просмотров
Ikkita Boing Egizak-Minoralarga yo’naltirildi, natijada binoning ichida yong’in boshlandi. Kuchli olov po’lat konstruktsiyani eritib yubordi va buning oqibatida qurilmaning butunlay yemirilishi sodir bo’ldi. Uchinchi Boing esa Pentagon binosiga borib urildi.
Terrochilar
O’n to’qqiz nafar jangarilar to’rtta samolyotning bortiga ko’tarildilar: 11 Amerikan Airlines, 175 United Airlines hamda 77 Amerikan Airlines reyslariga beshtadan va 93 United Airlines reysiga to’rt nafar jangari yo’lovchi sifatida kirib oldi. Ularning o’n besh nafari asli Saudiya Arabistonidan, ikki nafari Birlashgan Arab Amirliklaridan, bittasi Misrdan va yana bittasi Livandan bo’lgan. Jangarilarning olti nafari teraktning asosiy tashkilotchilaridan bo’lib, ularning to’rt nafari uchuvchi bo’lgan. Qolgan o’n uch nafar jangari esa guruhning oddiy a’zosi edi.Voqealar tafsiloti
*2001 yil 11 sentyabr kuni soat 8:46 da 11Amerikan Airlines reysi – Boing 767 samolyoti Butunjahon Savdo Markazining shimoliy minorasining taxminan 94-98 qavatlariga kelib urildi.*Soat 10:03 da 93 United Airlines reysi – Boing 757 samolyoti Pensilvaniyaning janubi-g’arbiy hududiga kelib qulagan. Samolyot Vashingtonga, Oq uyga qarab yonalayotgan bo’lgan. Taxmin qilinishicha, yo’lovchilar hamda ekipaj a’zolari jangarilarga qarshi chiqib samolyot boshqaruvini o’z qo’llariga olmoqchi bo’lganlar. O’rtada chiqqan kurash samolyotning qulashiga sabab bo’lgan.
Vahima
Bo’lib o’tayotgan voqealar butun AQSH hududida yirik masshtabli alg’ov-dalg’ovga sabab bo’ldi. Barcha tijorat reyslari bekor qilindi, Amerika havo hududiga samolyotlarning kirib kelishi ta’qiqlandi. AQSH ga qarab kelayotgan barcha samolyotlarning yo’nalishi o’zgartirilib, Meksika va Kanada aeroportlariga qarab yo’naltirildi. Amerika Harbiy Havo Kuchlari hamda Milliy Gvardiyaga qarashli qiruvchi samolyotlar jangovar holatga keltirildi.Qurbonlar
Terakt qurbonlarining soni 19 nafar jangarini hisobga olmaganda 2977 kishini tashkil etdi: 246 nafar odam samolyotning yo’lovchilari va ekipaj a’zolari edi, 2006 kishi – Nyu-Yorkda, Savdo Markazi va ko’chalardagi odamlar, 125 nafar kishi Pentagonda halok bo’lganlar. Halok bo’lganlarning asosiy qismi AQSH fuqarolari edi, shuningdek 91 ta mamlakatning fuqarolari ham bor edi. 24 nafar odam bedarak yo’qolgan.Savdo Markazining shimoliy minorasining yuqori qavatlarida bo’lgan 1366 nafar odamlar halok bo’ldilar. Ularning ko’pchilik qismi samolyotning binoga kelib urilishi natijasida, qolganlari yong’in va binoning qulashi oqibatida halok bo’lganlar. Janubiy minorada esa qariyb 600 nafar kishi halok bo’lgan, pastki qavatda bo’lgan 18 nafari qochib qutulishga ulgurgan. Minoralarning yuqori qavatida olov iskanjasida qolgan 200 ga yaqin odam chiqish yo’llari berkilib qolganidan, majburlikdan o’zlarini pastga otganlar. Pastda turgan odamlar bu dahshatli voqealarning guvohi bo’lganlar.
Halok bo’lganlarning ichida 341 nafar o’t o’chiruvchilar, 60 nafar politsiyachi, 8 nafar tez yordanm xodimlari ham bo'lgan. Nyu-Yorkda 1600 ta odamning jasadi tan olingan, qolgan 1100 tasining jasadini aniqlashning imkoni bo'lmadi. BBC ning bergan xabariga ko’ra 2013 yilga kelib BSM (Butunjahon Savdo Makazi)da halok bo’lgan 2750 kishidan 1634 tasining jasadi aniqlangan. Qolgan halok bo’lganlarni aniqlash ishlari DNK tahlili orqali hamon davom etmoqda.
Omon qolganlar
9/11 fojiani o’rganish Komissiyasining xulosasiga ko’ra, BSM ning pastki qavatlaridagi 16 000 odamlar yong’in paytida, bino qulashidan avval evakuatsiya qilingan.
Vayronalar
Terakt natijasida Egizak-Minoralardan tashqari ularning yaqinida joylashgan binolarning 10 ga yaqini butkul vayron bo’ldi, 40 ga yaqin inshootlar jiddiy zarar ko’rdi. Shuningdek, televideniye, kommunikatsiya va antenna qurilmalari yaroqsiz holga keldi.Vayronaliklar oqibatida mihim arxiv hujjatlari, noyob san’at asarlari yo’q bo’lib ketdi. Yong’in qariyb uch oy davom etdi.
Ekologik asoratlar
BSM minoralarining qulashi natijasida ming tonnaga yaqin zararli axlat hosil boldi. Bu toksinli axlat quyidagi zaharli moddalardan iborat edi: 50% qurilish axlati, 40% shisha axlati, 9,2% tsellyuloza, 0,8% asbest, shuningdek qo’rg’oshin va simob. Bundan tashqari bir necha oy davom etgan yong’in natjasida havoga katta miqdorda digoksin, politsiklik uglevodlar ko’tarildi. Havoga shuningdek kantserogen moddalar singib ketdi, ular jigar, buyrak, asab kasalliklari va hattoki saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu narsa keyinchalik qutqaruv ishlari bilan shug’ullanganlar orasida turli kasaslliklarni keltirb chiqardi. Undan tashqari Manxetten aholisining sog’lig’iga ham jiddiy putur yetdi.
Qo’shimcha ma’lumotlar
AQSH hukumati ushbu terakt oqibatida halok bo’lganlarning oilasiga 1,8 million dollardan pul ajratdi. Teraktni uyushtirgan tashkilotchilar qo’lga olindi. Yer bilan yakson bo’lgan BSM ning Egizak-Minoralarining o’rnida terakt oqibatida halok bo’lganlar xotirasiga memorial inshoot barpo qilindi.
Сообщения из Facebook