Velosipedlar – chatoq yo’llar va parkovka qilishga joy yo’qligiga javob. Lekin nima qilish kerak, agar barcha avtomobilchilar velosipedlarga o’tib olsa? Shunday miqdordagi ikki g’ildirakli transport vositalarini qayerda saqlash mumkin? Bu savolga javobni Gollandiyalik arhitektorlar berishdi, ular rostdan ham bir qoyilmaqom narsa o’ylab topishdi
Velosipedlar uchun tengi yo’q parking.
Rossiya ulkan, lekin moshina qo’ygani joy yo’q. Aslida bu hazil ibora istalgan yirik shaharga to’g’ri keladi. Parkovka qilish joylarini muammosi huddi avtomobillarni yo’llarda to’lib ketganiday juda o’tkir muammo. Va butun jahonda velosiped transportini targ’ibot qilishmoqda, yo’llarga bu yuklanishni kamaytirish uchun, Gollandiya bir qadam oldinga yurdi, velosipedlar uchun ulkan yer osti parking ochib.
10 mingdan ortiq velosipedlar
Velosipedlar uchun majmua Utrextda paydo bo’ldi, Niderlandini eng yirik markaziy shaharlaridan birida. Shahar hukumati so’zlariga ko’ra, majmuani dunyoda tengi yo’q. Hozirgi kunda qurilish ishlari hali yakunlaganmadi. Veloparking to’liq ochilishi 2018 yilga rejalashtirilmoqda. Majmuani Stationsplein deb nomlashdi. Loyihaga ko’ra, u o’z ichiga 12 500 dan ortiq velosipedlarni sig’diray oladi ekan!
To’rt hildagi velosipedlar uchun joylar.
Bunday parkingni ochilishi hu bilan bog’likki, Yevropa shaharlarida velosiped rostdan ham ommalashmoqda, har kungi asosiy transport vositasi kabi bo’lmoqda. Velosipedni ommalashishi, nafaqat yo’lardagi tiqilinchlarni bartaraf qilayotgani uchun, balki arzon narxi, hammabopligi va ishlatishda osonligi uchun. Shuningdek, velosipedga yoqilg’i quyishni ham keragi yo’q.
Stationsplein parkingiga qaytib, shuni aytish joizki, u uch qavatdan tashqil qiladi. Uni Utrext golland temir yo’li boshqarmasini ostida qurishmoqda. Hozirda ochilgan va ishlayotgan qismi o’z ichiga 6 ming velosipedni sig’diray oladi. Majmuada standart velosipedlar uchun joy, nostandart velosipedlar uchun joy, keng rulli velosipedlar, hamda maxsus yuk velosipedlar uchun joy ham bor. Qurilishni yakunlanishidan so’ng, Stationspleinda nafaqat saqlashga o’z transport vositasini qoldirsa bo’ladi, balki arzimagan tiyinlarga velosipedni ijaraga ham olsa bo’ladi.
Velosipedlarni ijaraga ham olsa bo’ladi.
Сообщения из Facebook