Estoniya shimoliy Yevropada joylashgan mamlakat bo’lib, uning katta qismi boshqalar bilan egallab olingan. Ko’p asrlar oldin Estoniya Daniya qaramligida, keyinchalik – Shvetsiya, va yaqindagina esa Sovet Ittifoqiga kirgan edi.
Kiiking – bu faqat Estoniyada tarqalgan sport turi. U o’zidan maxsus “quyoshcha” ga o’xshash arg’imchoqda uchishni namoyon etadi. Bu kabi arg’mchoqlarni parklarda va bolalar maydonchalarida uchratish mumkin.
Tallinning shahar hukumati tajriba o’tkazishga qaror qildi va butun aholi transportini bepul qilishdi. Bu ajoyib qaror poytaxtga ko’chib o’tishni xohlaydigan ko’p sonli odamlarni jonlantirdi, va bu natijada shahar gullashiga olib keldi.
Ko’pgina mamlakatlar xavfsizlik savollari bo’yicha onlayn-tanlov fikri haqida muzokaralar olib borayotgan paytda, Estoniya bu bilan 2005 yildan buyon foydalanib kelmoqda. Estoniya yuqori texnologik mamlakt bo’lib, internet tarmog’I bu yerda barcha uy va sinflarda o’rnatilgan. Aynan qulaylik uchun Estoniyada saylov jarayonini avtomatlashtirish qarori qabul qilingan. Eng asosiy muammo bu holatda, xalq xohishiga zid qandaydir boshqa vakilni tanlash uchun tizimni buzish bo’lishi mumkin.
Bunday tahdidga qaramasdan, estoniyaliklar bu muammoga duch kelishmagan va bu barchani juda quvontiradi. Bundan tashqari, bu xursandchilik uchun sabab bor. Yaqindagina hukumat har bir insonga saylov uchun o’zining shaxsiy parol va loginini berdi, va bu so’zsiz xavfsizlikni ta’minlaydi. Demak, estoniyaliklar bu kabi texnologiyalarga o’rganib qolishdi, ammo ba’zi kamchiliklarga qaramasdan, bu texnologiyalar bizning ham kelajagimiz bo’lishi mumkin.
Har yili bir nechta Yevropa mamlakati qiziq sport turi bo’yicha musobaqa tashkil qilish uchun yig’iladilar, va buning nomi “xotinlarni tashish”. Ma’nosi shundaki, erkaklar xotinlarini yoki qizlarini qisqa vaqt ichida boshqa ishtirokchilar orasida tezroq tashishlari lozim. Ba’zilarning fikriga ko’ra bu sport turi qadimga borib taqaladi, qachonki gangsterlar birovni xotinini o’g’irlagan davrlarga.
Bu sport turining paydo bo’lish tarixi qanday bo’lganligidan qat’I nazar, juftliklar bunday musobaqalarda ajoyib tarzda vaqt o’tkazishadi, estoniyaliklarning o’zlari esa bu sport turida juda ilg’ordirlar. Axir bu kabi xotinlarni tashish uslubini “Estoniyalik” uslub deb atashdi; bunda xotin o’z turmush o’rtog’ining bo’yniga oyoqlari bilan osilib turadi, xuddi trofey singari! Masofani bosib o’tish bo’yicha rekord vaqt, ya’ni 55,5 soniya estoniyalik juftlikka tegishli.
Estoniya madhiyasining musiqasi Finlyandiya madhiyasi musiqasining o’zginasidir.
Estoniyada “Fuqaro emas” deb nomladanigan odamlar bor. Qizig’i shundaki, ularda hatto rasmiy hujjat bor – uning nomi – alien’s passport.
Estoniya – meteorit kraterlari bo’yicha dunyo bo’ylab birinchi o’rinda turadi.
Sirpanchiq yo’llardan himoyalanish uchun qishda yo’llarni bahorda terilgan granit qumi bilan sepib chiqishadi.
Сообщения из Facebook