Qiziqarli dunyo: “Welcome to Norway!” Sehrli mamlakatga kichik sayohat
Qiziqarli dunyo: “Welcome to Norway!” Sehrli mamlakatga kichik sayohat
Norvegiya allaqachon turistlar uchun taniqli joy. U odamlarni nafaqat o’zining go’zal manzaralari bilan, balki g’alati ertaklar, afsonalar va qiziqarli joylari bilan jalb qiladi.
Bundan tashqari, Norvegiyada hayot darajasi juda baland. O’rtacha oylik 3900 yevro, pensiya 4000 yevrogacha. Odamlar bu yerda boy va yaxshi yashaydi. Norvegiyada havo toza. Xotirjam va yengil nafas olasiz. Shaharda va qishloqlarda deyarli avtomobil ishlatilmaydi. Hamma velosipedda yoki piyoda yurishni afzal ko’radi. Norvegiya katta zaxiralar va imkoniyatlar mamlakati. Yildan yilga unga ko’proq odamlar tashrif buyurishi ajablanarli emas.

Reyn

Reyn
Ushbu qishloq ko’plab fotograflarning e’tiborini o’g’irlagan. U Lofoten orolida tog’ etaklarida joylashgan. Ko’plab sayyohlar bu yerga aynan qishda kelishni yaxshi ko’rishadi, ajoyib manzara va shimol yog’dusidan bahramand bo’lish uchun. Baliqchilar qishlog’i juda kichkina, shuning uchun bu yerni ikki soatda aylanib chiqsa bo’ladi. Shunga qaramasdan mahalliy aholi mehmonlar vaqtini chog’ o’tkazishi uchun qo’lidan kelganini qilishadi. Kechalari qishloq turli rang fonarlar bilan charaqlaydi, chunki undagi har bir uy, chiroqchalar bilan bezatilgan. Reynning fotograflar orasida mashxurligi bejiz emas ekan.

Layerdal

Layerdal
Layerdal- juda sokin va tinch joy. Uning o’zining kasalxonasi, muzeylari, yoqilg’i shahobchasi va kichik porti bor. Bu yerda hayot sekin, bir qadamdan o’tadi. Hech kim hech qayerga shoshilmaydi, har bir soniyani his etib yashaydi. Ko’pchilik eshigini qulflamaydi, chunki bu yerda jinoyat darajasi juda past. Layerdal chekkadagi qishloq, lekin turistlar e’tiboridan chetda qolmagan. Ko’plab sayyohlar tashrif buyurgani sababli, bu yerda kichik mehmonxona va restoran qurilgan.

Flom

Flom
Ushbu kichik Norvegiya qishlog’i Aurlands-fordeda joylashgan. Bu yerda 500 tagina mahalliy ahol yashashiga qaramasdan, ushbu joyning go’zalligini ko’rgani butun dunyodan sayyohlar keladi. Asosiy turistik zona forde qirg’og’ida qurilgan bo’lib, Flom qishlog’ida hayot tinch. Afsonalarga qaraganda, aynan shu yerda trollar va afsonaviy mavjudodlar yashagan. Butun vodiy bo’ylab ajoyib manzarali daryo oqib o’tadi. Ko’pchilik turistlar aytishicha, bu yerda vaqt to’xtab qolgan. Go’zal manzaralardan tashqari Norvegiyada shimol yog’dusini ko’rish mumkin. Agar siz ushbu go’zallikni ko’rishni istasangiz, Norvegiyaga yaxshisi oktyabr oyidan aprelgacha bo’lgan vaqtda keling.

Baliqchilik

Baliqchilik
Norvegiyaliklar manzaralaridan tashqari, o’zining g’aroyib baliqchiligi bilan maqtansa arziydi. Aynan baliq ovi mahalliy aholi madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ko’l va daryolarda Norvegiyaliklar losos, forel, golsa va boshqa baliqlarni tutishadi. Norvegiyada baliq ovlash ta’qiqlangan joylar yo’q. Baliq ovi bilan yil bo’yi shug’ullansangiz ham bo’ladi.

Sayohat qilish oson

Sayohat qilish oson
Ushbu mamlakatning go’zalligini ko’rish uchun unga bir bor tashrif buyurish kerak. Norvegiya bo’ylab sayohat qilish juda oson. Xattoki tajribasiz turist ham adashib yoki yoqolib qolmaydi. Sayohatni avtomobilda, poezdda yoki avtobusda amalga oshirsa bo’ladi. Ayniqsa o’zining avtomobilida sayohat qiladigan odamlar juda yaxshi tejab qoladi. Bundan tashqari, Norvegiyaliklarning mehmondo’stligi haqida ham unutmang. Ular mehmonlarni yaxshi kutib olishadi va uylarida bir finjon choy bilan mehmon ham qilishlari mumkin. Ha, har bir xalqning o’ziga yarasha madaniyati, qoidalari, udumlari va urflari bor, Norvegiyaliklarni qanchalik qattiqqo’l hisoblashmasada, ko’pchilik turistlarning gapiga qaraganda ular o’z shaharlari mehmoniga doim yordam ko’rsatishga tayyor. Norvegiyaga kelib, siz bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook