vaqtda ko’chaning ikki tomonlarida ko’p sonli uylar va do’konlar paydo bo’ldi. Bugun bu yerda barlar va restoranlar, butiklar, konoteatrlar, kazino va tunggi klublar gurkiramoqda. Butun sutka davomida Yang-stritda sayyohlar va mahalliy aholi ko’ngilhushlim qiladilar va sayyoramizdagi eng uzun ko’cha sharafiga qadaxlarini ko’taradilar.
Сообщения из Facebook