Qiziqarli ma'lumotlar: Armaniston haqida antiqa faktlar
Qadimiy mamlakatlar orasida eng koloritlisi bu Armeniyadir. U juda boy va uzoq tarixga ega. Mazkur mamlakatda yashaydigan odamlar uzoq yillar davomida ko'p asrlik an'analarga rioya qiladilar.
Mahalliy aholining sokin hayot tarzi, bir nazar solganda, ko'p yillar davomida o'zgarmagan, hamda kelajakda o'zgarmaydigan bo'lib ko'rinishi mumkin. Hushmanzara peyzajlar va o'ziga rom etuvchi turmush tarzi bu yerga ko'proq sayyohlarni jalb qilmoqda. Bugun sizning e'tiboringizga Armeniya haqida qiziqarli faktlarning faqatgina kichik qisminigina taqdim qilmoqchimiz.
1. Armeniyada hayotning asasiy qismi poytaxti Erevanda qaynaydi. Bu ko'plab ko'chalari bor bo'lgan juda ham qadimiy shahar. Yoshi jihatidan Italiya poytaxtidan ham kattaroq.
2. E'tiborga loyig'i shuki, Armeniyada hamma yoppasiga shaxmat o'ynaydilar. Bu o'yinni Rossiyadagidek kabi hattoki maktab o'quv dasturiga kiritishgan. 3. Armeniyada eng qadimiy ibodatxonalardan biri joylashgan. Barcha sayyohlar birinchi navbatda bu ilohiy joyga ziyorat qilishga otlanishlarini hayratlanarli yeri yo'q. Shu bilan birga ziyoratchilar Ararat ilohiy tog'iga tashrif etishga harakat qiladilar. Rivoyatlarga ko'ra u yerga Nuh payg'ambar kemasidan tushgan ekan. U mamlakatning har qanday nuqtasidan doimo ko'rinib turadi, siz qaysi aholi punktida bo'lishingizdan qat'iy nazar.
4. Mamlakatda kelgindi aholi juda kam yashaydi, asosan aholi armyanlardan tashkil topgan. 5. Mamlakatning e'tiborga loyiq ramzlaridan biri bu o'rikdir. Armeniya hukumati bu mevaga bayroqda kichik olov rang chiziqni ham ajratgan.
6. Armeniyaning mashxur musallasi bilan tanish bo'lmagan odamlar juda kam. Uni uzumning maxsus navidan yaratadilar va shu sababli uning o'ziga hos ta'mini hatto fransuz degustatorlari ham tan oladilar. O'z vaqtida Uinston Cherchil sevib iste'mol qilgan armyan konyagi ham juda mashxur. 7. Armeniya kichik mamlakat, biroq o'zining unikal joylashuvi bilan u bir vaqtning o'zida uchta klimatik chiziqlarda yotadi. 8. Sayyohlar "Laylaklar qishlog'i" deb nomlanuvchi qishloqni yaxshi ko'radilar. U deyarli har bir daraxtda laylaklar uya qurilgani bilan e'tiborga loyiq.
9. Armeniyada odamlar birinchilardan bo'lib oyoq kiyim kiyishni boshlaganlar deb taxmin qilinadi. Areni qishlog'i yaqinida bo'lgan qazilma ishlari davomida 5500 yil avval yaratilgan bashmoqlar topilgan edi.
10. Armeniya poytaxtida qadimiy binolar pushti rangga egalar. Toshnimg bunday go'zal tusining sababi tosh terishning asosida yotadi.
11. Mashxur armyan noni shu qadar mazaliki, YUNESKO uni nomoddiy me'roslar ro'yhatiga kiritgan.
12. Go'zal peyzajlarni yaxshi ko'radiganlar uchun Armeniyada kanat yo'li funksiya olib boradi. U Tatev ibodatxonasiga qisqa vaqt ichida yetib borish imkonini beradi. Uni rekord muddatlarda sayyohlar oqimini ko'paytirish uchun qurishgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations