Duysburg shahrida dengizga chiqish yo’q, lekin bu nemislarga dunyodagi eng baland qumdan saroy qurishga halal bermadi: qurilmaning balandligi 16,68 metr.
1 sentyabr juma kuni Ginness rekordlari ritobining jyurisi saroyni ko’zdan kechirib chiqdi va unga g’alabani berdilar. Qurilmani uch hafta ichida o’nta davlatdan kelgan dizaynerlar ko’targan edilar. Buning uchun 3860 tonna qum kerak bo’ldi.
Loyihani Schauinsland-Reisen turistik kompaniyasi inisiasiya qildi. Bu record qo’yishning ikkinchi urunishi edi: 2016 yili saroyning katta qismi qulab tushgan, qurilmani esa, qum va suvdan tashqari yana qo’shimcha materiallar ishlatilgani uchun diskvalifikasiya qilishgan. Bu gal ham qulab tushishsiz bo’lmadi, lekin u u qadar kritik emas edi va jamoa dizaynni qayta o’zgartirib qo’ya qoldi.
Skulptor Lukas Bryuggemann bu yili qimni, asos kengroq va qum yaxshiroq presslangan bo’lishi uchun, ming tonnaga ko’proq ishlatganini tushuntirib berdi.
Duysburg saroyi 2017 yil fevralda record o’rnatgan Hindistonlik skulpturani birinchi o’rindan surib yubordi.
14,84 metrlik bu skulpturani Puri shahrida “Oltin Qumlar Tasviriy Maktab” (Sudarsan Sand Art Institute) yaratuvchilari qurganlar. Ishga to’qqiz kun ketgan.
Duysburglik skulptorlar jamoasi ularning ishlari eng yirik qum skulpturasi bo’lib uzoq vaqt qolishiga umid qilmaydilar. Rejalashtirilishicha, saroy 29 sentyabrgacha tegilmay turishi kerak.
Mahalliy aholi oxirgi haftalar davomida hayajon bilan saroy qurilishini kuzatgan edilar.
Сообщения из Facebook