Fransiya hukumati Bretani qirg'og'idagi Kemenes nomli inson qadami yetmagan orolda joylashishga tayyor bo'lgan nomzodlarni izlayapti. O'ttiz yil davomida orolda yashagan sobiq juftlik materikga ko'chishni rejalashtirmoqda.
Kemenes - Molen arxipelagida joylashgan bir yarim kilometr uzunlikdagi kichik oroldir. Bu yerda tyulenlar, quyonlar va uessan zotining qora mitti qo'ylarining podasi yashaydi. Lekin hech bir inson yo'q. Bu orolda kamida ming yil oldin odamlar yashagan, ammo so'nggi aholi 25 yil oldin uni tark etgan. Keyin Fransiyaning qirg'oqlarni himoya qilish agentligi (Conservatoire du Littoral) Kemenesni sotib olishga qaror qildi.
Agentlik shunchaki orolda zahira yaratishi mumkin edi, ammo ular boshqacha yo'l tutgan. Conservatoire du Littoral fermani saqlashga qaror qildi va orolda yashaydigan va dehqonchilik bilan shug'ullanadigan ko'ngillilarni qidira boshladi.
2007 yilda David va Suazik Kyuisnye ehtimol eng romantik ishni qo’lga kiritishdi: bo’m-bo’sh orolda yashash va uni parvarishlash. O'n yil o'tgach, allaqachon farzandli bo’lgan oila, materikga borishni xohladi, chunki ular bolalari maktabga yaqinroq yashashlari kerak deb hisoblashdi.
Endi hukumat a’zolari 2018 yilda 20 nafar nomzod ichidan orolga ko'chib o'tadigan juftlikni tanlash jarayonida. David va Suazikning aytishicha, muvaffaqiyatli nomzodlarni bu yerda ajoyib hayot kutmoqda.
"Agar biz o'n yil oldin maslahatga quloq solmaganimizda, biz bu qadamni hech qachon qo’ymagan bo'lardik. Bu yerga ko'chib kelish haqiqiy aqldan ozganlarning ishi bo’ldi, lekin bu eng ajoyib sarguzashtga aylandi. Fermer xo'jaligi muvaffaqiyatli biznesga aylandi, biz bolalarni tarbiyaladikmiz - bu unutilmas sarguzashtdir".
Orolda turishning asosiy sharti, er-xotin o'z hayotiga o’zi pul topib yashashi kerak edi. O'n yil davomida Kyuisnye turli sohalarda muvaffaqiyat qozonishdi. David va Suazik kartoshka o’stirardilar, va internet orqali sotib, qo'shni oroldan pochta orqali jo'natishardi. Yana ular mehmon uychasida sayyohlarni kutib olishardi, qo'ylarni boqib, yovvoyi suv o’ylarini terishardi.
Bu juftlik faqat orolning o’zi taqdim etadigan resurslaridan foydalanganlar. Elektr toki shamol tegirmonlari va quyosh batareyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, suv quduqdan olingan, bu yomg'ir suvlari bilan to'ldirilgan. "Biz o’z misolimizda faqat tabiat ato etgan ne’matlar orqali hayotni yashash mumkinligini ko'rsatdik. Bizda barcha kerakli bo'lgan narsalar bor edi: gadjetlar va hatto orol atrofida yuradigan elektr aravachalar ham", - deydi David.
Kyusnye oilasi bilan kechki oqshom - bu orol va ularning sarguzashtlari haqida aytib beriladigan abadiy hikoyalar. Bir kuni, bolalar bilan aylanish paytida, Suazik butalar ichida katta balonni topdi. Unga genetik kasalligidan vafot etgan bolani yo'qotgan Dublindagi juftlik tomonidan yozilgan xatcha bog’lab qo’yilgan edi. Kyunsye ushbu juftlikka javob xati yozgan va hali ham aloqani saqlab turishibdi.
Kyuisnye ular hech qanaqa Robinzon emasliklarini va tashqi dunyodan ajralmaganliklarini ta'kidlashadi.
"Biz zamonaviy dunyoda yashayapmiz. Bizning oroldan materik va boshqa kimsasiz orollarni ko'rish mumkin. Bizda internet bor, uyimizga mehmonlar kelishadi. Biz hech qachon o’zimizni yolg'iz his qilmaganmiz”.
Сообщения из Facebook