Janubiy Afrikalik talaba qiz Sibongile Mani stipendiyani hisoblashdagi xato sababli bir zumda millioner bo’lib qoldi. Ikki oydan ortiq vaqt u o’z universiteti hisobidan shoxona yashadi, lekin uning bunday tarzdagi hayoti payqalmasdan qolmadi. Endilikda talaba qiz o’quv muassasiga zarani qoplab berishi kerak.
27 yoshlik Sibongile Mani janibiy Afrikaning Mtata shahridagi Uolter Sisulu nomidagi universiteti talabasi, buxgalterlik ishini o’rganadi. Har oy u 1430 rand (6,3 ming rubl yoki 108 AQSH dollariga yaqin) miqdorida ijtimoiy stipendiya oladi. Taxmin qilinishicha, bu mablag’ga talaba qiz o’ziga oziq-ovqat va o’quv qo’llanmalar sotib oladi.
Yoz boshida talaba qiz bankdagi o’z hisob raqamini tekshirishi natijasida u yerda katta pullarni topgan. Universitetning moliyaviy ishlarini olib boruvchi kompaniya Intellimali, Manining hisob raqamiga 14,3 million rand o’tkazgan ekan. Bu, taxminan 65 million Rossiya rubliga, yoki 11 million AQSH dollariga teng. Shunday qilib, 1 iyundan 13 avgustgacha Sibongile Mani Qora qit’aning eng boy talabasiga aylandi.
Ehtimol xato yuz berganini talaba qiz xech kimga aytmaslikka qaror qilgan. Buning o’rniga u shoxona yashab, o’ziga va do’stlariga yangi narsalar, sovg’alar olishni, dabdabali oqshomlar tashkillashtirishni boshladi. Bunday dabdabali hayot e’tibordan chetda qolmadi. Universitetda mish-mishlar tarqala boshladi va natijada kimdir Manida 13 million randdan ortiqroq pul borligi ko’rsatilgan, bank chekini ko’rib qolgan.
Talabaning dabdabali pul sarf qiladigan hayot boshlanganidan 73 kun o’tib, Manining stipendiyasini to’lab beruvchi tashkilot NSFAS talabalarga milliy yordan dasturining vakillari bilan SASCO mahalliy talabalar tashkiloti kotibining yordamchisi bog’landi. Universitetda aytishlaricha, ular bunday daxshatli xato qanday yuz berganini tuwuna olmayaptilar. Talaba qizning hisob raqamidan mablag’larning qoldig’ini yechib olishdi. U sarf qilgan pullarini qaytarishi kerak. Hammasi bo’lib Mani taxminan, 850 ming randni sarf qilishga ulgurgan bo’lib, bu 3,8 million rublga teng.
Сообщения из Facebook