Qiziqarli faktlar: Estoniya haqida qiziqarli faktlar
Qiziqarli faktlar: Estoniya haqida qiziqarli faktlar
Estoniya shimoliy Yevropada joylashgan mamlakat bo’lib, uning katta qismi boshqalar bilan egallab olingan. Ko’p asrlar oldin Estoniya Daniya qaramligida, keyinchalik – Shvetsiya, va yaqindagina esa Sovet Ittifoqiga kirgan edi.
Biroq, sinovlarga qaramasdan, Estoniya gullab yashnashni boshladi va mustaqil, demokratik mamlakatga, madaniyati rivojlanayotgan, tabiati va arxitekturasi boy mamlakatga aylandi.
Estoniya uch tomondan dengiz bilan o’ralgan. Bunda uning maydonining beshdan bir qismini botqoqlar egallaydi. Estoniya tarkibiga qit’a hududidan tashqari, Baltika dengizining ko’pgina orollari kiradi. Mamlakat tarkibiga 1521 ta orol kiradi.
Estoniya bayrog’i o’ziga mamlaktining va xalqining barcha farqli xislatlarini mujassam etgan: ko’k rang – osmon, suv, hamda milliy estoniyalik gulning rangi, yana qo’shimcha ravishda bu rang milliy ruhga bo’lgan sadoqatini bildiradi; qora rang – yer, millit estoniyalik pidjaklar va boshqalarni; oq rang – poklik, mustaqillikka va yorqin kelajakka intilish ramzi.
Estoniya poytaxtining aniq nomi Tallin shahri, va u qadimdan uning asl yashovchilariga ma’lum. Eng keng tarqalgan variantlari: “Daniya shahri”, “Qishki shahar” yoki “Shahar-saroy”. Ammo birta yaxlit nomi yo’q, xuddi rus tilida shahar nomining yozilishi kabi, birta yoki ikkita “n” bilan yozilishi aniq emas.
Eston tilining boshqachaligi hayratda qoldiradi, masalan, ko’pgina so’zlar rus tilidagi qattiq belgi bilan boshlanishi. Bundan tashqari 14 ta padejning mavjudligi va o’tgan zamonning 3 varianti bo’lgan vaqtda kelasi zamonning mavjud emasligi ham juda qiziq hol.
Estoniyaliklar bayram kunlarini ham o’ziga xos nishonlashishadi va 23 iyunda G’alaba kunini hamda muqaddas Valentin kunini o’rtoqlar kuni deb atashadi. Ayol-onalarni mayda tabriklashadi, ammo 8 martda xonimlarga bir dasta gul sovg’a qilishdan tortinishmaydi.
Tallinning eski shaharida tiklangan Muqaddas Olaf ibodatxonasi XVI asrda taniqli inshootlardan eng balandi hisoblanar edi. Uning balandligi 159 metrni tashkil qilardi, hozirda esa atigi 123,7 metri qoldi va shahar hukumati qaroriga binoan, qo’shni binolar eski ibodatxonaning balandligidan o’tmasligi lozim. Tallinning eski qismi YUNESKO madaniy merosi ro’yxatiga kiritib qo’yilgan.
Estoniya Oq xonim sharpasi bilan ham mashhur, va uni yilda bir marotaba ko’rish mumkin. Xonim sevishganlarni birlashishga yordam beruvchi yaxshi sharpa hisoblanadi.
Har yili Estoniyaga 1,5 milliongacha turistlar kelishadi va bu mamlakat aholisi sonini ko’payishiga olib keladi. Kam sonli Estoniya aholisi kamayishda davom etib, sekin asta G’arbiy Yevropaga ko’chib ketmoqdalar, kichik o’sish esa asosan chetdan kirgan rossiyaliklar sabablidir.
Estoniya – noyob mamlakat, chunki unda uayli aloqa abonentlari soni umumiy aholi sonidan ortiq. GSM-tarmog’I bu yerda 99,9% aholisini qamrab olgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook