Qiziqarli ma’lumot: qanday qilib fendan foydalanmagan holda sochlarga qo’shimcha hajm berish mumkin
Qiziqarli ma’lumot: qanday qilib fendan foydalanmagan holda sochlarga qo’shimcha hajm berish mumkin
Ayol-qizlarning ko’pchilik qismi sochlarining siyrakligidan noliydilar va ularning hajmidan qoniqmaydilar. Ba’zan oliy darajadagi parikmaxer tomonidan bajarilgan soch turmagi ham o’z formasini tezda yoqotadi. Bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan afzal? Bu postimizda soch turmagining uzoq vaqt shaklini yo’qotmay turishiga xizmat qiladigan oddiy hamda foydali maslahatlar beriladi. Bularni uy sharoitida ham bajarish mumkin. Bunda sochlarga salbiy ta’sir beradigan fendan foydalanishning hojati yo’q.

1.Shampunni sochda 10 daqiqaga qoldirish

1.Shampunni sochda 10 daqiqaga qoldirish

Kosmetologlar ko’pirtirilgan shampunni boshda taxminan 10 daqiqaga qoldirishni maslahat beradilar. Bu vaqt davomida shampunning komponentlari soch shaklining yo’qolishiga sababchi bo’ladigan bosh terisidagi yog’larni eritishga ulguradi. Shampun boshda o’z vazifasini bajargunga qadar ayol ham vahhaxonada o’ziga yarasha yumush bilan shug’ullanishi mumkin: butun badanini yuvishi, depilyatsiya, yuzga niqob surish va xokazo. Shampun butun tana bo’ylab oqib ketmasligi uchun soch yuvish vositalarini tanlashda tejamkorlikdan saqlanib, tarkibida silikon bo’lmagan shampunlarni sotib olish kerak. “Fructis” va “Shamtu” shampunlari tavsiya qilishimiz mumkin.

2. Sochiqni boshda 10 – 20 daqiqaga qoldirish kerak

2. Sochiqni boshda 10 – 20 daqiqaga qoldirish kerak

Boshni yuvib bo’lgandan keyin sochiq bilan o’rab 10 – 20 daqiqaga qoldirish lozim. Buning orasida qahva ichish yoki ovqat tanovul qilib olish mumkin. Sochiq boshda shuncha vaqt turgandan keyin taralganda biroz hajmi kattalashadi. Sochiq olib tashlangandan keyin ham 2-3 daqiqa o’tgandan keyingina soch tarashga kirishish lozim – bu soch hajmini tabiiy yo’l bilan kattalashtirish usulidir.

3. Sochni qurutishda barmoqlar bilan shakl berish

3. Sochni qurutishda barmoqlar bilan shakl berish

Sochni quritish jarayonida fendan foydalanmasdan o’rniga qo’l barmoqlari bilan shishirib turilsa sochning hajmi sizni hursand qiladi. Sochlarni quritayotganda har 1-2 minutda ularning ildizidan boshlab barmoqlar bilan yengil tortib turish kerak. Shunday qilinsa sochlar zararli ta’siri bo’lgan fenlarsiz tabiiy ravishda quritiladi hamda chiroyli shaklga ega bo’ladi. Buni ko’zgu ro’parasiga turib olib qilinsa, hajmini ko’rib turish mumkin.

4. Sochlarga hajm beruvchi yog’larni kun davomida foydalanish

4. Sochlarga hajm beruvchi yog’larni kun davomida foydalanish

Sochlarni parvarishlovchi zamonaviy vositalar bozorida sochlar uchun mo’ljallangan yo’glar bo’lib, ular sochlaringizga qo’shimcha hajm berishi mumkin. Ularni kun davomida quruq sochlarga kam miqdorda surtish mumkin. Yog’ni kun davomida 3-4 martadan ko’p surtish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda soch uchun mo’ljallangan ommabop yog’lar sochlarga qo’shimcha hajm, jilvakorlik, mayinlik beradi va yoqimli hid taratadi. Eng asosiysi – bu vositani haddan ko’p surtib yubormaslik lozim, so’ngra barmoqlar bilan sochlaringizni huddi taraganday silab chiqasiz. Keyin esa massajli sho’tkada sochni tarab chiqish kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook