Dunyodagi eng katta reza mevalardan biri bo’lish bilan birga dunyodagi eng sevimli o’simliklardan biri hamdir. Albatta, bugungi kunda tarvuz meva emas, yirik reza meva ekanligi haqidagi ma’lumot bilan hech kimni taajublantirib bo’lmaydi. Biroq, o’zining shirin ta’mi bilan bir qatorda tarvuz ko’plab foydali xususiyatlarga ega va buni hamma ham bilavermaydi.
E’tiboringizga tarvuz va uning foydali xususiyatlari to’g’risidagi eng qiziq ma’lumotlarni havola qilamiz.
Tarvuzning vatani janubiy Afrika hisoblanadi. Qadimiy Misr davridayoq odamlar bu o’simlikni o’stira boshlaganlar.
Rossiyada uzoq vaqt tarvuzni bor holicha yeyishmagan. Uni stolga tortishdan avval qaynatib shirin sharbat holiga keltirish kerak deb hisoblangan.
Tarihdagi eng katta tarvuz 119 kilogramm og’irlikka ega bo’lgan.
2005 yildan buyon Xitoyda to’rtburchak tarvuzlarni o’stira boshlashdi. Buning siri shundaki, hosil o’sishi tezlasha boshlagach, uni to’rtburchak shisha idishga joylashtirishadi. Bunday tarvuzlarning narxi 90 AQSH dollarigacha bo’lgan.
Tarvuzning boshqa mevalar oldidagi ustunlik tomoni uni har qanday inson sevib iste’mol qilishidir. Buning boisi shundaki, tarvuzning 80%i suvdan iborat, qolganini esa fruktoza, o’simlik kletchatkasi va mikroelementlar tashkil qiladi.
Bundan tashqari tarvuzning tarkibi arterial qon bosimining muvofiqlashuviga va organizmdan shlaklarni chiqib ketishiga ko’maklashuvchi magniy moddasiga boy.
Tarvuz tarkibidagi o’simlik kletchatkasi ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va organizmdan xolesterindan halos etadi.
Tarvuz bayrami
Dunyoda har yili tarvuzga bag’ishlangan ko’p sonli marosimlarning o’tkazilishi ham juda qiziqarli ma’lumotlardan biri. Misol uchun, Xitoyda har yili “Tarvuz kuni” nishonlanadi va bu kunda barcha qovurilgan tarvuz iste’mol qiladi.
Ispaniyadagi La-Nava shahrida esa tarvuz sharafiga turli yo’nalishdagi musobaqalaru tarvuzdan bo’lgan turli taomlarni o’z ichiga oluvchi dasturiga ega katta bayram tomoshasi uyushtiriladi.
Сообщения из Facebook