Shu vaqtgacha dunyoda faqat uch turdagi shokoladlar mavjud bo’lgan: qora, oq va sutli.
Shveytsariyada esa yaqinda yangi tabiiy pushti rang shokoladni kashf qilishdi. U tilni achitmaydi va ta’mi ko’p shirin emas, lekin juda nozik meva ta’mlidir. Ruby shokoladi 80 yil ichida birinchi “rangli kashfiyot”ga aylandi! Ruby shokoladining taqdimoti Xitoyda, Barry Callebaut fabrikasida qilindi.
Aytishlaricha, pushti rang shokolad hali savdoga chiqmagan, ammo hozirni o’zida ular tayyorlanadigan kakao loviyalarini ko’rish mumkin – va ular chindan ham pushti rangda! Savdoga bu turdagi shokolad kamida yarim yildan keyin chiqadi, balkim yanada ko’proq, chunki shu vaqt ichida konditerlar yirik ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishlari kerak.
Ushbu pushti kashfiyotning mualliflari – Barry Callebaut konditer tashkiloti, va bu korxonaning texnologlari shirinlikni ishlab chiqarish ustida 13 yil ish olib borishgan. Kompaniyaning bosh direktori Antuan de Sent-Afrik aytishicha, pushti rangli yangi desert siri – qizil kakao-loviyalarida.
Uning tarkibiga hech qanday rang beruvchi moddalarni qo’shishmagan. Ruby taqdimotiga ko’ra esa, bu parhezli mahsulot sizga ortiqcha vazn olishga yo’l bermaydi.
Bu yangi mahsulot boshqa bir yangi turdagi past kaloriyali, plitkasida atigi 20 kaloriyasi bor shokoladdan ham ustun turdi. Uning muallifi odatiy retseptni o’zgartirib, past kaloriyalilikka erishdi. «The Chocolatier» nomli yangi mahsulotda yog’, qaymoq va tuxum yo’q. Faqatgina kakao kukuni, xushbo’y suv hamda sirli tarkibiy modda ishlatiladi. Yangi mahsulot kola yoki choy ta’mli bo’lishi mumkin.
Сообщения из Facebook