Qiziqarli dunyo: Ensani qotiradigan 11 ta noyob restoranlar
Ko’pgina restoranlar pazandachilik san’atida bir birini ortda qoldirishga harakat qilishadi. Ammo dunyoda shunday ajoyib jamoat ovqatlanish joylari borki, u yerda asosiy e’tibor ovqatga emas, takrorlanmas muhit va misli bilinmas manzaralarga qaratiladi.
Biz siz uchun, qiladigan tushligingiz nafaqat ta’m bilish sezgilaringizga ta’sir qiladigan, balki qalbingizni xushnud etadigan eng noyob restoranlarni namoyish etamiz.

1. «Esher», Vaysbad, Shveytsariya

1. «Esher», Vaysbad, Shveytsariya Ushbu restoranli kichik mehmonxona Shveytsar Alplarining qoq markazida, 1500 metr balandlikda joylashgan. Bu yerga faqatgina piyoda yoki kanat yo’li bilan yetib olish mumkin, kichikroq yog’ochdan qurilgan mehmonxona binosi esa 100-metrli qiya qoyaga tirkab qurilgan.

2. «Sirokko», Bangkok, Tailand

2. «Sirokko», Bangkok, Tailand “Sirokko” restorani Tailanddagi eng baland binolardan birida, 250 metr balandlikda joylashgan. Restoran unchalik baland bo’lmagan panjara bilan o’ralgan, shuning uchun unga yaqinlashgan dadillar Bangkok manzaralariga hech qanday to’siqsiz qarab, bahra olishlari mumkin.

3. « Naxa Xarbor Diner», Okinava, Yaponiya

3. « Naxa Xarbor Diner», Okinava, Yaponiya Ulkan banyan daraxti shoxlarida, 6 metr balandlikda joylashgan restoranga kirish uchun vintli zinapoyadan ko’tarilish kerak. Bu joy shunishi bilan farq qiladiki, bu daraxt – inson qo’li bilan yaratilgan, va bu shunchalik mahoratli bajarilganki, bunga ishonish juda qiyin.

4. «Osmondagi tushlik», Brussel, Belgiya

4. «Osmondagi tushlik», Brussel, Belgiya 50 metr balandlikda, ko'tarish kraniga biriktirilgan ochiq maydondagi tushlikni “Osmondagi tushlik” restorani taklif etadi. Albatta, bu yerga tashrif buyuruvchilar o’rindiqlariga mustahkam bog’langanlar, biroq pastga bir bora qarashning o’zi yaxshigina adrenalin olish uchun yetarlidir.

5. «Itxaa», Rangali, Maldiv orollari

5. «Itxaa», Rangali, Maldiv orollari “Itxaa” restorani suv ostida 5 metr chuqurlikda barpo qilingan dunyodagi birinchi jamoat ovqatlanish maskani. Restoran gumbazi ko’rinishidan mayin plastikdan yasalgan, va uning ortidan sizga dengiz hayvonlari qarab turadi, va balkim aynan o’shalarning “qarindoshlarini” sizga taom sifatida keltirishgan.

«Stratosfera», Kuinstaun, Yangi Zelandiya

«Stratosfera», Kuinstaun, Yangi Zelandiya «Stratosfera” restorani ko’l ustida deyarli osilib turgandek go’yo, va bu hayratlanarli emas, axir u Kuinstaunning eng baland nuqtasi bo’lgan tog’ ustida qurilgan. Restoranga kirish uchun arqonli ko’targich yordamida ko’tarilish kerak, bu tepalikdan paraplan bilan uchib tushadigan ektremallar ham aynan shu yo’l bilan ko’tarilishadi.

7. «Appalin» aylanuvchan restorani, Saas-Fe, Shveytsariya

7. «Appalin» aylanuvchan restorani, Saas-Fe, Shveytsariya “Appalin” – Shveytsar Alplarida suv sathidan 3 500 metr balandlikda joylashgan, dunyodagi eng baland tog’li aylanuvchan restoran. Bundan tashqari, u tog’ning eng labida qurilgan, va tushlik vaqtida aylanma kapsulada o’tirib unutilmas hissiyotlarga berilishingiz kafolatlangan.


Maqolani baxolash?

Facebook Conversations